1.1. Mazkur hujjat, matnda keyingi oʻrinlarda “Ijrochi” deb ataluvchi va kompaniyaning Ustavi
asosida
faoliyat yurituvchi direktori Saydaliyev S.X. tomonidan taqdim etilgan hamda ushbu oferta
shartlarida
qurilmalarni diagnostika qilish, taʼmirlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatish/ishlarni bajarish
(matnda keyingi
oʻrinlarda – Xizmatlar) yuzasidan shartnoma (matnda keyingi oʻrinlarda – Shartnoma) tuzish
niyatini
bildiruvchi “PRIME ONLINE TECHNOLOGY” MCHJ, STIR 306 866 358, (matnda keyingi oʻrinlarda –
Servis-markaz) ning rasmiy taklifi (ommaviy ofertasi) hisoblanadi.
1.2. Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining (matnda keyingi oʻrinlarda – FK) 369-moddasi
2-
bandiga muvofiq, quyidagi shartlar qabul qilingan, toʻlov amalga oshirilgan va qurilmalar
taʼmirlash uchun
Servis-markaziga topshirilgan taqdirda, ushbu ofertaning akseptini amalga oshiruvchi,
belgilangan tartibda
roʻyxatdan oʻtgan yuridik shaxs yoki Yakka tartibdagi tadbirkor yoxud tadbirkorlik faoliyati
bilan
shugʻullanuvchi shaxs “Buyurtmachi”ga aylanadi (OʻzR FKning 370-moddasi 3-bandiga muvofiq oferta
aksepti ofertada bayon etilgan shartlarda shartnoma tuzishga teng kuchga ega sanaladi), Ijrochi
va
Buyurtmachi birgalikda esa – Oferta shartnomasining “Tomonlari” hisoblanadi.
1.3. Ushbu Ommaviy Oferta Shartnomasida bayon etilgan shartlarning aksepti boʻlib, Toshkent
shahridagi
Servis-markaziga qurilmalarni yetkazib berishni qoplaydigan Transport xarajatlarini yoki
qurilmalarning
taʼmiri va sarflash materiallari uchun toʻlovni Ijrochiga oldindan 100 foiz toʻlash hisoblanadi.
Ijrochining
Buyurtmachi tomonidan oʻtkazilgan pul mablagʻlarini olganligi fakti mazkur shartnomaning soʻzsiz
qabul
qilinganligi hisoblanadi, Buyurtmachi esa Ijrochi bilan shartnomaviy munosabatlarga kirgan shaxs
sifatida
qaraladi.
1.4. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda ushbu ommaviy oferta matnini diqqat bilan oʻqib
chiqing. Agar siz
uning shartlariga yoki shartlarning biror bandiga rozi boʻlmasangiz, Ijrochi Sizga
Oferta-shartnomani
tuzishdan va Ijrochi xizmatlaridan foydalanishdan voz kechishni taklif qiladi.
1.5. Agar Buyurtmachi qurilmaning asosiy egasi boʻlmasa, u toʻlovni amalga oshirishdan oldin
qurilma
egasiga oʻz niyatlari toʻgʻrisida xabar berishi shart.
1.6. Buyurtmachi ushbu shartnomani qabul qilar ekan, shartnomani ixtiyoriy ravishda
tuzayotganini
tasdiqlaydi, bunda shartnomaning barcha shartlari, unga tushunarli boʻlgan va qoʻshimcha
tushuntirishlarni
talab qilmaydigan xizmatlar roʻyxati va narxlar preyskuranti bilan toʻliq tanishib chiqqanligini
tasdiqlaydi.
2.1. Mazkur Oferta maqsadlarida quyida keltirilgan atamalar quyidagi maʼnoda qoʻllaniladi:
Oferta – Internet tarmogʻidagi www.smartpos.uz va/yoki www.smart-ecosystem.uz
manzillarida eʼlon
qilingan, Ijrochi tomonidan xizmatlar koʻrsatish shartlarini belgilovchi “Xizmatlar
koʻrsatish\qurilmalarni
taʼmirlash boʻyicha ishlarni bajarish yuzasidan ommaviy oferta” nomli mazkur hujjat.
Oferta Aksepti (qabul qilinishi) – ushbu Ofertada koʻrsatilgan
xatti-harakatlarni amalga oshirish yoʻli bilan
Ofertaning toʻliq va soʻzsiz qabul qilinishi. Oferta Aksepti Shartnomani yaratadi.
Buyurtmachi – belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtgan, Oferta Akseptini amalga
oshirgan va shu tariqa,
tuzilgan Shartnoma boʻyicha Ijrochi xizmatlarining Buyurtmachisi boʻlgan yuridik shaxs yoki
yakka tartibdagi
tadbirkor yoki tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi shaxs.
Diagnostika – qurilmaning texnik holatini aniqlash.
Taʼmirlash – qurilmalarning sozligini yoki ishlash qobiliyatini tiklash,
qurilmalar yoki ularning tarkibiy
qismlarining resurslarini tiklash boʻyicha amalga oshirilgan operatsiyalar majmui.
3.1. Ijrochi aniqlangan nosozlikka qarab Buyurtmachiga oʻz kuchi bilan va oʻz qurilmalari,
ehtiyot qismlari,
sarflash materiallaridan foydalangan holda qurilmalarni taʼmirlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatish
majburiyatini
zimmasiga oladi, Buyurtmachi esa qurilmani topshirish, uni qabul qilish va Ijrochi xizmatlari
uchun haq
toʻlash majburiyatini zimmasiga oladi.
3.2. Ijrochi Buyurtmachidan qurilmalarni taʼmirlash yuzasidan olingan talabnoma asosida
sabablarini
tushuntirmasdan schyot taqdim etmaslik huquqini oʻzida saqlab qoladi.
3.3. Xizmatlar Ijrochi tomonidan uning texnik markazida (matnda keyingi oʻrinlarda –
Servis-markazi) amalga
oshiriladi.
4.1. Buyurtmachi Buyurtmachining qurilmalarini Toshkent shahridagi Servis-markaziga yetkazib
berishni
qoplaydigan transport xarajatlarini Ijrochiga toʻlash va/yoki qurilmalarni taʼmirlash va/yoki
ehtiyot qismlar
va/yoki sarflanadigan materiallarni Ijrochiga 100% oldindan toʻlash yoʻli bilan Oferta Akseptini
amalga
oshiradi. Transport xarajatlari qiymatini toʻlash yoki taʼmirlash qiymatini oldindan toʻlash
Buyurtmachining
qurilmani taʼmirlash toʻgʻrisidagi shartnomaning ushbu shartlariga toʻliq roziligini
bildiradi.
4.2. Buyurtmachi tomonidan ushbu shartnoma shartlarini bilmaslik uning shartlariga rioya
etishdan bosh
tortishga sabab boʻlishi mumkin emas.
5.1. Mazkur shartnoma boʻyicha xizmatlar qiymati hisob taqdim etilgan paytda amalda boʻlgan
Ijrochining
Preyskuranti asosida belgilanadi. Koʻrsatiladigan xizmatlar uchun preyskurant ushbu shartnomaga
1-Ilovada
aks ettirilgan va mazkur ilova uning ajralmas qismi hisoblanadi.
5.2. Toʻlov pul mablagʻlarini Ijrochining hisob raqamiga oʻtkazish yoʻli bilan amalga
oshiriladi. Ushbu
shartnomada koʻrsatilgan Ijrochining hisob raqamiga pul mablagʻlari kelib tushgan sana toʻlov
sanasi
hisoblanadi.
5.3. Qurilmaning ishida buzilishlar, nosozliklar aniqlangan taqdirda, Buyurtmachi qurilmani
Hamkor –
“Center for digital technology and innovation” AJ (matnda keyingi oʻrinlarda – Hamkor) ning
xizmat
koʻrsatish punktiga taqdim etadi. Qurilmani diagnostika qilish va keyinchalik taʼmirlash
boʻyicha murojaat
qilingan kunda Ijrochi Buyurtmachiga qurilmani Ijrochining Toshkent shahridagi Servis markaziga
yetkazib
berishni qoplaydigan transport xarajatlarini toʻlash uchun toʻlov schyotini taqdim etadi.
5.4. Transport xarajatlari toʻlovi Buyurtmachi tomonidan 1 (bir) ish kuni mobaynida amalga
oshirilishi lozim.
Buyurtmachi tomonidan transport xarajatlari toʻlangandan soʻng, qurilma Ijrochining Toshkent
shahridagi
Servis-markaziga yuboriladi. Agar Buyurtmachi tomonidan hisob taqdim etilgan paytdan boshlab 1
(bir) ish
kuni mobaynida transport xarajatlari uchun toʻlov 100 foiz oldindan toʻlov shaklida amalga
oshirilmasa,
qurilma Ijrochining Servis-markaziga yuborilmaydi.
5.5. Diagnostika natijalari boʻyicha Ijrochi Buyurtmachiga taʼmirlash qiymati va zarur hollarda
ehtiyot
qismlar, sarflash materiallari uchun toʻlovni amalga oshirish boʻyicha hisobni taqdim etadi, u
Buyurtmachi
tomonidan 2 (ikki) ish kuni mobaynida toʻlanishi kerak. Buyurtmachidan Ijrochining hisob
raqamiga pul
mablagʻlari kelib tushganidan soʻng, Ijrochi qurilmani taʼmirlashga kirishadi. Agar 2 (ikki) ish
kuni mobaynida
Buyurtmachi tomonidan taʼmirlash qiymati va sarflash materiallari uchun toʻlov 100 foiz oldindan
toʻlov
shaklida amalga oshirilmasa, Ijrochi qurilmani taʼmirlamasdan, uni Hamkorning xizmat koʻrsatish
punktiga
qaytaradi, bunda Buyurtmachi tomonidan qurilmaning avval bajarilgan diagnostikasini oʻtkazish
maqsadida
Ijrochining Servis-markaziga yetkazib berish uchun toʻlagan transport xarajatlari toʻlovi
qaytarilmaydi.
5.6. Qurilma Buyurtmachining roziligi bilan qismlarga ajratmasdan va ichki shikastlanishlarni
tekshirmasdan
qabul qilinadi. Buyurtmachi texnik xizmat koʻrsatishda uskunada aniqlanishi mumkin boʻlgan
barcha
nosozliklar va shikastlanishlar taʼmirga qabul qilingunga qadar yuzaga kelgan deb qaralishiga
rozilik bildiradi.
5.7. Buyurtmachi tomonidan ekspluatatsiya qilish shartlari qoʻpol ravishda buzilgan, qurilmada
korroziya
izlari boʻlgan, unga namlik tushishi yoki mexanik taʼsirlar koʻrsatilgan taqdirda, Buyurtmachi
qurilmani
taʼmirlash jarayonida uning ishlash qobiliyati toʻliq yoki qisman yoʻqotilishi xavfini oʻz
zimmasiga oladi.
5.8. Mustaqil ravishda taʼmirlashga urinish izlari, qurilmada plomba yoʻqligi, uni ochish yoki
boshqa servis
markazida taʼmirlash oʻtkazilganligini koʻrsatuvchi belgilar aniqlanganda, Ijrochi Buyurtmachini
ogohlantirmasdan taʼmirlash ishlarini bajarishdan bosh tortish yoki ularning qiymatini oshirish
huquqini
oʻzida saqlab qoladi.
5.9. Qurilmani taʼmirlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatish qiymatiga ehtiyot qismlar, sarflash
materiallari
qiymatlari kirmaydi – ularning qiymati har bir taʼmirlash ishlari boʻyicha alohida
hisoblanadi.
5.10. Qurilmani taʼmirlash muddatlari qurilmaning turiga, foydalanish muddati va shartlariga
bogʻliq, lekin
oldindan 100% toʻlov amalga oshirilgan paytdan boshlab 15 (oʻn besh) ish kunidan oshmasligi
lozim.
5.11. Quyidagi hollarda qurilmani taʼmirlash uchun kafolat taqdim etilmaydi:
a) Buyurtmachi tomonidan taʼmirlash ishlarini toʻliq hajmda amalga oshirish rad etilganda;
b) qurilma korpusining, bosma platalarning mexanik shikastlanishi, osma elementlarning siljishi,
mikrosxemalarning yoki uning tarkibiga kiruvchi har qanday boʻgʻin va bloklarning yoriqlari,
shuningdek,
issiqlik yordamida taʼsir koʻrsatilganligi aniqlanganda, shu jumladan yuqoridagilar taʼmirlash
ishlarini
oʻtkazish jarayonida aniqlanganda;
d) malakaga ega boʻlmagan aralashuv izlari aniqlangan taqdirda;
e) qurilmada suyuqlik, hasharotlarning hayot faoliyati mahsulotlari, havoning yuqori namligi
yoki uning
ichidagi begona predmetlarning taʼsiri tufayli yuzaga kelgan korroziya izlarining
mavjudligi;
ye) Buyurtmachi tomonidan ushbu qurilmadan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma buzilganda;
f) plombalar shikastlangan yoki mavjud boʻlmaganda;
g) boshqa hollarda;
5.12. Taʼmirlash ishlari bajarilib, xizmatlar uchun haq toʻlangandan soʻng Buyurtmachiga
koʻrsatilgan
xizmatlar/bajarilgan ishlar dalolatnomasi beriladi, u muayyan qurilma boʻyicha
xizmatlar/ishlarning
topshirish-qabul qilinishini bildiradi.
5.13. Ijrochi qabul qilingan qarorning sababini tushuntirmasdan Buyurtmachiga taʼmirlashni bir
tomonlama
rad etish huquqini oʻzida saqlab qoladi.
6.1. Ijrochi quyidagi majburiyatlarga ega boʻladi:
6.1.1. Ushbu shartnoma shartlariga muvofiq Buyurtmachiga xizmatlar koʻrsatish;
6.1.2. Buyurtmachi tomonidan shartnomada belgilangan toʻlov majburiyatlari bajarilgach,
diagnostika qilish
boʻyicha xizmatlar koʻrsatilgandan va/yoki taʼmirlash ishlari bajarilgandan soʻng, qurilmalarni
Buyurtmachiga
topshirish.
6.2. Ijrochi quyidagi huquqlarga ega boʻladi:
6.2.1. ushbu shartnoma va unga ilovalarning shartlarini bir tomonlama tartibda oʻzgartirish
(toʻldirish), narxlar
preyskurantini Hamkorning saytida va/yoki xizmat koʻrsatish punktlarida yangilangan tahririni
joylashtirish
yoʻli bilan oʻzgartirish.
6.2.2. Buyurtmachidan ushbu Shartnomaga muvofiq Ijrochi tomonidan taqdim etiladigan xizmatlar
va/yoki
bajarilgan ishlar uchun oʻz vaqtida va toʻliq haq toʻlanishini talab qilish.
6.2.3. agar Ijrochida Buyurtmachi shartnoma shartlarini, uchinchi shaxslarning huquqlarini
va/yoki ushbu
shartnomada nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni buzayotgani toʻgʻrisida xulosa chiqarish
uchun yetarli
asoslar boʻlsa, Buyurtmachiga xizmatlar koʻrsatishni rad etish va shartnomani bekor qilish.
6.2.4. agar asbob-uskunalar boshqa shaxslar va/yoki tashqi tashkilotlar tomonidan notoʻgʻri
ishlatilgan,
ochilgan va/yoki taʼmirlangan boʻlsa, Buyurtmachiga qurilmalarni taʼmirlash ishlarini bajarishni
rad etish.
6.3. Buyurtmachi quyidagi majburiyatlarga ega boʻladi:
6.3.1. xizmatlarni lozim darajada koʻrsatish uchun Ijrochiga barcha zarur axborotni taqdim
etish.
6.3.2. ushbu shartnomada nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda transport xarajatlarini,
Ijrochi tomonidan
koʻrsatiladigan xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha majburiyatlarni bajarish.
6.3.3. qurilmalarni olgandan soʻng, koʻrsatilgan xizmatlar/bajarilgan ishlar dalolatnomasini
imzolash, bu
maʼlum bir qurilmalar boʻyicha xizmatlarni/ishlarni topshirish-qabul qilishni anglatadi.
6.2.4. ushbu shartnoma doirasida oʻz zimmasiga olgan boshqa majburiyatlarni bajarish.
6.4. Buyurtmachi quyidagi huquqlarga ega boʻladi:
6.4.1. Ijrochidan shartnoma boʻyicha majburiyatlarning oʻz muddatida va lozim darajada sifatli
bajarilishini
talab qilish.
7.1. Ushbu shartnoma boʻyicha majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik
uchun
Tomonlar Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq javob beradilar.
7.2. Uchinchi shaxslar bilan barcha oʻzaro munosabatlarda Tomonlar oʻz nomlaridan va oʻz
mablagʻlari
hisobidan harakat qiladilar.
7.3. Ijrochi Oferta shartlariga, preyskurantga, Ilovaga oʻzgartirishlar kiritish yoki Ofertani
oʻz xohishiga koʻra
istalgan vaqtda qaytarib olish huquqini oʻzida saqlab qoladi. Ijrochi tomonidan Ofertaga
oʻzgartirishlar
kiritilgan taqdirda, agar Ijrochining oʻzi tomonidan boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa,
bunday
oʻzgarishlar eʼlon qilingan paytdan eʼtiboran kuchga kiradi.
7.4. Tomonlar ushbu shartnoma boʻyicha majburiyatlarning qisman yoki toʻliq bajarilmaganligi
uchun, agar
bunday majburiyatlarni bajarmaslik shartnoma tuzilgandan keyin yuzaga kelgan yengib boʻlmas kuch
holatlari
oqibatida yuzaga kelgan boʻlsa yoki agar Tomonlar shartnoma boʻyicha majburiyatlarning
bajarilmaganligi
Tomonlar oldindan koʻra olmagan yoki oqilona choralar bilan oldini ololmagan favqulodda
hodisalar oqibatida
kelib chiqqan boʻlsa, javobgarlikdan ozod qilinadilar.
7.5. Shartnomadan kelib chiqishi mumkin boʻlgan har qanday nizo yoki kelishmovchiliklar Tomonlar
tomonidan muzokaralar oʻtkazish va yozma daʼvo yuborish yoʻli bilan hal etiladi. Daʼvo tartibi
majburiy
hisoblanadi. Eʼtirozning mohiyati boʻyicha javob daʼvo xati olingan paytdan boshlab, 10 (oʻn)
kalendar kun
ichida Tomon tomonidan yuborilishi kerak.
7.6. Nizolarni muzokaralar yoʻli bilan hal etish imkoni boʻlmagan taqdirda, ular belgilangan
tartibga rioya
qilgan holda Toshkent tumanlararo xoʻjalik sudida koʻrib chiqiladi.
7.7. Shartnoma u tuzilgan (Oferta Aksepti) paytdan boshlab kuchga kiradi va Tomonlar oʻz
majburiyatlarini
toʻliq bajargunga qadar amal qiladi.
7.8. Ushbu shartnoma Tomonlarning yozma kelishuviga binoan istalgan vaqtda, shuningdek,
shartnomani
bekor qilish moʻljallanayotgan sanadan kamida 30 kalendar kun oldin boshqa Tomonga tegishli
bildirishnoma
yuborish yoʻli orqali bir tomonlama tartibda bekor qilinishi mumkin.
7.9. Shartnomaning amal qilishini har qanday asosga koʻra toʻxtatish Tomonlarni uning amal
qilish muddati
davomida yuzaga kelgan shartnoma shartlarining buzilishi uchun kelib chiqqan javobgarlikdan ozod
qilmaydi.
7.10. Tomonlar elektron aloqa vositalari yordamida rasmiylashtirilgan hujjatlar vakolatli
shaxslarning oʻz qoʻli
bilan imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan bosma shakldagi hujjatlar bilan teng yuridik
kuchga ega
ekanligini tan oladilar. Tomonlar ushbu shartnomani bajarayotgan shaxslarda zarur vakolatlarning
(shu
jumladan hujjatlarni imzolash uchun) mavjudligini kafolatlaydilar.
7.11. Ushbu Shartnomaning Tomonlaridan birida mulk shakli, nomi, rekvizitlari, rahbarining
oʻzgarishi va shu
kabilar oʻzgargan taqdirda, bunday oʻzgarishlar sodir boʻlgan Tomon ushbu Tomonning vakolatli
shaxsi
tomonidan imzolangan va uning muhri bilan tasdiqlangan xabarnomani yuborish orqali boshqa
Tomonni
oʻzgarishlar toʻgʻrisida darhol xabardor qilishi shart. Mazkur majburiyat Tomonlardan biri
tomonidan
bajarilmagan taqdirda, boshqa Tomon bunday bajarmaslik oqibatida kelib chiqqan oqibatlar uchun
javobgar
boʻlmaydi.
7.13. Oferta shartlariga xilof boʻlmagan tarzda Buyurtmachi va Ijrochi istalgan vaqtda
xizmatlarni koʻrsatish
yuzasidan shartnomani yozma, ikki tomonlama hujjat shaklida rasmiylashtirishga haqlidirlar.
7.14. Buyurtmachi ushbu shartnoma boʻyicha oʻz huquqlarini Ijrochining oldindan yozma
roziligisiz uchinchi
shaxslarga topshirishga yoki boshqacha tarzda berib yuborishga haqli emas.
| № | Xizmat nomi | Onlayn-NKM rusumi, QQS bilan, soʻm | |
|---|---|---|---|
|
UZKASSA N5,
UZKASSA P100 |
A-Pay P10 | ||
| 1 | Onlayn nazorat-kassa mashinasi ishining texnik holatini diagnostika qilish | Bepul | Bepul |
| 2 | Qurilma foydalanuvchi tomonidan ruxsatsiz ochilgandan keyin qurilmaning ishlashini (xavfsizlik sertifikatini) tiklash | 250 000,0 | 250 000,0 |
| 3 | Termobosmaning kallagini almashtirgan holda taʼmirlash | 455 900,0 | 215 000,0 |
| 4 | Displeyni almashtirgan holda taʼmirlash | 1 255 800,0 | 675 000,0 |
| 5 | Akkumulyatorni almashtirgan holda taʼmirlash | 266 500,0 | 190 000,0 |
| 6 | Korpusni almashtirgan holda taʼmirlash | 246 500,0 | - |
| 7 | Termoqogʻoz lotogining qopqogʻini almashtirgan holda taʼmirlash | 68 800,0 | 39 200,0 |
| 8 | Akkumulyator boʻlinmasi qopqogʻini almashtirgan holda taʼmirlash | 76 170,0 | - |
| 9 | Refurbished – zavod sozlamalariga qaytarish (tizim platasini almashtirmasdan) | 2 095 000,0 | - |
| 10 | Tizim platasini almashtirgan holda taʼmirlash | 1 846 200,0 | - |
| 11 | Quvvatlash tugmalarini almashtirgan holda taʼmirlash, balandlikni sozlash | 104 900,0 | - |
| 12 | Old kamerani almashtirgan holda taʼmirlash | 275 080,0 | - |
| 13 | Dinamikni almashtirgan holda taʼmirlash | 99 580,0 | - |
| 14 | Asosiy kamerani almashtirgan holda taʼmirlash | 417 900,0 | 197 000,0 |
| 15 | SIM SLOTni almashtirgan holda taʼmirlash | 181 300,0 | 45 000,0 |
| 16 | LDO konnektorini almashtirgan holda taʼmirlash | 134 530,0 | - |
| 17 | Elektr taqsimlash pereklyuchatelini almashtirgan holda taʼmirlash | 276 900,0 | 155 000,0 |
| 18 | USB mikro ulagichni almashtirgan holda taʼmirlash | 162 700,0 | 89 000,0 |
| 19 | N5-ME SHFPC-V-2.0 konnektorini almashtirgan holda taʼmirlash | 181 750,0 | - |
| 20 | Silikon bosim zichlagichlari 1 (Silica gel) ni almashtirgan holda taʼmirlash | - | 45 000,0 |
| 21 | NFC antennani almashtirgan holda taʼmirlash | - | 58 000,0 |
| 22 | Diagnostika qilish va taʼmirlash uchun qurilmalarni yetkazib berish boʻyicha transport xarajatlari | 50 000,0 | 50 000,0 |
| 23 | Printer rolikini almashtirib ta’mirlash | 68 700,0 | - |
| 24 | Printer lotoki qopqogʻini almashtirib ta’mirlash | 68 700,0 | - |
| 25 | Printer lotokini almashtirib ta’mirlash | 68 700,0 | - |