Oldi-sotdi shartnomasini tuzish uchun
OMMAVIY OFERTA

Toshkent sh.

Mazkur hujjat Direktor Saydaliyev Saydali Xasanovich (matnda keyingi oʻrinlarda – Sotuvchi) tomonidan taqdim qilingan “PRIME ONLINE TECHNOLOGY” MCHJning Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 367- va 369-moddalariga muvofiq yuridik shaxslarga, yakka tartibdagi tadbirkorlarga, oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarga (matnda keyingi oʻrinlarda – Xaridor) Tovar oldi-sotdi shartnomasini tuzish toʻgʻrisida yoʻllangan Ofertasi hisoblanadi. Sotuvchi faoliyati davomida Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi qoidalariga amal qiladi.
“PRIME ONLINE TECHNOLOGY” MCHJ www.smartpos.uz va/yoki www.uzkassa.uz Saytida joylashtirilgan ushbu Oferta matni bilan diqqat bilan tanishib chiqishni va Ofertaning biron-bir bandidan norozi boʻlgan taqdirda, ushbu Ofertani qabul qilish va Shartnomani tuzishdan voz kechishni taklif qiladi. Ushbu Shartnoma Xaridor tomonidan qabul qilingan paytdan eʼtiboran tuzilgan deb hisoblanadi.

1. UMUMIY QOIDALAR

1.1. Ushbu Ofertada, agar uning mazmunidan oʻzgacha maʼno kelib chiqmasa, quyida keltirilgan atamalar quyidagi maʼnolarga ega boʻladi va uning ajralmas qismi hisoblanadi:
Oferta – Tovarning oldi-sotdi shartnomasini (matnda keyingi oʻrinlarda – Shartnoma) Ofertada koʻrsatilgan shartlarda, shu jumladan uning barcha ilovalari doirasida tuzish toʻgʻrisida Sotuvchining ommaviy taklifi hisoblanadigan mazkur hujjat.
Oldi-sotdi shartnomasi – Xaridor tomonidan koʻrsatilgan shartnomani tuzish toʻgʻrisidagi taklif shartlari aksept qilinishi natijasida Xaridor va Sotuvchi tomonidan tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi sanaladi.
Sotuvchi – «PRIME ONLINE TECHNOLOGY» MCHJ (STIR 306866358, roʻyxatga olish manzili: Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Bektemir tumani, Oltintopgan koʻchasi, 29-uy).
Xaridor – Sotuvchi bilan ushbu Ofertada koʻrsatilgan shartlarda Oldi-sotdi shartnomasini tuzgan yuridik shaxs, va/yoki yakka tartibdagi tadbirkor, va/yoki oʻzini oʻzi band qilgan shaxs.
«Tomon» yoki «Tomonlar» – tegishli ravishda alohida yoki birgalikda tilga olinadigan Xaridor va Sotuvchi.
Aksept – Xaridor tomonidan Shartnoma shartlarining toʻliq va soʻzsiz qabul qilinishi. Sotuvchi tomonidan taklif etilgan Tovar qiymatining oldindan toʻlovi (birinchi toʻlovi) amalga oshirilishi aksept hisoblanadi.
Tovar – “A-Pay P10” modelidagi onlayn nazorat-kassa mashinasi (Android POS TERMINAL P10), va/yoki Mini POS Terminal M1 (P12) (keyingi oʻrinlarda Tovar deb yuritiladi), va/yoki stol ustiga o‘rnatiladigan teleskopik tirgak (B09 mobile phone stand+CT09 clips)


2. SHARTNOMA MAVZUSI

2.1. Sotuvchi Xaridorga Tovarni mulk qilib topshirish majburiyatini oʻz zimmasiga oladi, Xaridor esa Tovarni ushbu Shartnomada nazarda tutilgan tartibda va shartlarda qabul qilish va toʻlash majburiyatini oladi.
2.2. Tovar Sotuvchiga mulk huquqi asosida tegishli boʻlib, uchinchi shaxslarning har qanday huquqlaridan xoli, garov bilan yuklanmagan, xatlov ostida emas.
2.3. Sotuvchi sotiladigan Tovarlarning yangi va ilgari foydalanilmaganligini kafolatlaydi.


3. SHARTNOMA TUZILGAN VAQT (OFERTANI AKSEPT QILISH)

3.1. Ushbu Shartnomaning matni ommaviy oferta (ushbu shartnomani tuzish taklifi) ekanligiga asoslanib, Xaridor Sotuvchi tomonidan taklif qilingan va Xaridor tomonidan tanlangan Tovarning qiymati uchun toʻlovni amalga oshirishi ushbu ommaviy ofertaning Aksepti (ushbu shartnomani tuzish taklifini qabul qilish) deb sanaladi.
3.2. Toʻlovni amalga oshirish Xaridorning ushbu Oferta shartlarini hech qanday cheklovlarsiz, mustasnolarsiz, izohlarsiz yoki istisnolarsiz toʻliq hajmda qabul qilishini (roziligini) anglatadi.


4. HISOB-KITOBLAR TARTIBI

4.1. Tovarning qiymati Sotuvchi tomonidan bir tomonlama soʻzsiz tartibda belgilanadi va quyidagilarni tashkil etadi:
  • A-Pay P10 onlayn NKM (Android POS TERMINAL P10) – Tovarning bitta birligi uchun 2 900 000 (ikki million to‘qqiz yuz ming) soʻm, 12% QQSni qoʻshgan holda;
  • Terminal - Android miпi Pos Terminal (M1 (P12)) – tovarning bitta birligi uchun 1 690 000 (bir million olti yuz to‘qson ming) so‘m, 12 % QQSni qoʻshgan holda;
  • A-Pay P10 onlayn-NKM (Android POS TERMINAL P10) va Terminal - Android miпi Pos Terminal (M1 (P12) qurilmasidan iborat toʻplam — 4 590 000 (to‘rt million besh yuz to‘qson ming) soʻm, bitta Tovar birligi uchun 12% QQS bilan hisoblaganda
  • Stol ustiga o‘rnatiladigan teleskopik tirgak (B09 mobile phone stand+CT09 clips) narxi — 150 000 (bir yuz ellik ming) so‘m, tovar birligi uchun 12% QQS kiritilgan
4.2. Tovar uchun toʻlov Xaridor tomonidan Pul mablagʻlarini Sotuvchining hisob raqamiga 100% oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Bunda Xaridorning Shartnoma boʻyicha haq toʻlash borasidagi majburiyatlari pul mablagʻlari Sotuvchining hisob raqamiga kelib tushgan kundan boshlab bajarilgan hisoblanadi.
4.3. Xaridor o‘zi tomonidan tanlangan Tovar qiymatini 100% (yuz foiz) oldindan toʻlaydi. Xaridor Tovarning turli xilini ham birga, ham alohida sotib olish huquqiga ega.
4.4. Xaridor Tovarlar uchun toʻlanagan toʻlovlarning toʻgʻriligi uchun javobgardir.

5. TOVARNI XARIDORGA TOPSHIRISH TARTIBI

5.1. Sotuvchi mazkur Shartnomaga muvofiq, Xaridor tomonidan tanlangan tovar uchun Sotuvchining hisob raqamiga 100% oldindan toʻlov kelib tushganidan keyin Xaridor tomonidan Tovar talab qilib olingan paytdan boshlab 3 (uch) ish kuni mobaynida Tovarni Xaridorga topshirish majburiyatini oʻz zimmasiga oladi.
5.2. Tovarni miqdori boʻyicha qabul qilib olish, shuningdek yaxlitligi, butligi va tashqi nuqsonlari boʻyicha tekshirib olish Xaridor tomonidan bevosita Tovarni berish paytida amalga oshiriladi va topshirish hujjati (qabul qilish-topshirish dalolatnomasi) ni imzolash yoʻli bilan tasdiqlanadi. Xaridor Tovarni qabul qilib olish paytida tovarning butligi buzilganligini, nuqsoni borligini yoki but emasligini aniqlanganda, buni topshirish hujjatida qayd etishi shart. Xaridor tomonidan Qabul qilish-topshirish dalolatnomasi eʼtirozlarsiz imzolanganda, Tovar zarur miqdorda, tegishli sifatda yetkazib berilgan deb hisoblanadi va Tovar namunasi olingandan keyin uning butunligi, butligi va tashqi nuqsonlari boʻyicha daʼvolar qabul qilinmaydi.
5.3. Tovarni topshirish tovarni oʻzi olib ketish shartlari asosida amalga oshiriladi. Tovarni yuklab joʻnatish shanba, yakshanba va bayram kunlaridan tashqari ish kunlarida soat 10 dan 17 gacha amalga oshiriladi.
5.4. Tovarni berish Xaridor tomonidan tegishli tarzda rasmiylashtirilgan ishonchnoma taqdim qilingan, shuningdek oluvchining shaxsini tasdiqlovchi pasport taqdim etilgan taqdirdagina amalga oshiriladi. Toʻldirish uchun belgilangan tartib buzilgan holda berilgan ishonchnoma taqdim etilganda, tuzatishlar, oʻzgartirishlar va bulgʻangan yozuvlar kiritilgan ishonchnoma taqdim etilganda, ishonchnomaning amal qilish muddati tugagan taqdirda, shuningdek nomiga ishonchnoma berilgan tovarni oluvchining pasporti (pasport nusxasi) taqdim etilmagan taqdirda, Shartnoma boʻyicha Tovar berish amalga oshirilmaydi.
5.5. Ushbu Shartnomada tovarni “oʻzi olib ketish” asosida berish nazarda tutilganligini hisobga olib, Xaridor Tovarni Sotuvchidan mustaqil ravishda talab qilib olish uchun toʻliq javobgar boʻladi.
5.6. Xaridorga berilgan Tovarga boʻlgan mulk huquqi Tovar topshirilgan paytdan eʼtiboran unga oʻtadi. Tovarning tasodifan nobud boʻlishi yoki tasodifan shikastlanishi xavfi Tovar Tovar joylashgan manzilda haqiqatda Xaridorga topshirilgan paytdan boshlab Xaridor zimmasiga oʻtadi.


6. TOMONLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLAR

6.1. Sotuvchining majburiyatlari quyidagilardan iborat:
6.1.1. ushbu Shartnomaga muvofiq qabul qilingan majburiyatlarni oʻz vaqtida va lozim darajada bajarish;
6.1.2. ushbu Shartnomaga va Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni bajarish; 6.2. Xaridorning majburiyatlari quyidagilardan iborat:
6.2.1. toʻlov amalga oshirilgunga qadar ushbu Ofertaning mazmuni va unda belgilangan shartlar bilan tanishib chiqishi;
6.2.2. ushbu Shartnomani tuzish va ijro etish uchun zarur boʻlgan ishonchli maʼlumotlar, dalillar va hujjatlarning Sotuvchiga taqdim etilishini taʼminlash;
6.2.3. Tovarni Sotuvchidan talab qilib olish uchun 100% oldindan toʻlov amalga oshirilgan paytdan boshlab 3 (uch) ish kuni mobaynida Sotuvchiga mustaqil ravishda murojaat qilish. Bunda Xaridor koʻrsatilgan muddatlarda Tovarni talab qilib olish uchun Sotuvchiga murojaat qilmagan taqdirda, Sotuvchi Tovarni oʻz vaqtida yetkazib bermaganlik uchun hech qanday javobgar emasligiga toʻliq rozilik bildiradi;
6.2.4. Tovarni miqdoriga qarab qabul qilib olish. Tovarni qabul qilib olish paytida, uni vizual tarzda koʻzdan kechirishni va Tovarning ishlash qobiliyatining umumiy tekshiruvini amalga oshirish va kamchiliklar aniqlangan taqdirda, buni Qabul qilish-topshirish dalolatnomasida aks ettirish;
6.2.5. Ushbu Shartnomada oʻrnatilgan tartibda va muddatlarda Tovarga haq toʻlash;
6.3. Sotuvchi quyidagi huquqlarga ega boʻladi:
6.3.1. Xaridordan ushbu Shartnoma shartlariga muvofiq majburiyatlarning toʻgʻri bajarilishini talab qilish;
6.3.2. ushbu Oferta shartlarini bir tomonlama oʻzgartirish va veb-saytda yangi versiyani nashr qilish. Yuqoridagi oʻzgarishlar, agar boshqa qoidalar koʻrsatilmagan boʻlsa, eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi;
6.3.3. Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga va ushbu Shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ega boʻlish.
6.4. Xaridor:
6.4.4. Sotuvchidan majburiyatlarini mazkur Shartnoma shartlariga muvofiq bajarishini talab qilishqa haqli.


7. TOMONLARNING JAVOBGARLIGI

7.1. Tomonlar Shartnoma boʻyicha zimmalariga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganliklari uchun ushbu Shartnomaga muvofiq, Shartnomada nazarda tutilmagan hollarda esa – Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq javob beradilar.
7.2. Xaridor taqdim etilgan maʼlumotlarning mazmuni va ishonchliligi uchun mustaqil ravishda javobgar boʻladi.
7.3. Sotuvchi Shartnoma boʻyicha sotib olingan Tovardan lozim darajada foydalanmaganligi oqibatida Xaridorga yetkazilgan ziyon uchun javobgar boʻlmaydi.
7.4. Agar Xaridorning tovar xususiyatlari haqidagi umidlari oʻzini oqlamasa, Sotuvchi javobgar boʻlmaydi.
7.5. Sotuvchi Xaridorning uchinchi shaxslar oldidagi majburiyatlari boʻyicha javobgar boʻlmaydi.
7.6. Xaridor Tovarni qabul qilishdan bosh tortgan taqdirda, Xaridor oʻz zimmasiga Sotuvchiga Tovar uchun belgilangan toʻliq qiymatning 20 foizi (yigirma foizi) miqdorida jarima toʻlash majburiyatini oladi.
7.7. Sotuvchi Shartnoma shartlarini buzganlik uchun javobgar emas, agar bunday buzilish fors-major holatlari (fors-major, jumladan: davlat organlarining harakatlari, yong'in, suv toshqini, zilzila, boshqa tabiat hodisalari, ish tashlashlar, fuqarolar tartibsizliklari, boshqa tartibsizliklar), Sotuvchining ushbu Oferta shartlarini bajarishiga ta'sir qilishi mumkin bo'lgan va Sotuvchining nazorati ostida bo'lmagan boshqa holatlar sababli yuzaga kelsa. Agar fors-major holatlari ikki oydan ortiq davom etsa, Tomonlar ushbu Bitimning keyingi huquqiy taqdirini birgalikda belgilaydilar.


8. NIZOLARNI HAL ETISH

8.1. Ushbu Shartnomadan kelib chiqadigan barcha munozarali masalalar muzokaralar oʻtkazish va yozma daʼvo yuborish yoʻli bilan hal etilishi lozim. Daʼvoni olgan Tomon daʼvoni olgan paytdan eʼtiboran 10 (oʻn) kalendar kun ichida unga javob qaytarishi shart. Daʼvo, agar u Tomonlarning rekvizitlari boʻyicha yuborilgan boʻlsa, agar u shaxsan qoʻlga topshirilgan boʻlsa, telefaks orqali yuborilgan boʻlsa, buyurtma xat yoki kuryerlik xizmati orqali yuborilgan boʻlsa, elektron pochtaga yuborilgan boʻlsa, Didox.uz servisida va Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat yurituvchi boshqa elektron hujjat aylanish servislarida qoʻyilgan boʻlsa, tegishli tarzda olingan, berilgan deb hisoblanadi.
8.2. Muzokaralar yoʻli bilan kelishuvga erishilmagan taqdirda, ushbu Shartnoma bilan bogʻliq holda yuzaga keladigan yoki uning buzilishi, bekor qilinishi, haqiqiy emasligi bilan bogʻliq barcha nizolar, kelishmovchiliklar, talablar Toshkent tumanlararo xoʻjalik sudida hal etilishi lozim (shartnoma boʻyicha sudlovga tegishlilik).
8.3. Agar ushbu Shartnomaning bir tomoni jismoniy shaxs boʻlsa, bu holda nizolar Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 36-moddasiga muvofiq Sotuvchi roʻyxatdan oʻtgan joydagi (yuridik manzili) Toshkent shahar tumanlararo fuqarolik sudida hal etilishi lozim.
8.4. Shartnomani ijro etish joyi Sotuvchining joylashgan manzili (yuridik manzili) hisoblanadi.


9. SHARTNOMANING AMAL QILISH MUDDATI

9.1. Ushbu Shartnoma mazkur Oferta Aksept qilingan paytdan (Tovar uchun tegishli toʻlov summasi Xaridor tomonidan Sotuvchining bank hisob raqamiga kelib tushgan sanadan) boshlab kuchga kiradi va barcha Tomonlar ushbu Shartnomaga muvofiq oʻz
majburiyatlarini, shu jumladan, neustoykani toʻlash boʻyicha majburiyatlarni bajargan paytdan boshlab oʻz kuchini toʻxtatadi. 9.2. Xaridor tomonidan ushbu Ofertaning Aksepti Xaridor tomonidan ushbu Shartnoma shartlarining hech qanday istisnolarsiz yoki cheklovlarsiz toʻliq va soʻzsiz qabul qilinishini anglatadi va ikki tomonlama yozma Shartnoma tuzish bilan teng kuchga ega sanaladi.
9.3. Xaridor ushbu Ofertaning yangi tahrirdagi matnini Saytga joylashtirish orqali Xaridorni va boshqa shaxslarni xabardor qilgan holda, Sotuvchi istalgan vaqtda ushbu Shartnoma shartlariga oʻzgartirishlar kiritishga haqli ekanligiga rozilik bildiradi. Oʻzgartirishlar Xaridorlar va uchinchi shaxslar uchun yangi tahrirdagi Oferta matni Saytda joylashtirilgan sanadan boshlab kuchga kiradi, agar boshqa shartlar nazarda tutilmagan boʻlsa).


10. BOSHQA SHARTLAR

10.1. Xaridor ushbu Shartnoma doirasida unga tegishli boʻlgan huquq va majburiyatlarni Sotuvchining yozma roziligisiz boshqa shaxslarga topshirishga haqli emas. Sotuvchi esa, oʻz navbatida, ushbu Shartnoma doirasida unga tegishli boʻlgan huquq va majburiyatlarni Xaridorning roziligisiz boshqa shaxslarga topshirishga, sotishga, berib yuborishga haqlidir.
10.2. Tomonlar ushbu band bilan bir-birlariga quyidagilarni vaʼda qiladilar:
10.2.1. Shartnomani tuzayotgan shaxs Shartnoma tuzilgan sanaga qadar amalda boʻlgan ustav/ishonchnoma bilan belgilangan vakolatlari doirasida harakat qiladi;
10.2.2. Tomonlar Shartnoma boʻyicha zimmalariga olingan majburiyatlarini oʻz vaqtida va toʻliq (lozim darajada) bajarish uchun yetarlicha moliyaviy imkoniyatlarga egadirlar va Shartnomaning amal qilish muddati davomida shunday boʻladilar;
10.3. Shartnoma tuzish orqali Xaridor Sotuvchiga ovozli qoʻngʻiroqlarni amalga oshirish huquqini beradi, shuningdek, ular oʻrtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq Sotuvchidan, shuningdek, Sotuvchi tomonidan vakolat berilgan boshqa shaxslardan xabarnomalar, sms-xabarlar, turli xil xabarlarni olishga rozilik beradi.
10.4. Agar Shartnomaning biror qoidasi yoki sharti haqqoniy emas deb topilsa, bu holat Shartnomaning qolgan shartlari va qoidalari hamda umuman Shartnomaning oʻzi haqqoniy emas deb topilishiga olib kelmaydi.
10.5. Tomonlar raqamli shaklda tuzilgan hujjatlar Xaridor tomonidan imzolangan bosma hujjatlar bilan bir xil yuridik kuchga ega ekanligi borasida kelishib oladilar.
10.6. Tomonlar 2 (ikki) bank kuni mobaynida bir-birlarini bank rekvizitlaridagi oʻzgarishlar, shuningdek, Xaridor tomonidan Shartnoma boʻyicha majburiyatlarning bajarilishiga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan holatlar toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qilish majburiyatini oʻz zimmalariga oladilar.
10.7. Shartnomada nazarda tutilmagan boshqa barcha masalalarda Tomonlar Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga amal qiladilar.




SOTUVCHINING MANZILI VA REKVIZITLARI “PRIME ONLINE TECHNOLOGY” MChJ
Manzil: 100089, Oʻzbekiston Respublikasi,
Toshkent shahri, Bektemir tumani, Oltintopgan
koʻchasi, 29-uy
STIR: 306 866 358
IFUT: 46690
h/r: 2020 8000 4051 4368 5001
«KAPITAL BANK» ATB
FAA (МФО): 01088
Bank STIRi: 207 127 843