Oldi-sotdi shartnomasini tuzish uchun
OMMAVIY OFERTA
(muddatli toʻlov sharti bilan)

Toshkent sh.

Mazkur hujjat Direktor Saydaliyev Saydali Xasanovich (matnda keyingi oʻrinlarda – Sotuvchi) tomonidan taqdim qilingan “PRIME ONLINE TECHNOLOGY” MCHJning Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 367- va 369- moddalariga muvofiq yuridik shaxslarga, yakka tartibdagi tadbirkorlarga, oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarga (matnda keyingi oʻrinlarda – Xaridor) Tovar oldi-sotdi shartnomasini tuzish toʻgʻrisida yoʻllangan Ofertasi hisoblanadi. Sotuvchi faoliyati davomida Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi qoidalariga amal qiladi.
“PRIME ONLINE TECHNOLOGY” MCHJ www.smartpos.uz va/yoki www.uzkassa.uz Saytida joylashtirilgan ushbu Oferta matni bilan diqqat bilan tanishib chiqishni va Ofertaning biron-bir bandidan norozi boʻlgan taqdirda, ushbu Ofertani qabul qilish va Shartnoma Akseptidan voz kechishni taklif qiladi. Ushbu Shartnoma Xaridor tomonidan qabul qilingan paytdan eʼtiboran tuzilgan deb hisoblanadi.

1. UMUMIY QOIDALAR

1.1. Ushbu Ofertada, agar uning mazmunidan oʻzgacha maʼno kelib chiqmasa, quyida keltirilgan atamalar quyidagi maʼnolarga ega boʻladi va uning ajralmas qismi hisoblanadi:
Oferta – Tovarning oldi-sotdi shartnomasini (matnda keyingi oʻrinlarda – Shartnoma) Ofertada koʻrsatilgan shartlarda, shu jumladan uning barcha ilovalari doirasida tuzish toʻgʻrisida Sotuvchining ommaviy taklifi hisoblanadigan mazkur hujjat.
Oldi-sotdi shartnomasi – Xaridor tomonidan koʻrsatilgan shartnomani tuzish toʻgʻrisidagi taklif shartlari aksept qilinishi natijasida Xaridor va Sotuvchi tomonidan tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi sanaladi (muddatli toʻlov sharti bilan).
Sotuvchi – «PRIME ONLINE TECHNOLOGY» MCHJ (STIR 306866358, roʻyxatga olish manzili: Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Bektemir tumani, Oltintopgan koʻchasi, 29-uy).
Xaridor – Sotuvchi bilan ushbu Ofertada koʻrsatilgan shartlarda Oldi-sotdi shartnomasini tuzgan yuridik shaxs, yakka tartibdagi tadbirkor, oʻzini oʻzi band qilgan shaxs.
«Tomon» yoki «Tomonlar» – tegishli ravishda alohida yoki birgalikda tilga olinadigan Xaridor va Sotuvchi.
Aksept – Xaridor tomonidan Shartnoma shartlarining toʻliq va soʻzsiz qabul qilinishi. Sotuvchi tomonidan taklif etilgan Tovar qiymatining dastlabki toʻlovi (birinchi toʻlovi) amalga oshirilishi aksept hisoblanadi.
Tovar – Qurilmalar to‘plami: Onlayn A-Pay P10 NKM (Android POS TERMINAL P10) va Terminal - Android mini Pos Terminal (M1 (P12)).


2. SHARTNOMA MAVZUSI

2.1. Sotuvchi Xaridorga Tovarni mulk qilib topshirish majburiyatini oʻz zimmasiga oladi, Xaridor esa Tovarni ushbu Shartnomada nazarda tutilgan tartibda va shartlarda qabul qilish va toʻlash majburiyatini oladi. Tovar Xaridorga ushbu Shartnomada nazarda tutilgan tartibda Tovar uchun muddatli toʻlov shartlari asosida beriladi.
2.2. Tovar Sotuvchiga mulk huquqi asosida tegishli boʻlib, uchinchi shaxslarning har qanday huquqlaridan xoli, garov bilan yuklanmagan, xatlov ostida emas.
2.3. Sotuvchi sotiladigan Tovarlarning yangi va ilgari foydalanilmaganligini kafolatlaydi.


3. SHARTNOMA TUZILGAN VAQT (OFERTANI AKSEPT QILISH)

3.1. Ushbu Shartnomaning matni ommaviy oferta (ushbu shartnomani tuzish taklifi) ekanligiga asoslanib, Xaridor Sotuvchi tomonidan taklif qilingan Tovarning qiymati uchun dastlabki toʻlovni (birinchi badalni) amalga oshirish ushbu ommaviy ofertaning Aksepti (ushbu shartnomani tuzish taklifini qabul qilish) ekanligini tan oladi.
3.2. Dastlabki toʻlovni (birinchi toʻlov) amalga oshirish Xaridorning ushbu Oferta shartlarini hech qanday cheklovlarsiz, mustasnolarsiz, izohlarsiz yoki istisnolarsiz toʻliq hajmda qabul qilishini (roziligini) anglatadi.


4. HISOB-KITOBLAR TARTIBI

4.1. Tovarning qiymati Sotuvchi tomonidan bir tomonlama soʻzsiz tartibda belgilanadi va tovarning bitta birligi (To‘plam) uchun 12 foizli QQSni qoʻshgan holda 4 590 000 (to‘rt million besh yuz to‘qson ming) soʻmni tashkil etadi.
4.2. Tovar uchun toʻlov Xaridor tomonidan Pul mablagʻlarini Sotuvchining hisob raqamiga oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Bunda Xaridorning Shartnoma boʻyicha haq toʻlash borasidagi majburiyatlari pul mablagʻlari Sotuvchining hisob raqamiga kelib tushgan kundan boshlab bajarilgan hisoblanadi.
4.3. Tovar qiymatini to‘lash Xaridor tomonidan bo‘lib-bo‘lib, har oyda tovarning bitta birligi uchun 573 750 (besh yuz yetmish uch ming yetti yuz ellik) so‘mdan teng to‘lovlar bilan amalga oshiriladi.
4.4. Xaridor Tovar qiymatini quyidagi jadvalga muvofiq to‘laydi:
4.4.1. Birinchi to‘lov - Tovarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi (Aksept) imzolangunga qadar;
4.4.2. Ikkinchi to‘lov - Qabul qilish-topshirish dalolatnomasi bo‘yicha Tovar olingan paytdan boshlab bir kalendar oydan kechiktirmay;
4.4.3. Uchinchi to‘lov - Qabul qilish-topshirish dalolatnomasi bo‘yicha Tovar olingan paytdan boshlab ikki kalendar oydan kechiktirmay;
4.4.4. To‘rtinchi to‘lov - Qabul qilish-topshirish dalolatnomasi bo‘yicha Tovar olingan paytdan boshlab uch kalendar oydan kechiktirmay;
4.4.5. Beshinchi to‘lov - Qabul qilish-topshirish dalolatnomasi bo‘yicha Tovar olingan paytdan boshlab to‘rt kalendar oydan kechiktirmay;
4.4.6. Oltinchi to‘lov - Qabul qilish-topshirish dalolatnomasi bo‘yicha Tovar olingan paytdan boshlab besh kalendar oydan kechiktirmay;
4.4.7. Yettinchi to‘lov - Qabul qilish-topshirish dalolatnomasi bo‘yicha Tovar olingan paytdan boshlab olti kalendar oydan kechiktirmay;
4.4.8. Sakkizinchi to‘lov - Qabul qilish-topshirish dalolatnomasi bo‘yicha Tovar olingan paytdan boshlab yetti kalendar oydan kechiktirmay amalga oshiriladi.
4.5. Xaridor sotib olingan Tovar uchun qarzdorlikni istalgan vaqtda muddatidan oldin yoki qisman soʻndirish huquqiga ega.
4.6. Tovar uchun toʻliq toʻlangan sana pul mablagʻlari Sotuvchining hisob raqamiga 100% kelib tushgan sana hisoblanadi.
4.7. Xaridor tomonidan navbatdagi toʻlovni toʻlash muddati buzilgan yoki Xaridor tomonidan Shartnomaning har qanday shartlari buzilgan taqdirda, Sotuvchi Tovarning butun qiymatini muddatidan oldin toʻliq toʻlashni bir tomonlama tartibda talab qilish huquqiga ega. Bunday holda, Sotuvchi oʻz xohishiga koʻra Xaridorga Tovarning butun qiymatini muddatidan oldin toʻlash toʻgʻrisida talabnoma yuborishi yoki darhol sud organlariga murojaat qilishi mumkin.


5. TOVARNI XARIDORGA TOPSHIRISH TARTIBI

5.1. Sotuvchi Sotuvchining hisob raqamiga ushbu Shartnomaning 4.3-bandida nazarda tutilgan dastlabki toʻlov (birinchi toʻlov) kelib tushishi sharti bilan Xaridor tomonidan Tovar talab qilib olingan paytdan boshlab 3 (uch) ish kuni mobaynida Tovarni topshirish majburiyatini oʻz zimmasiga oladi.
5.2. Tovarni miqdori boʻyicha qabul qilib olish, shuningdek yaxlitligi, butligi va tashqi nuqsonlari boʻyicha tekshirib olish Xaridor tomonidan bevosita Tovarni berish paytida amalga oshiriladi va topshirish hujjati (qabul qilish-topshirish dalolatnomasi) ni imzolash yoʻli bilan tasdiqlanadi. Xaridor Tovarni qabul qilib olish paytida tovarning butligi buzilganligini, nuqsoni borligini yoki but emasligini aniqlanganda, buni topshirish hujjatida qayd etishi shart. Xaridor tomonidan Qabul qilish-topshirish dalolatnomasi eʼtirozlarsiz imzolanganda, Tovar zarur miqdorda, tegishli sifatda yetkazib berilgan deb hisoblanadi va Tovar namunasi olingandan keyin uning butunligi, butligi va tashqi nuqsonlari boʻyicha daʼvolar qabul qilinmaydi.
5.3. Tovarni topshirish tovarni oʻzi olib ketish shartlari asosida amalga oshiriladi. Tovarni yuklab joʻnatish shanba, yakshanba va bayram kunlaridan tashqari ish kunlarida soat 10 dan 17 gacha amalga oshiriladi.
5.4. Tovarni berish Xaridor tomonidan tegishli tarzda rasmiylashtirilgan ishonchnoma taqdim qilingan, shuningdek oluvchining shaxsini tasdiqlovchi pasport taqdim etilgan taqdirdagina amalga oshiriladi. Toʻldirish uchun belgilangan tartib buzilgan holda berilgan ishonchnoma taqdim etilganda, tuzatishlar, oʻzgartirishlar va bulgʻangan yozuvlar kiritilgan ishonchnoma taqdim etilganda, ishonchnomaning amal qilish muddati tugagan taqdirda, shuningdek nomiga ishonchnoma berilgan tovarni oluvchining pasporti (pasport nusxasi) taqdim etilmagan taqdirda, Shartnoma boʻyicha Tovar berish amalga oshirilmaydi.
5.5. Ushbu Shartnomaga muvofiq, tovarni “oʻzi olib ketish” asosida berish nazarda tutilganligini hisobga olgan holda, Xaridor Tovarni Sotuvchidan mustaqil ravishda talab qilib olish uchun toʻliq javobgar boʻladi.
5.6. Xaridorga berilgan Tovarga boʻlgan mulk huquqi Tovar topshirilgan paytdan eʼtiboran unga oʻtadi. Tovarning tasodifan nobud boʻlishi yoki tasodifan shikastlanishi xavfi Tovar Tovar joylashgan manzilda haqiqatda Xaridorga topshirilgan paytdan boshlab Xaridor zimmasiga oʻtadi.
5.7. Tovarning toʻliq qiymati toʻlangunga qadar Xaridor oʻz mulkini begonalashtirishga (sotishga, hadya qilishga, garovga qoʻyishga, toʻliq yoki qisman almashtirishga), oʻzgartirishlar kiritishga, Tovarlarning yaxlitligi va toʻplamini oʻzgartirishga yoki biron bir boshqa yoʻl bilan Tovarni tasarruf etishga haqli emas.


6. TOMONLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLAR

6.1. Sotuvchining majburiyatlari quyidagilardan iborat:
6.1.1. ushbu Shartnomaga muvofiq qabul qilingan majburiyatlarni oʻz vaqtida va lozim darajada bajarish;
6.1.2. ushbu Shartnomaga va Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni bajarish;
6.2. Xaridorning majburiyatlari quyidagilardan iborat:
6.2.1. birinchi toʻlov amalga oshirilgunga qadar ushbu Ofertaning mazmuni va unda belgilangan shartlar bilan tanishib chiqishi;
6.2.2. ushbu Shartnomani tuzish va ijro etish uchun zarur boʻlgan ishonchli maʼlumotlar, dalillar va hujjatlarning Sotuvchiga taqdim etilishini taʼminlash;
6.2.3. Tovarni Sotuvchidan talab qilib olish uchun dastlabki toʻlov amalga oshirilgan paytdan boshlab 3 (uch) ish kuni mobaynida Sotuvchiga mustaqil ravishda murojaat qilish. Bunda Xaridor koʻrsatilgan muddatlarda Tovarni talab qilib olish uchun Sotuvchiga murojaat qilmagan taqdirda, Sotuvchi Tovarni oʻz vaqtida yetkazib bermaganlik uchun hech qanday javobgar emasligiga toʻliq rozilik bildiradi;
6.2.4. Tovarni miqdoriga qarab qabul qilib olish. Tovarni qabul qilib olish paytida, uni vizual tarzda koʻzdan kechirishni va Tovarning ishlash qobiliyatining umumiy tekshiruvini amalga oshirish va kamchiliklar aniqlangan taqdirda, buni Qabul qilish-topshirish dalolatnomasida aks ettirish;
6.2.5. Ushbu Shartnomada oʻrnatilgan tartibda va muddatlarda Tovarga haq toʻlash;
6.2.6. Xaridorda ushbu Shartnoma boʻyicha Sotuvchi oldida qarzdorlik yuzaga kelgan taqdirda, Xaridor Sotuvchiga va Sugʻurtachiga Xaridorning istalgan bank hisobvaraqlaridan, bank kartalaridan pul mablagʻlarini akseptsiz yechib olish huquqini beradi;
6.2.7. Tovar topshirilgan paytdan boshlab va uning haqi toʻliq toʻlangunga qadar, Tovarning but saqlanishini taʼminlash, Tovarning qiymati kamayishiga yoki uning nobud boʻlishiga olib keladigan xatti-harakatlarni sodir etmaslik;
6.3. Sotuvchi quyidagi huquqlarga ega boʻladi:
6.3.1. agar Xaridor Shartnomani buzgan holda Tovarni qabul qilish yoki toʻlashdan bosh tortsa, Tovar uchun toʻliq haq toʻlanishini talab qilish;
6.3.2. Xaridor tomonidan Tovar uchun haq toʻlash majburiyati buzilgan taqdirda Xaridorning qarzi summasini Xaridorning istalgan bankda ochilgan istalgan hisobvaragʻidan akseptsiz yechib olish;
6.3.3. quyidagi holatlar yuzaga kelganida, Tovarning toʻliq qiymatini muddatidan oldin toʻlashni talab qilish:
6.3.3.1. Xaridor tomonidan keyingi toʻlovni toʻlash muddati buzilganda;
6.3.3.2. Sotuvchining talabiga koʻra hujjatlar va maʼlumotlar Xaridor tomonidan taqdim etilmaganda;
6.3.3. Xaridor tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning haqiqiy emasligi faktlari aniqlanganda;
6.3.3.4. Xaridor tomonidan Shartnomaning har qanday sharti buzilishi;
6.3.3.5. Xaridorning moliyaviy ahvoli yomonlashganda;
6.3.4. Xaridor bilan amalga oshiriladigan telefon soʻzlashuvlarini yozib olish;
6.3.5. Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga va ushbu Shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ega boʻlish.
6.4. Xaridor quyidagi huquqlarga ega boʻladi:
6.4.1. agar Sotuvchi Tovarni Xaridorga topshirishdan bosh tortsa, Shartnomani bajarishdan bosh tortish.


7. TOMONLARNING JAVOBGARLIGI

7.1. Tomonlar Shartnoma boʻyicha zimmalariga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganliklari uchun ushbu Shartnomaga muvofiq, Shartnomada nazarda tutilmagan hollarda esa – Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq javob beradilar.
7.2. Xaridor taqdim etilgan maʼlumotlarning mazmuni va ishonchliligi uchun mustaqil ravishda javobgar boʻladi.
7.3. Sotuvchi Shartnoma boʻyicha sotib olingan Tovardan lozim darajada foydalanmaganligi oqibatida Xaridorga yetkazilgan ziyon uchun javobgar boʻlmaydi.
7.4. Agar Xaridorning tovar xususiyatlari haqidagi umidlari oʻzini oqlamasa, Sotuvchi javobgar boʻlmaydi.
7.5. Sotuvchi Xaridorning uchinchi shaxslar oldidagi majburiyatlari boʻyicha javobgar boʻlmaydi.
7.6. Xaridor Tovarni olishni talab qilmagan va/yoki qabul qilishdan bosh tortgan taqdirda, Xaridor oʻz zimmasiga Sotuvchiga Tovar uchun belgilangan toʻliq qiymatning 22 foizi (yigirma ikki) miqdorida jarima toʻlash majburiyatini oladi.
7.7. Xaridor ushbu Shartnomada nazarda tutilgan har bir toʻlovni oʻz vaqtida toʻlamagan taqdirda, Xaridor oʻz zimmasiga Sotuvchiga muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun muddati oʻtkazib yuborilgan toʻlov summasining 0,4 foizi, lekin muddati oʻtkazib yuborilgan toʻlov summasining 50 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda penya toʻlash majburiyatini oladi. Penya toʻlash Xaridorni Shartnoma boʻyicha qarz summasini toʻlashdan ozod qilmaydi.
7.8. Tovar uchun belgilangan qiymatni toʻlashning ushbu Shartnomaning 4.4-bandida belgilangan muddatlari muddati oʻtgan qarzdorlik yuzaga kelgan sanadan boshlab 1 (bir) kalendar kundan ortiq muddat davomida buzilgan taqdirda, Sotuvchi tovarlarning to'liq qiymatini muddatidan oldin to'lashni va etkazilgan zararni to'lashni talab qilishga, shuningdek istalgan vaqtda kelishmovchilikda bunday qarzni yozish huquqiga ega.
7.9. Sotuvchi Xaridor oʻz huquqlarini suiisteʼmol qilishi sifatida baholanadigan xatti-harakat – Tovarni olishdan muntazam ravishda bosh tortgan taqdirda, Shartnomani tuzishni rad etish huquqini oʻzida saqlab qoladi;
7.10. Tomonlardan biri ushbu Shartnoma boʻyicha zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda, jabrlangan Tomon aybdor Tomondan oʻz zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarishni, shuningdek unga yetkazilgan zararni neustoykadan tashqari toʻliq summada qoplashni talab qilish huquqiga ega.


8. YENGIB BOʻLMAS KUCH HOLATLARI (FORS-MAJOR)

8.1. Tomonlar Shartnomaning bir qismini yoki uni toʻliq bajarmaganliklari uchun, agar bunday bajarmaslik yengib boʻlmaydigan kuch holatlari tufayli yuzaga kelgan boʻlsa, javobgarlikdan ozod qilinadilar. Yengib boʻlmas kuch holatlariga quyidagilar kiradi: suv toshqini, tabiiy yongʻin, zilzila, portlash, epidemiya va tabiat kuchlarining boshqacha koʻrinishlari, shuningdek urush, harbiy harakatlar yoki ushbu Shartnomani bajarishning imkonsizligiga olib kelgan boshqa harakatlar.
8.2. Tomonlardan birortasiga bevosita yoki bilvosita taʼsir koʻrsatadigan Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga yoki meʼyoriy hujjatlariga kiritilgan oʻzgartirishlar fors-major holatlari sifatida koʻrib chiqilmaydi, biroq, Tomonning Shartnoma boʻyicha oʻz majburiyatlaridan birortasini bajarishiga imkon bermaydigan oʻzgartirishlar kiritilgan taqdirda, Tomonlar ushbu muammoni bartaraf etish boʻyicha ishlarni amalga oshirish tartibiga nisbatan darhol qaror qabul qilishlari shart.
8.3. Fors-major holatlari oqibatida ushbu Shartnoma boʻyicha zimmasiga olingan majburiyatlarini bajarishi imkonsiz boʻlib qolgan tomon 10 (oʻn) kalendar kun ichida Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organi tomonidan berilgan hujjatni isbot sifatida taqdim etishi kerak.
8.4. Agar yengib boʻlmas kuch holatlari ikki oydan ortiq vaqt mobaynida davom etsa, Tomonlar ushbu Shartnomaning keyingi yuridik taqdirini birgalikda belgilaydilar.


9. NIZOLARNI HAL ETISH

9.1. Ushbu Shartnomadan yoki u bilan bog‘liq holda yuzaga keladigan barcha nizoli masalalar Taraflar tomonidan muzokaralar yo‘li bilan hal etiladi. Nizolarni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibi majburiy emas.
9.2. Muzokaralar yo‘li bilan kelishuvga erishilmagan taqdirda, ushbu Shartnomadan yoki u bilan bog‘liq holda yuzaga keladigan barcha nizolar, kelishmovchiliklar va talablar, shu jumladan uning buzilishi, to‘xtatilishi yoki haqiqiy emasligi masalalari Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudida hal etilishi lozim (shartnoma bo‘yicha sudlovga tegishlilik).
9.3. Agar ushbu Shartnomaning bir tomoni jismoniy shaxs boʻlsa, bu holda nizolar Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 36-moddasiga muvofiq Sotuvchi roʻyxatdan oʻtgan joydagi (yuridik manzili) Toshkent shahar tumanlararo fuqarolik sudida hal etilishi lozim.
9.4. Shartnomani ijro etish joyi Sotuvchining joylashgan manzili (yuridik manzili) hisoblanadi.


10. SHARTNOMANING AMAL QILISH MUDDATI

10.1. Ushbu Shartnoma ushbu Oferta Aksept qilingan (qabul qilingan) paytdan boshlab kuchga kiradi va barcha Tomonlar ushbu Shartnomaga muvofiq oʻz majburiyatlarini, shu jumladan, neustoykani toʻlash boʻyicha majburiyatlarni bajargan paytdan boshlab oʻz kuchini toʻxtatadi.
10.2. Xaridor tomonidan ushbu Ofertaning Aksepti Xaridor tomonidan ushbu Shartnoma shartlarining hech qanday istisnolarsiz yoki cheklovlarsiz toʻliq va soʻzsiz qabul qilinishini anglatadi va ikki tomonlama yozma Shartnoma tuzish bilan teng kuchga ega sanaladi.
10.3. Xaridor ushbu Ofertaning yangi tahrirdagi matnini Saytga joylashtirish orqali Xaridorni va boshqa shaxslarni xabardor qilgan holda, Sotuvchi istalgan vaqtda ushbu Shartnoma shartlariga oʻzgartirishlar kiritishga haqli ekanligiga rozilik bildiradi. Oʻzgartirishlar Xaridorlar va uchinchi shaxslar uchun yangi tahrirdagi Oferta matni Saytda joylashtirilgan sanadan yoki Ofertada koʻrsatilgan sanadan boshlab kuchga kiradi.


11. BOSHQA SHARTLAR

11.1. Xaridor ushbu Shartnoma doirasida unga tegishli boʻlgan huquq va majburiyatlarni Sotuvchining yozma roziligisiz boshqa shaxslarga topshirishga haqli emas. Sotuvchi esa, oʻz navbatida, ushbu Shartnoma doirasida unga tegishli boʻlgan huquq va majburiyatlarni Xaridorning roziligisiz boshqa shaxslarga topshirishga, sotishga, berib yuborishga haqlidir.
11.2. Tomonlar ushbu band bilan bir-birlariga quyidagilarni vaʼda qiladilar:
11.2.1. Shartnomani tuzayotgan shaxs Shartnoma tuzilgan sanaga qadar amalda boʻlgan ustav/ishonchnoma bilan belgilangan vakolatlari doirasida harakat qiladi;
11.2.2. Tomonlar Shartnoma boʻyicha zimmalariga olingan majburiyatlarini oʻz vaqtida va toʻliq (lozim darajada) bajarish uchun yetarlicha moliyaviy imkoniyatlarga egadirlar va Shartnomaning amal qilish muddati davomida shunday boʻladilar;
11.2.3. tomonlar qayta tashkil etish yoki tugatish jarayonida emasdirlar;
11.2.4. Tomonlarga nisbatan bankrotlik tartib-taomillari qoʻzgʻatilmagan va amalga oshirilayotgani yoʻq; Tomonlarning ishontirishlari muhim ahamiyatga ega, chunki Tomonlar Shartnomani ushbu Shartnomada koʻrsatilgan shartlarda, bir-birlarining ishontirishlarini hisobga olgan holda tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qilganlar va agar yuqorida koʻrsatilgan ishontirishlarning notoʻgʻriligi toʻgʻrisida maʼlumotlarga ega boʻlganlarida, Shartnomani tuzmagan yoki uni boshqa shartlar asosida tuzgan boʻlardilar.
11.3. Shartnomani unda keltirilgan shartlarga koʻra tuzish orqali, Xaridor oldi-sotdi shartnomasini bajarishda va uning toʻgʻriligi, toʻliqligi va ishonchliligi uchun barcha masʼuliyatni oʻz zimmasiga olgan holda, ishonchli shaxsiy maʼlumotlarning taqdim etilishini kafolatlaydi;
11.4. Shartnomani unda keltirilgan shartlarga koʻra tuzish orqali, Xaridor oʻzining shartsiz roziligini beradi va Sotuvchiga, sugʻurtalovchiga va sotuvchining kontragentlariga Xaridorning shaxsiy maʼlumotlarini, shu jumladan, avtomatlashtirilgan maʼlumotlar bazasini boshqarish tizimlaridan va boshqa dasturiy taʼminotdan foydalangan holda toʻplash, qayta ishlash va saqlashga ruxsat beradi. Shuningdek, Xaridor oʻzining shaxsiy maʼlumotlari Sugʻurtalovchiga va uchinchi shaxslarga berilishi mumkinligiga rozilik bildiradi. Xaridor Sotuvchi, Sugʻurtalovchi, Sotuvchining kontragenti tomonidan shaxsiy maʼlumotlarning qayta ishlanishi quyidagilarning amalga oshirilishi mumkinligiga rozilik bildiradi: tovarlarni sugʻurtalash maqsadida, auditorlik kompaniyalariga, nazorat qiluvchi organlarga maʼlumotlarning taqdim etilishini taʼminlash, xavfsizlikni taʼminlash, firibgarlik faoliyatini aniqlash va / yoki oldini olish, daromadlarni legallashtirish va boshqa jinoyatlar, marketing faoliyatini amalga oshirish, muddati oʻtgan qarzlarni undirish maqsadida. Sugʻurtalovchiga va uchinchi shaxslarga beriladigan maʼlumotlar, shu qatorda, quyidagilarni oʻz ichiga oladi: Xaridorning identifikatsiya maʼlumotlari (shu jumladan: Xaridorning toʻliq ism-sharifi, shaxsni tasdiqlovchi hujjat maʼlumotlari, yuridik / faktik manzili, telefon raqami, elektron pochta manzili va boshqalar), joriy majburiyat miqdori, uning maqsadi, jarima yozilganligi, Xaridor tomonidan moliyaviy majburiyatlar boʻyicha amalga oshirilgan toʻlovlarning haqiqiyligi va oʻz vaqtida bajarilishi, qarzdorlik qoldigʻi, sud qarorlari va shu zahoti ijro etish hujjatlari. Shaxsiy maʼlumotlarni qayta ishlash uchun Xaridor tomonidan berilgan rozilik muddatsiz hisoblanib, u Sotuvchining yuridik manziliga yozma soʻrov yuborish orqali qaytarib olinishi mumkin.
11.5. Shartnomani unda keltirilgan shartlarga koʻra tuzish orqali, Xaridor sugʻurta hodisasi yuz berganda sugʻurta tovonini toʻlagan Sugʻurtalovchiga, Sotuvchining sugʻurta natijasida qoplangan zararlar uchun javobgar boʻlgan Xaridorga nisbatan ega boʻlgan talab qilish (regress) huquqi, toʻlangan summa doirasida oʻtishiga oʻzining shartsiz roziligini beradi (Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 957-moddasi tartibida).
11.6. Shartnomani unda keltirilgan shartlarga koʻra tuzish orqali, Xaridor Sugʻurtalovchiga oʻz pul mablagʻlarini Oʻzbekiston Respublikasining istalgan bankining hisob raqamlari va kartalaridan qabul qilinmagan va shubhasiz tartibda sugʻurta qoplamasi summasi toʻliq qaytarilgunga qadar hisobdan chiqarishga shartsiz rozilik beradi.
11.7. Ushbu Shartnomani tuzish orqali Xaridor Sotuvchiga ovozli qo‘ng‘iroqlar qilish va suhbatni yozib olish huquqini beradi, shuningdek, Sotuvchidan hamda Sotuvchi vakolat bergan boshqa shaxslardan turli usullar orqali yuboriladigan tarqatma xabarlar, SMS-xabarlar va boshqa xabarnomalarni (jumladan, qarzdorlik mavjudligi to‘g‘risidagi axborotni) olishga rozilik bildiradi.
11.8. Agar Shartnomaning biror qoidasi yoki sharti haqqoniy emas deb topilsa, bu holat Shartnomaning qolgan shartlari va qoidalari hamda umuman Shartnomaning oʻzi haqqoniy emas deb topilishiga olib kelmaydi.
11.9. Tomonlar raqamli shaklda tuzilgan hujjatlar Xaridor tomonidan imzolangan bosma hujjatlar bilan bir xil yuridik kuchga ega ekanligi borasida kelishib oladilar.
11.10. Xaridor tegishli o‘zgarishlar sodir bo‘lgan paytdan boshlab 2 (ikki) kalendar kun ichida o‘zining bank rekvizitlari o‘zgargani hamda ushbu Shartnoma bo‘yicha majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan har qanday holatlar to‘g‘risida Sotuvchini yozma ravishda xabardor qilishi shart. Sotuvchi o‘z bank rekvizitlarining o‘zgargani haqida Xaridorni veb saytda tegishli ma’lumotlarni e’lon qilish va Shartnomaga o‘zgartirishlar kiritish orqali xabardor etadi. Xaridor Internetda ochiq tarzda joylashtirilgan ushbu Shartnoma (Oferta) shartlariga Sotuvchi tomonidan kiritiladigan dolzarb o‘zgarishlarni mustaqil ravishda va o‘z vaqtida kuzatib borishi lozim. Bunday nazoratning yo‘qligi Xaridorni o‘z majburiyatlarini bajarmaganlik (lozim darajada bajarmaganlik) uchun javobgarlikdan ozod etmaydi.
11.11. Shartnomada nazarda tutilmagan boshqa barcha masalalarda Tomonlar Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga amal qiladilar.




SOTUVCHINING MANZILI VA REKVIZITLARI “PRIME ONLINE TECHNOLOGY” MChJ
Manzil: 100089, Oʻzbekiston Respublikasi,
Toshkent shahri, Bektemir tumani, Oltintopgan
koʻchasi, 29-uy
STIR: 306 866 358
IFUT: 46690
h/r: 2020 8000 4051 4368 5001
«KAPITAL BANK» ATB
FAA (МФО): 01088
Bank STIRi: 207 127 843