OMMAVIY OFERTASI
AKSIYANI O‘TKAZISH QOIDALARI
“Qulay terminal” dasturi

Toshkent sh.
2026-yil “11”-fevral

  1. Ushbu Ommaviy oferta (keyingi oʻrinlarda — Oferta) “Qulay terminal” dasturi” aksiyasida ishtirok etish uchun “Qulay terminal” dasturi” aksiyasida (keyingi oʻrinlarda — Aksiya) ishtirok etish shartlari va tartibini belgilaydi. Shartnoma Aksiya ishtirokchisi tomonidan ushbu Ofertada ko‘rsatilgan shartlarga muvofiq harakatlar amalga oshirilgan paytdan boshlab tuzilgan hisoblanadi va Aksiya ishtirokchisi Shartnomaning barcha shartlarini to‘liq va so‘zsiz qabul qilganini anglatadi.
  2. Ommaviy Oferta Internet tarmog‘ida https://smartpos.uz/ manzilida e’lon qilingan va foydalanish uchun ochiq hisoblanadi. Ishtirokchilarni Aksiya Qoidalari haqida xabardor qilish Tashkilotchining https://smartpos.uz/ manzili bo‘yicha veb-saytida tegishli ma’lumotlarni joylashtirish yo‘li bilan, shuningdek, Tashkilotchi tanloviga ko‘ra boshqa usullar, jumladan, reklama e’lonlari, tarqatma varaqalar, flayerlar va boshqa usullar orqali amalga oshiriladi.
  3. Aksiya tashkilotchisi “CENTER FOR DIGITAL TECHNOLOGY AND INNOVATION” AJ (keyingi oʻrinlarda — Tashkilotchi) sanaladi, yuridik manzili: Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Maxtumquli ko‘chasi, 81-uy. Rekvizitlar: STIR: 306 344 019, h/r: 2020 8000 0050 6594 4001, Toshkent shahridagi “HAMKORBANK” ATB, MMT: 00083.
  4. Aksiya tashkilotchisining hamkori — “PRIME ONLINE TECHNOLOGY” MCHJ (keyingi oʻrinlarda — Tashkilotchi), yuridik manzili: Toshkent shahri, Bektemir tumani, Oltintopgan ko‘chasi, 29-uy. Rekvizitlari: STIR: 306 866 358, h/r 2020 8000 4051 4368 5001 Toshkent shahridagi “KAPITAL BANK” ATB, MMT: 01088
  5. Aksiya ishtirokchilari: Tadbirkorlik subyektlari — O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar, shuningdek, yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi boshqa jismoniy shaxslar.
  6. Aksiyani o‘tkazishdan maqsad: Aksiya onlayn-NKM va dasturiy ta’minotni targ‘ib qilish, Tashkilotchi va Hamkorning mijozlar bazasini kengaytirish, tadbirkorlik subyektlarining raqamli yechimlardan foydalanishga bo‘lgan qiziqishini rag‘batlantirish, hamda bozorda mahsulot va xizmatlarning tanilishini oshirishga qaratilgan.
  7. Aksiya doirasida Ishtirokchiga A-Pay P10 (Android POS Terminal P10) rusumli onlayn nazorat-kassa mashinasini maxsus shartlarda xarid qilish imkoniyati beriladi. Onlayn-NKMni xarid qilish bilan bir vaqtda, Ishtirokchiga 3 (uch) taqvim oyi muddatga “Start” tarif rejasi bo‘yicha “SMART Business” dasturiy ta’minotining funksional imkoniyatlaridan foydalanish uchun mutlaq bo‘lmagan huquq, shuningdek, FMO bilan keyinchalik integratsiyalash uchun dasturiy ta’minotni joriy etish va qo‘llab-quvvatlash xizmatlari taqdim etiladi. Ushbu imkoniyatlar Ishtirokchi tomonidan 1.690.400 (bir million olti yuz to‘qson ming to‘rt yuz) so‘m miqdoridagi mablag‘ni bir martalik to‘lov asosida amalga oshirilgandagina taqdim etiladi.
  8. Uzcard dasturiy ta’minotini joriy etish xizmatlari Ishtirokchiga bepul asosda faqat ushbu Aksiya Qoidalarining 7-bandidagi talablarga to‘liq rioya qilingan hamda mazkur Ommaviy ofertada belgilangan Aksiyada qatnashish uchun barcha shartlar to‘liq va o‘z vaqtida bajarilgan taqdirdagina ko‘rsatiladi. Aksiya talablari qisman yoki kechiktirib bajarilsa, imtiyozlar va maxsus shartlar taqdim etilmaydi.
  9. Ushbu Aksiya doirasida “Start” tarif rejasiga ulanilgan sanadan boshlab 3 (uch) taqvim oyi o‘tgach, Ishtirokchi “SMART Business” dasturiy ta’minotidan Aksiyada ishtirok etish sanasidan boshlab, 4-oydan 12-oygacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga olgan holda, uzaytirish paytida amalda bo‘lgan “Start” tarifidan past bo‘lmagan tarif rejasi bo‘yicha pullik asosda foydalanishni davom ettirish majburiyatini oz zimmasiga oladi. Ushbu Aksiya doirasida “Start” tarifiga nisbatan arzonroq narxli va/yoki kamroq funksiyali tarif rejalaridan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. Tarifdan pullik foydalanish uzaytirish paytida amalda bo‘lgan narxlar ro‘yxati asosida to‘lanadi. 4-oydan 12-oygacha bo‘lgan davrda “Start” tarifidan past bo‘lmagan tarif rejasidan foydalanishni rad etgan taqdirda, Ishtirokchi Onlayn-NKMning aksiya narxi bilan uning xarid qilingan sanadagi to‘liq chakana narxi o‘rtasidagi farqni qoplash majburiyatini oladi. Ushbu majburiyat Aksiya shartlarining ajralmas qismi hisoblanadi va Aksiya shartlarini qabul qilgan barcha Ishtirokchilar tomonidan so‘zsiz bajarilishi shart.
  10. Ushbu Aksiya doirasida 1.690.400 so‘m miqdoridagi bir martalik to‘lovni amalga oshirish, Ishtirokchi tomonidan to‘lov o‘tkazilgan paytda ommaviy ofertani qabul qilish (Aksept) deb hisoblanadi. Ofertani qabul qilish Ishtirokchining ushbu Aksiyaning barcha shartlariga, jumladan, 9-bandga muvofiq tarifdan foydalanishni uzaytirish va kompensatsiya majburiyatlari to‘g‘risidagi qoidalarga to‘liq roziligini anglatadi.
  11. Aksiyada ishtirok etishga faqat Aksiya ishtirokchisi bo‘lgan tadbirkorlik subyektining o‘z nomiga Onlayn-NKM sotib olish va “SMART Business” dasturiy ta’minotini ulash maqsadlaridagina ruxsat beriladi. Onlayn-NKMni xarid qilish, “SMART Business” dasturiy ta’minotini ulash, shuningdek, FMO bilan keyinchalik integratsiyalash uchun dasturiy ta’minotni joriy etish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish boshqa tadbirkorlik subyekti manfaatlari yo‘lida, topshirig‘i bo‘yicha amalga oshirilishi taqiqlanadi. Ushbu bandning buzilishi Aksiya qoidalari shartlarining buzilishi hisoblanadi, natijada bunday Ishtirokchiga nisbatan Aksiya shartlari qo‘llanilmaydi, maxsus shartlar va imtiyozlar taqdim etilmaydi.
  12. Aksiyani o‘tkazish hududi: butun O‘zbekiston Respublikasi hududi.
  13. Aksiyani o‘tkazish davri: 2026-yil 11-fevraldan boshlanadi va Aksiyada ishtirok etayotgan Hamkorning 3000 (uch ming) dona qurilmasi (A-Pay P10 onlayn-NKM) to‘liq sotilgunga qadar amal qiladi. Aksiya ko‘rsatilgan miqdordagi Onlayn-NKM doirasida o‘tkaziladi va limitga yetganda, Aksiyaning taqvim boʻyicha tugash sanasidan qat’i nazar, Aksiya ishtirokchilarini qo‘shimcha xabardor qilish, ushbu Ommaviy ofertaga o‘zgartirishlar kiritish yoki alohida bildirishnomalar e’lon qilish zaruratisiz avtomatik ravishda to‘xtatiladi. Tashkilotchi o‘z tashabbusi bilan istalgan vaqtda Aksiyani o‘tkazish davrini o‘zgartirish yoki uzaytirish huquqini o‘zida saqlab qoladi. Aksiya muddati o‘zgartirilganda yoki uzaytirilganda, ishtirokchilar Tashkilotchi tomonidan Internet tarmog‘idagi manbalarida tegishli ma’lumotni joylashtirish orqali qo‘shimcha ravishda xabardor qilinadi.
  14. Aksiya rag‘batlantiruvchi reklama, ommaviy mukofot va’dasi, pul-buyum lotereyasi yoki tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yin hisoblanmaydi, ishtirokchilardan ishtirok etish uchun to‘lov talab qilinmaydi.
  15. Aksiyada ishtirok etish ixtiyoriy. Tadbirkorlik subyekti Aksiyada ishtirok etish va Oferta shartlarini qabul qilish to‘g‘risidagi qarorni mustaqil ravishda va o‘z manfaatlarini ko‘zlab qabul qiladi. Ushbu Ommaviy Ofertada hech narsa Aksiya ishtirokchisini harakatlarni bajarishga majburlash sifatida talqin qilinmasligi lozim.
  16. Ushbu Oferta shartlarini bajarmagan ishtirokchilar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligini buzgan holda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari Aksiyada ishtirok etishga da’vogar bo‘la olmaydilar.
  17. Tashkilotchi Aksiyada ishtirok etishning halolligini o‘zining mavjud texnik imkoniyatlari asosida mustaqil ravishda baholaydi. Tashkilotchi Aksiya davomida firibgarlikning oldini olish maqsadida istalgan vaqtda qo‘shimcha texnik cheklovlar kiritish huquqini o‘zida saqlab qoladi. Tashkilotchi, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi va ushbu Ommaviy oferta qoidalarini inobatga olgan holda, o‘z ixtiyoriga ko‘ra, ushbu Ommaviy ofertani yoki O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilik talablarini buzgan har qanday Tadbirkorlik subyektining Aksiyada ishtirokini haqiqiy emas deb topishi hamda uning keyingi ishtirokini taqiqlashi mumkin.
  18. Agar Tashkilotchiga Tadbirkorlik subyektini Aksiya ishtirokchisi maqomidan chiqaradigan holatlar ma’lum bo‘lib qolsa (Ommaviy oferta shartlariga rioya qilmaslik, firibgarlik, Aksiyada g‘irrom ishtirok etish, atayin noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etish va hokazo), bunday tadbirkorlik subyektlari Aksiya ishtirokchilari ro‘yxatidan chiqariladi va ushbu Ommaviy ofertada belgilangan imtiyozlar, afzalliklar va (yoki) maxsus shartlardan foydalanish huquqidan mahrum etiladi.
  19. Aksiya tashkilotchisi va hamkori Tashkilotchi tomonidan https://smartpos.uz/ veb-saytida joylashtirilgan Ommaviy oferta bilan tanishish imkoniyati yo‘qligi, Aksiya ishtirokchilari tomonidan ushbu Ofertada ko‘zda tutilgan majburiyatlarning o‘z vaqtida bajarilmagani yoki umuman bajarilmagani, fors-major holatlari (tabiiy ofatlar, epidemiyalar, davlat organlarining farmoyishlari va Tashkilotchiga bog‘liq bo‘lmagan boshqa obyektiv sabablar), shuningdek ishtirokchilarning xatti-harakatlari tufayli uchinchi shaxslarning da’volari uchun javobgar emas.
  20. Aksiyada ishtirok etish orqali Ishtirokchi ushbu Ommaviy oferta bilan to‘liq tanishganini va unga roziligini tasdiqlaydi. Shuningdek, o‘z xohishi va manfaatlarini ko‘zlab, Tashkilotchi va u vakolat bergan shaxsga o‘zi taqdim etgan shaxsiy ma’lumotlarni (familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi, pasport ma’lumotlari, jinsi, ish va mobil telefon raqamlari, elektron pochta manzili, tadbirkorlik subyekti to‘g‘risidagi ro‘yxatdan o‘tish ma’lumotlari, yuridik manzili va boshqalar) hamda boshqa ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida va ushbu Qoidalarda belgilangan holatlarda va hajmda to‘plash, qayta ishlash, uzatish (jumladan, transchegaraviy tarzda), foydalanish va saqlashga rozilik beradi. Bunda tadbirkorlik subyektining o‘z xohish-irodasini bildirganini qo‘shimcha tasdiqlash uchun yozma shakl yoki boshqa dalillar talab etilmaydi.
  21. Aksiyada ishtirok etayotgan tadbirkorlik subyekti, oldindan ogohlantirmasdan axborot va reklama tarqatmalarini olishga o‘z ixtiyoriy roziligini beradi (jumladan, lekin bular bilan cheklanmagan holda: SMS-xabarlar, elektron pochta orqali tarqatmalar, push-xabarlar, messenjerlar, ijtimoiy tarmoqlar va shaxsiy kabinet orqali xabarlar, aksiyali, chegirmali, reaktivatsion, triggerli va promo-tarqatmalar, kontent xatlar), shuningdek, ishtirokchiga tegishli Onlayn-NKM cheklarida axborot va reklama takliflarini aks ettirishga so‘zsiz roziligini beradi, hamda “SMART Business” dasturiy ta’minotining ishlashi bilan bog‘liq tizimli xabarlar va bildirishnomalarni qabul qilishga rozilik bildiradi.
  22. Tashkilotchi o‘z ixtiyoriga ko‘ra, bir tomonlama tartibda, istalgan vaqtda oldindan ogohlantirishsiz va sabablarini tushuntirishsiz, Aksiyani to‘liq yakunlash, vaqtincha to‘xtatish, uzaytirish, shuningdek, ushbu Ommaviy ofertaga har qanday o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqini o‘zida saqlab qoladi. Aksiyaning muddatidan oldin yakunlanishi, to‘xtatilishi, uzaytirilishi, Ommaviy ofertaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi e’tirozlar uchun asos bo‘la olmaydi. Aksiya o‘tkazilishini muddatidan oldin to‘xtatish, uzaytirish, Ommaviy ofertaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish hollarida, Tashkilotchi bu haqda amaldagi va (yoki) ehtimoliy Ishtirokchilarni o‘zining rasmiy veb-sayti https://smartpos.uz/ manzilida tegishli ma’lumotlarni joylashtirish orqali oshkora xabardor qilish majburiyatini oʻz zimmasiga oladi. Shuningdek, Tashkilotchi o‘z xohishiga ko‘ra tegishli ma’lumotlarni Facebook, Instagram, Telegram ijtimoiy tarmoqlaridan birida joylashtirish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
  23. Tashkilotchi va Hamkor ushbu Ommaviy Ofertaning shartlaridan chetga chiqadigan tushunmovchiliklar, noto‘g‘ri talqinlar, taxminlar yoki fikrlar natijasida yuzaga kelgan har qanday da’vo yoki zararlar uchun javobgar emas. Har qanday savol, tushunmovchilik yoki boshqa nizoli vaziyatlar yuzaga kelganda, Aksiya ishtirokchisi Tashkilotchiga murojaat qilish orqali ularni aniqlashtirish/hal qilish uchun barcha choralarni ko‘rishi lozim.
  24. Ushbu Ommaviy Ofertada ko‘zda tutilmagan barcha holatlarda, Aksiya Tashkilotchisi O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga amal qiladi.
  25. Ushbu Ommaviy Ofertaning amal qilish muddati — Aksiyani o‘tkazish davri tugab, u bilan bog‘liq majburiyatlar bajarilgunga qadar.
  26. Ushbu Ommaviy Oferta O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan Tadbirkorlik subyektlari uchun moʻljallangan. Aksiyada ishtirok etish Ommaviy Ofertada bayon etilgan shartlarga to‘liq rozilikni anglatadi.


Tashkilotchi
“CENTER FOR DIGITAL TECHNOLOGY AND INNOVATION” AJ,
Manzil: Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Maxtumquli ko‘chasi, 81-uy.
STIR: 306344019,
h/r: 2020 8000 0050 6594 4001
Toshkent shahridagi “HAMKORBANK” ATB,
MMT: 00083.
Bosh direktor: Andrey Ko


Hamkor
“PRIME ONLINE TECHNOLOGY” MCHJ,
Manzil: Toshkent shahri, Bektemir tumani, Oltintopgan ko‘chasi, 29-uy.
STIR: 306866358, IFUT: 46690,
h/r: 2020 8000 4051 4368 5001,
Toshkent shahridagi “KAPITAL BANK” ATB,
MMT: 01088
Direktor: Saydaliyev S.X.