Toshkent shahri
Mazkur Oferta bilan Ustav asosida harakat qiluvchi Bosh direktor Ko Andrey Nikitovich tomonidan
yuritiluvchi,
“CENTER FOR DIGITAL TECHNOLOGY AND INNOVATION («RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA
INNOVATSION ISHLANMALAR MARKAZI”) aksionerlik jamiyati, bundan keyin matnda “CDTI”) deb nomlanadi,
STIR: 306 344 019, yuridik manzil: Toshkent sh., Yashnabod tumani, Maxtumquli koʻch., 81, Oʻzbekiston
Respublikasi
hududida roʻyxatdan oʻtgan har bir Yuridik shaxs yoki Yakka tartibdagi tadbirkorga “SMART” Dasturiy
Taʼminotidan
foydalanish va Qurilmaga, jumladan, onlayn nazorat kassa mashinalariga (bundan keyin matnda – Qurilma)
xizmat
koʻrsatish va taʼmirlash xizmatlariga ega boʻlish uchun Oferta shartnomasini tuzishni taklif qiladi.
Yuridik shaxs yoki
Yakka tartibdagi tadbirkor (bundan keyin matnda – Buyurtmachi) tomonidan oferta Aksepti (qabul
qilinishi), ofertada
nazarda tutilgan xizmatlar va toʻlov shartlarining toʻliq qabul qilinishini va mazkur oferta asosida
Buyurtmachi bilan
ofertada keltirilgan shartlar asosida kelishuv tuzishga rozi ekanligini anglatadi (OʻzR FK 370-moddasiga
muvofiq, oferta
aksepti ofertada keltirilgan shartlar asosida kelishuv tuzishga teng sanaladi). Buyurtmachi Shartnoma
tomoniga aylanadi
va mazkur Oferta shartlari asosidagi huquq va majburiyatlarga ega boʻladi.
Yuqorida aytib oʻtilganlarga amal qilgan holda mazkur Oferta matnini diqqat bilan oʻqib chiqing, agar
biror bir bandi
bilan rozi boʻlmasangiz, CDTI Sizga aksept uchun zarur boʻlgan har qanday harakatlardan voz kechishni
taklif qiladi.
2.1. Har qanday Yuridik shaxs yoki Yakka tartibdagi tadbirkor — Ofertaga qoʻshilishga va shu bilan quyidagi konklyudent harakatlarni bajargan holda Shartnoma tuzishga haqli:
2.2. Roʻyxatdan oʻtish vaqtida Saytda koʻrsatilgan oʻlchamda aniq va ishonchli maʼlumotlarni taqdim
etish lozim.
Roʻyxatdan oʻtish jarayonini yakunlagandan soʻng Buyurtmachi “SMART Business” DT funksiyalaridan
foydalanishi
mumkin. Buyurtmachi oʻz logini va paroli xavfsizligini taʼminlash, shuningdek, Buyurtmachi logini va
paroli yordamida
bajariladigan barcha harakatlar uchun javobgar sanaladi. Buyurtmachi oʻz logini va paroli yordamida
noqonuniy
kirilganlik holati toʻgʻrisida CDTIga xabar berishi lozim. Buyurtmachi Shaxsiy kabinetdagi har ish
jarayonidan soʻng
oʻz paroli bilan ishni yakunlashi lozim.
2.3. Mazkur Qoidalarning 2.1. bandida koʻrsatilgan konklyudent harakatlarning biri bajarilganidan
soʻng quyida
keltirilgan shartlar asosida Shartnoma tuziladi. Bunda, mazkur Shartnoma Tomonlar yozma ravishda
tuzgan
Shartnomaga teng sanaladi.
2.4. Mazkur Shartnomani tuzayotib, Buyurtmachi oʻz harakatlari mohiyatini toʻliq anglashi va ularni
boshqara olishi,
xato fikr, yolgʻon, zoʻravonlik, tahdid ostida ishlamasligi lozim. Shartnoma Buyurtmachi tomonidan
oʻz xohishiga koʻra,
mazkur Ommaviy oferta shartlari bilan oldindan toʻliq tanishgan holda tuzilgan. Buyurtmachi
roʻyxatdan oʻtish vaqtida
taqdim etilgan maʼlumotlar mazmuni va xolisligi uchun javobgar sanaladi.
2.5. Buyurtmachi Oferta aksept qilinishidan avval uning shartlari, taqdim etilayotgan xizmatlar va
tarif rejalari bilan
tanishib chiqqanini tasdiqlaydi.
3.1. Mazkur Shartnoma shartlariga binoan CDTI Buyurtmachiga Oʻzbekiston Respublikasi hududida “SMART
Business” DTdan tanlangan xizmatlar va\yoki tarif rejasi hajmida, qisman yoki toʻliq dekompilyatsiyasiz,
mazkur
Shartnomaning amal qilish muddati tugagunga qadar foydalanish huquqini taqdim etadi. Bunda, Buyurtmachi
texnik
xizmat koʻrsatish, qurilmani foydalanishga topshirish koʻzda tutilgan xizmatlar va\yoki tarif rejasini
tanlagan taqdirda,
Buyurtmachining Qurilmasiga texnik xizmat koʻrsatiladi.
3.2. Buyurtmachi mazkur Shartnoma boʻyicha taqdim etilgan huquq va xizmatlarni vaqtida toʻlash
majburiyatini oʻz
zimmasiga oladi.
3.3 Hisobot davridagi mukofot turi, hajmi va summasi Shartnoma Ilovasida belgilangan, unda Shartnomaning
ajralmas
qismi sanaluvchi taqdim etilayotgan xizmatlar, tarif rejasi narxi aks etgan.
3.4. Texnik xizmat koʻrsatish uchun Buyurtmachining Qurilmasi, yaʼni Shartnoma tuzish vaqtida yaxshi
holatda
foydalanishga topshirilgan qurilma qabul qilinadi.
3.5. Qurilmani taʼmirlash narxi, shu jumladan, foydalanishga topshirilgan qurilmani taʼmirlash narxi
mazkur
Shartnomada koʻrsatilgan narxga kirmaydi. Qurilmani taʼmirlash CDTIning hamkori — “PRIME ONLINE
TECHNOLOGY” MCHJ (keyingi oʻrinlarda — Servis markazi) tomonidan www.smart-ecosystem.uz (Support24
boʻlimi) saytida joylashtirilgan xizmat koʻrsatish/diagnostika va taʼmirlash ishlarini bajarish
Ofertasiga muvofiq,
shuningdek, CDTI xizmat koʻrsatish punktlarida amalga oshiriladi. Qurilmani taʼmirlash uchun haq toʻlash
bilan,
Buyurtmachi Oferta matni bilan toʻliq tanishganligini va uning barcha shartlarini qabul qilishini
tasdiqlaydi. Agar
qurilmadagi nosozliklarni bartaraf etishning iloji boʻlmasa (mutaxassisning xulosasiga koʻra) yoki
qurilmani joyida
taʼmirlash uchun sharoit boʻlmasa, nosoz qurilma Sevris markaziga topshirilishi va taʼmirlanishi uchun
Buyurtmachi
tomonidan CDTI xizmat koʻrsatish punktlariga yetkazib berilishi kerak. Taʼmirlash muddati Qurilmani
taʼmirlash uchun
100% oldindan toʻlov amalga oshirilgan kundan boshlab kamida 5 (besh) ish kunini tashkil etadi. Qurilma
taʼmirlangan
va Buyurtmachiga qaytarilgandan soʻng, 3 (uch) ish kuni ichida Buyurtmachi tomonidan qurilmaning
taʼmirlanishi
boʻyicha yozma daʼvolar qabul qilinmasa, ish toʻliq bajarilgan deb hisoblanadi va alohida Dalolatnoma
tuzilmasligi
mumkin boʻladi.
3.6. Agar “SMART Business” DTdan foydalanish va\yoki Qurilmaga texnik xizmat koʻrsatish huquqi taqdim
etilgan
hisobot oyidan keyingi 3 (uch) kalendar kun ichida Buyurtmachi tomonidan yozma eʼtirozlar tushmasa,
xizmatlar toʻliq
hajmda bajarilgan sanaladi, bunda alohida Dalolatnoma tuzilmasligi mumkin.
4.1. CDTI quyidagi majburiyatlarni oʻz zimmasiga oladi:
4.1.1. Buyurtmachiga “SMART Business” imkoniyatlari va, Buyurtmachi tomonidan qabul qilingan xizmatlar
hajmi
va\yoki tarif rejasi shartlariga muvofiq, unda telefon, elektron pochta yoki boshqa aloqa vositalari
orqali ishlash boʻyicha
konsultatsiya oʻtkazish;
4.1.2. tanlangan va toʻlangan xizmatlar va\yoki tarif rejasiga muvofiq, “SMART Business” DTdan
foydalanish
imkoniyatini taʼminlash;
4.1.3. Buyurtmachining shaxsiy kabinetiga va toʻlov holatiga kirishini taʼminlash;
4.1.4. tanlangan xizmatlar va\yoki tarif rejasi hajmiga muvofiq, “SMART Business” DTdan foydalanish
imkoniyatini
taqdim etish uchun toʻlov va hisob fakturalari uchun hisoblarni taqdim etish;
4.1.5. qurilmani foydalanishga topshirish koʻzda tutilgan tarif rejasi tanlangan holatda, ushbu tarif
rejasi tanlangan
paytdan boshlab 1 (bir) ish kuni ichida qurilmani Buyurtmachiga yaroqli holatda topshirish. Qurilmaning
topshirishga
tayyorligi toʻgʻrisida bildirishnoma yuborish talab etilmaydi. Qurilmaning topshirilganligi, yaroqliligi
tekshirilgani
Buyurtmachining qabul qilish-topshirish Dalolatnomasini imzolashi bilan tasdiqlanadi;
4.1.6. qurilmalarga texnik xizmat koʻrsatish, shu jumladan soliq organlarida roʻyxatdan oʻtkazish va
hisobdan oʻchirish;
4.1.7. qurilmalarga texnik xizmat koʻrsatishni taʼminlash, ulardan foydalanish va qoʻllash boʻyicha
maslahat berish.
4.3. CDTI quyidagi huquqlarga ega:
4.2.1. vaqtinchalik, zaruriy ishlar oʻtkazilayotgan muddatda, qurilma, dasturiy taʼminotni almashtirish
yoki tarmoqning
ishlashi va yaxshilanishi uchun rejali ishlarni oʻtkazish zarurati tufayli “SMART Business” Sayti yoki
DTga kirish
imkoniyatini toʻliq yoki qisman toʻxtatish;
4.2.2. Buyurtmachi tomonidan mazkur Shartnoma shartlari bajarilmagan, shu jumladan, Shartnoma boʻyicha
toʻlov oʻz
vaqtida amalga oshirilmagan taqdirda, vaqtincha, Shartnoma boʻyicha qoidabuzarliklarni bartaraf etish
muddati
davomida, Shartnomada nazarda tutilgan xizmatlardan foydalanish huquqini toʻliq yoki qisman toʻxtatib
qoʻyish. Har
qanday holatda ham yuqorida keltirilgan vaziyatlar yuzaga kelganda, Shartnoma boʻyicha toʻlov qayta
hisob-kitob
qilinmaydi va qaytarib berilmaydi;
4.2.3. mazkur Shartnoma boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarishi uchun uchinchi shaxslarni jalb
qilish;
4.2.4. foydalanish uchun taqdim etilgan qurilmadan foydalanilgan taqdirda, qurilmani qaytarish
dalolatnomasi
imzolangan paytdan eʼtiboran 30 (oʻttiz) kun ichida Buyurtmachiga dalolatnoma imzolangan paytda tashqi
koʻrikdan
oʻtkazish yoʻli orqali aniqlashning iloji boʻlmagan kamchiliklar aniqlanganligi toʻgʻrisida xabardor
qilish, shuningdek,
ushbu qurilmaning texnik holati dalolatnomasini ilova qilgan holda Shartnomada nazarda tutilgan tartibda
kamchiliklarni bartaraf etishga ketadigan xarajatlarni qoplash boʻyicha talabnomani ilgari surish.
Qurilmani tekshirish
paytida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun xarajatlarni qoplash miqdori CDTI xizmat
koʻrsatish ofislaridagi
preyskuranti yordamida belgilanadi;
4.2.5. Buyurtmachining manziliga axborot va reklama joʻnatmalarini yuborish (SMS-xabar, e-mail xabar
tarqatmasi,
push-xabar tarqatmasi, messenjerlar, ijtimoiy tarmoqlar, shaxsiy kabinetga xabar tarqatmalari, aksion,
chegirmali,
reaktivatsion, triggerli xabar tarqatmalari, promo xabar tarqatmalari, kontent xatlari va boshqalar),
Buyurtmachini
ogohlantirmasdan Buyurtmachiga tegishli onlayn-NKM cheklarida axborot va reklama takliflarini
shakllantirish.
Buyurtmachi bilan hamkorlik toʻgʻrisidagi maʼlumot maxfiy sanalmaydi va reklama maqsadlarida
foydalanilishi
mumkin;
4.2.6. Buyurtmachidan kerakli maʼlumotlarni soʻrash;
4.2.7. shartnoma shartlariga, xizmatlar roʻyxatiga, tarif rejalariga bir tomonlama oʻzgartirish va\yoki
qoʻshimchalar
kiritish.
4.2.8. Buyurtmachidan Qurilma ekspluatatsiyasi bilan bogʻliq masalalar boʻyicha maʼlumotnoma va
tushuntirishlar talab
qilish;
4.2.9. Buyurtmachiga Qurilma ekspluatatsiyasi vaqtida yoʻl qoʻyilgan xatoliklar va ushbu
qoidabuzarliklarni bartaraf
etish choralarini tushuntirgan holda koʻrsatmalar berish;
4.2.10. Buyurtmachi mazkur Shartnoma shartlarini bajarmagan, shu jumladan, Qurilmaga texnik xizmat
koʻrsatish
bandidan iborat tanlangan tarif rejasi uchun toʻlovni oʻz vaqtida amalga oshirmagan taqdirda, CDTI bilan
kelishilgan
holda texnik xizmat koʻrsatishni toʻxtatish va Qurilma faoliyatini bloklash.
4.3. Buyurtmachi quyidagi majburiyatlarni oʻz zimmasiga oladi:
4.3.1. “SMART Business” DTdan servis faoliyatini qasddan buzish maqsadida foydalanmaslik, shuningdek,
undan
foydalanishda Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari yoki xalqaro huquq normalari talablariga rioya
qilish, shu bilan
birga, Buyurtmachining aybi bilan CDTI nazorat qiluvchi organlar tomonidan javobgarlikka tortilgan
taqdirda,
Buyurtmachi daʼvo yuborilgan kundan boshlab 10 kun ichida CDTI kamomadlarini, shu jumladan,
jarimalarning
barchasini toʻliq miqdorda qoplash;
4.3.2. mazkur Shartnomadagi ehtimoliy oʻzgarishlarni mustaqil ravishda www.smart-ecosystem.uz (yoki
www.smartpos.uz) saytida kuzatib borish;
4.3.3. oʻz vaqtida, hisobot davri boshlanishidan oldin, mazkur Shartnoma shartlariga va tanlangan
xizmatlar roʻyxatiga
va\yoki tarif rejasiga muvofiq tartibda va muddatda toʻlovni amalga oshirish. Buyurtmachi bu haqda
oldindan xabardor
qilinadi va mazkur Shartnoma boʻyicha toʻlov oʻz vaqtida amalga oshirilmagan taqdirda “SMART Business”
dasturiy
taʼminotidan foydalanishni cheklash, texnik xizmat koʻrsatish xizmatlarini toʻxtatib turish va Qurilmani
blokirovka
qilishlariga rozilik beradi (tarif rejasini tanlashda, shu jumladan, Qurilmaga texnik xizmat koʻrsatish,
foydalanish uchun
qurilmalar bilan taʼminlash). Agar Buyurtmachi CDTIga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra Shartnoma
boʻyicha
xizmatlardan foydalanmasa, toʻlov Buyurtmachi tomonidan toʻliq amalga oshiriladi;
4.3.4. shartnoma boʻyicha “SMART Business” dan foydalanish huquqini uchinchi shaxslarga, shu jumladan,
ularga
login va parolni berish orqali oʻtkazmaslik;
4.3.5. “SMART Business” dasturidan foydalanish va Qurilmaning ishlashi uchun Internetga mustaqil
ravishda kirishni
taʼminlash;
4.3.6. “SMART Business” dasturiy taʼminotiga kirishda barcha nosozliklar, qoidabuzarliklar va uzilishlar
toʻgʻrisida,
shuningdek, qurilmaning ishida, shu jumladan, qurilmaga texnik xizmat koʻrsatish, foydalanish uchun
qurilmalar bilan
taʼminlashni nazarda tutuvchi tarif rejasini tanlash holatlarida darhol xabar berish;
4.3.7. oʻzingiz va vakolatli shaxslaringiz toʻgʻrisida kerakli ishonchli maʼlumotlarni (tafsilotlarni)
taqdim etish va ularni
tegishli hujjatlarning asl yoki koʻchirma nusxalari bilan tasdiqlash;
4.3.8. manzil, toʻlov rekvizitlari va boshqa maʼlumotlar oʻzgargan taqdirda, oʻzgartirish kiritilgan
paytdan eʼtiboran 2
(ikki) ish kuni ichida tegishli hisobga olish shakllariga oʻzgartirishlar kiritish uchun bu haqda CDTIni
xabardor qilish.
Oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi xabarnoma oʻz vaqtida yuborilmagan taqdirda, Buyurtmachi oʻzgartirilgan
maʼlumotlardan
foydalanish bilan bogʻliq xavf va salbiy oqibatlar uchun javobgar sanaladi;
4.3.9. Qurilmaga texnik xizmat koʻrsatishni, foydalanish uchun qurilmalar bilan taʼminlashni oʻz ichiga
olgan tarif
rejasini tanlashda quyidagilar bajarilishi kerak:
4.3.9.1. foydalanish uchun taqdim etilgan Qurilmaning ishlash qoidalari va shartlariga rioya qilish,
Qurilmaning
operatsion hujjatlariga muvofiq sarf materiallari bilan ishlashini taʼminlash, shuningdek, oʻquv
materiallari bilan toʻliq
tanishish. Ushbu shartlar buzilgan taqdirda, CDTI qurilmaning toʻgʻri ishlashi uchun javobgar emas;
4.3.9.2. foydalanish uchun taqdim etilgan qurilmadan maqsadga muvofiq foydalanish, uning xavfsizligi,
yaxlitligini
taʼminlash uchun barcha zarur choralarni koʻrish, foydalanish hujjatlariga muvofiq qurilmaning ishlash
qoidalari va
shartlariga rioya qilish, qurilmaning sarf materiallari bilan ishlashini taʼminlash, qurilmani uchinchi
shaxslarga
foydalanishga topshirmaslik. Ushbu shartlar buzilgan taqdirda, CDTI qurilmaning toʻgʻri ishlashi uchun
javobgar
sanalmaydi va Buyurtmachi shartnoma shartlariga muvofiq zararni qoplash majburiyatini zimmasiga
oladi;
4.3.9.3. foydalanish uchun taqdim etilgan Qurilmada plombalarning toʻgʻri ishlashini taʼminlash,
shuningdek,
Qurilmadan faqat texnik xizmat koʻrsatish uchun qabul qilinib, soliq organlarida roʻyxatdan
oʻtkazilgandan keyingina
foydalanish;
4.3.9.4. ish joylarini normativ hujjatlar talablariga muvofiq jihozlash, xodimlarga Qurilmada ishlashga
oʻrgatish.
4.3.9.5. Qurilma, shu jumladan, foydalanish uchun taqdim etilgan qurilmalarga texnik xizmat koʻrsatish
va taʼmirlash
bilan bogʻliq hujjatlarni, saqlash, hisobga olish va hisobdan chiqarishni tashkillashtirish.
4.3.9.6. Qurilma texnik va dasturiy tekshiruvlarini oʻtkazish, Qurilma, shu jumladan, foydalanish uchun
taqdim etilgan
qurilmalardan toʻgʻri foydalanish boʻyicha koʻrsatmalar va yoʻriqnomalarga rioya qilish imkoniyatini
taʼminlash;
4.3.9.7. har qanday nosozliklar, shu jumladan, Qurilma, foydalanish uchun taqdim etilgan qurilmalar
faoliyati davomida
muhrga zarar yetkazilgani aniqlangan taqdirda bu toʻgʻrida zudlik bilan xabar berish va Qurilmada muhr
buzilgan yoki
boshqa nosozliklar aniqlangan taqdirda Qurilmadan foydalanishni darhol toʻxtatish, shuningdek,
Qurilmadan
foydalanishni taqiqlash;
4.3.9.8. Qurilma, shu jumladan, foydalanish uchun taqdim etilgan qurilmalar buzilgan taqdirda darhol
CDTI xizmat
koʻrsatish punkti bilan bogʻlanish hamda diagnostika va keyingi taʼmirlash uchun Qurilmani taqdim
etish;
4.3.9.9. foydalanish uchun qurilmalar bilan taʼminlash nazarda tutilmagan tarif rejasiga oʻtishda,
boshqa tarif rejasiga
oʻtgandan keyin 1 (bir) ish kuni ichida qaytarish dalolatnomasi boʻyicha ilgari ishlatilgan qurilmani
soz va toʻgʻri holatda
qaytarish;
4.3.9.10. agar Shartnoma shartlarini bajarishdan bosh tortilsa yoki mazkur Shartnomada nazarda tutilgan
asoslar
boʻyicha foydalanishga topshirilgan qurilmani qaytarish talab qilinsa, qurilmani ishchi holatda 1 (bir)
ish kuni ichida
qaytarish.
4.3.9.11. foydalanish uchun taqdim etilgan qurilma yoʻqolgan, buzilgan taqdirda, qurilmaning qabul
qilish-topshirish
dalolatnomasida aks ettirilgan toʻliq narxini qoplash;
4.3.9.12. foydalanishga topshirilgan qurilmalar buzilgan, shikastlangan yoki ishdan chiqqan taqdirda,
qurilmani oʻz
mablagʻlari hisobidan taʼmirlash (transport xarajatlarini toʻlash, sarf materiallari va jihozlarni
taʼmirlash) yoki qurilmani
qabul qilish dalolatnomasida aks ettirilgan qurilmaning toʻliq qiymatini toʻlash;
4.3.9.13. Fiskal modul buzilgan, shikastlangan yoki yoʻqolgan taqdirda, CDTI zararini kechiktirmay 50%
BHMda
toʻlash.
4.3.10. hisob-faktura\dalolatnoma olingan kundan boshlab 5 (besh) ish kuni ichida uni qabul qilish yoki
xizmatlar\ishlarni qabul qilishdan asosli ravishda voz kechish toʻgʻrisida xabarnoma yoʻnaltirish. Agar
5 (besh) ish kuni
ichida Buyurtmachi hisob-faktura\xizmatlar\ishlarni taqdim etish toʻgʻrisidagi aktni tasdiqlamagan yoki
qabul qilishdan
asosli ravishda voz kechish toʻgʻrisida xabarnoma yoʻnaltirmagan boʻlsa, ishlar\xizmatlar mazkur
Shartnoma shartlariga
muvofiq oʻz vaqtida va toʻgʻri bajarilgan va Buyurtmachi tomonidan toʻliq qabul qilingan deb
hisoblanadi, akt esa barcha
Tomonlar tarafidan imzolangan deb tan olinadi.
4.4. Buyurtmachi quyidagi huquqlarga ega:
4.4.1. “SMART Business” dasturiy taʼminotining imkoniyatlari, Qurilma ishlashi (texnik xizmat
koʻrsatish, qurilmani
foydalanishga topshirish nazarda tutilgan tarif tanlangan taqdirda) boʻyicha har qanday usulda, shu
jumladan, elektron
pochtaga soʻrov yuborish orqali xolis axborot olish.
4.4.2. mazkur Shartnomani bajarish bilan bogʻliq barcha masalalar boʻyicha CDTI xizmat koʻrsatish
punktlariga va
uning vakolatli shaxslariga murojaat qilish;
4.4.3. xizmatlar roʻyxatini va\yoki tarif rejasini oʻzgartirish;
4.4.4. mazkur Shartnomada nazarda tutilgan tartibda shartnomani bekor qilish.
4.5. Buyurtmachi mazkur Shartnoma shartlarini bajarmagan taqdirda, CDTI “SMART Business” dasturiy
taʼminotidan
va nazarda tutilgan xizmatlardan foydalanish huquqini berish uchun, shuningdek, Qurilma, foydalanishga
taqdim etilgan
qurilmalarning sifati uchun javobgar emas.
4.6. Buyurtmachi tomonidan texnik xizmat koʻrsatish, foydalanish uchun qurilmalar bilan taʼminlash
nazarda tutilgan
tarif rejasi tanlangan boʻlsa, mazkur Shartnomaning amal qilish muddati davomida, Qurilmaga texnik
xizmat koʻrsatish
yoki taʼmirlash boʻyicha CDTI va “PRIME ONLINE TECHNOLOGY” MCHJdan tashqari boshqa korxonalar yoki
jismoniy shaxslarning xizmatlaridan foydalanish huquqiga ega emas.
4.7. Buyurtmachi oldindan ogohlantirilmasdan axborot va reklama byulletenlari (SMS-xabarlar, e-mail
joʻnatmalar,
push-joʻnatmalar, messenjerlar, ijtimoiy tarmoqlarga, shaxsiy kabinetga joʻnatmalar, reklamali,
chegirmali,
reaktivatsion, triggerli joʻnatmalar, promo-joʻnatmalar, kontent xatlar va boshqalar) ni olishga soʻzsiz
rozilik bildiradi,
Buyurtmachiga tegishli Qurilma tomonidan shakllangan cheklarda axborot va reklama takliflari,
shuningdek, “SMART
Business” dasturiy taʼminoti bilan bogʻliq tizim xabarlari va bildirishnomalari aks etishiga shartsiz
rozilik beradi.
4.8. Mazkur Shartnoma ijrosini taʼminlash maqsadida Buyurtmachi oʻz savdo belgisi, tijorat belgisi va
boshqa har
qanday individualizatsiya vositalaridan CDTI xizmatlarini sotishga qaratilgan reklama maqsadlarida
foydalanilishiga
qoʻshimcha rozilik soʻralmagan holda ruxsat beradi.
4.9. Buyurtmachi xizmatlar va\yoki tarif rejasi uchun toʻlov muddati tugashiga qadar xizmatlar va\yoki
tarif rejasi uchun
toʻlovni amalga oshirmagan taqdirda, CDTI Buyurtmachining saytga kirishini va “SMART Business”
dasturidan
foydalanishni, qolaversa Buyurtmachiga texnik xizmat koʻrsatishni toʻxtatib turish huquqiga ega (agar
Buyurtmachining
tarif rejasi texnik xizmat koʻrsatish, foydalanish uchun qurilmalar bilan taʼminlashni nazarda tutgan
boʻlsa). Faqat qarzni
toʻliq toʻlash orqali Saytga kirishni davom ettirish, “SMART Business” dasturidan foydalanish va
xizmatlarni qayta
tiklash mumkin.
4.10. CDTI “SMART Business” dasturidan foydalanish paytida yuzaga kelgan uzilishlar (shu jumladan,
favqulodda
vaziyatlar, profilaktika ishlari), aloqa kanallari, aloqa liniyalarining qoniqarsiz sifati tufayli
Buyurtmachi qurilmasining
buzilishi, yetkazilgan maʼlumotlar sifati yoki tezligining qoniqarsizligi, har qanday maʼlumotlarning
toʻliq yoki qisman
yoʻqolishi, yoki Buyurtmachiga yetkazilgan har qanday boshqa zararlar uchun javobgar emas. Ushbu holatda
amalga
oshirilgan toʻlov qaytarilmaydi va boshqa xizmatlarga oʻtkazilmaydi.
4.11. Qurilmani foydalanishga topshirish nazarda tutilgan tarif rejasidan foydalanilganda qurilmani
qaytarish va
taʼmirlash:
4.11.1. qurilmani qaytarish Buyurtmachi tomonidan qurilmani CDTI xizmat koʻrsatish punktiga ish vaqtida
qaytarish
orqali amalga oshiriladi;
4.11.2. Buyurtmachi qurilmani qaytarib beruvchi shaxsga qurilmaga kirish huquqini berganida, shaxs
qurilmani
topshirish, shuningdek, qurilmani qaytarib berish dalolatnomasini imzolash uchun tegishli vakolatga ega
hisoblanadi.
Qurilmani qaytarib beruvchi shaxs tomonidan qurilmani qaytarish toʻgʻrisidagi dalolatnoma imzolangandan
soʻng,
qurilmani qaytarish dalolatnomasida koʻrsatilgan maʼlumotlar boʻyicha daʼvolar qabul qilinmaydi.
4.11.3. Buyurtmachining qurilmani qaytarish majburiyati mazkur Shartnomada nazarda tutilgan asoslar
boʻyicha
shartnomani ijro etishdan bir tomonlama voz kechish toʻgʻrisida bildirishnoma yuborilgan yoki olingan
kundan boshlab
1 (bir) ish kunidan kechikmay bajarilishi lozim.
4.11.4. Buyurtmachi ushbu Shartnomada belgilangan muddatda ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun oldindan 100
foiz
to‘lovni amalga oshirmagan taqdirda, foydalanishga berilgan uskunani 1 (bir) ish kunidan kechiktirmasdan
qaytarish
majburiyatini oladi.
4.11.5. CDTIning vakolatli vakili qurilmani qaytarib, qaytarish toʻgʻrisidagi Dalolatnoma imzolangan
paytdan boshlab
qurilmalar topshirilgan deb hisoblanadi.
4.11.6. Buyurtmachining savdo nuqtasida Internet aloqasi boʻlmagan taqdirda, qurilma
almashtirilmaydi.
4.11.7. qurilmaning nosozligiga oid barcha masalalar boʻyicha Buyurtmachi CDTI va\yoki “PRIME ONLINE
TECHNOLOGY” MCHJga murojaat qiladi, ular oʻz vaqtida mazkur Shartnomaning tartibi va shartlariga muvofiq
nosozliklarni bartaraf etish uchun barcha zarur choralarni koʻradilar.
4.11.8. qurilmaning nosozligi\buzilgani aniqlangan taqdirda, Buyurtmachi 1 (bir) kalendar kunidan
kechiktirmay ushbu
nosozlik sabablarini aniqlash, qurilmani taʼmirlash yoki Buyurtmachi hisobidan almashtirish uchun CDTI
va\yoki
“PRIME ONLINE TECHNOLOGY” MCHJga xabar beradi. Buyurtmachi qurilmani mustaqil ravishda taʼmirlashga
urinmasligi lozim, aks holda CDTI yetkazilgan zarar va qurilmaning toʻliq narxini qoplashni talab
qilishga haqlidir.
4.11.9. qurilmani taʼmirlash Buyurtmachining mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi. Qurilmalarni
taʼmirlash
boʻyicha amalga oshirilgan ishlar narxi “PRIME ONLINE TECHNOLOGY” MCHJda belgilangan narxlarga muvofiq
belgilanadi. Narxlar “PRIME ONLINE TECHNOLOGY” MCHJ tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.
14.11.10. sarf materiallari narxi, qurilmani qayta tiklash xarajatlari mazkur Shartnoma narxiga
kiritilmagan. Agar
qurilmani tiklash boʻyicha qoʻshimcha taʼmirlash zarurati tugʻilsa, Buyurtmachi qoʻshimcha ravishda
qurilmani
taʼmirlash xarajatlarini “PRIME ONLINE TECHNOLOGY” MCHJ hisob raqamiga toʻlaydi. “PRIME ONLINE
TECHNOLOGY” MCHJ qurilmani taʼmirlash xizmatlari narxini bir tomonlama oʻzgartirish huquqiga ega.
14.11.11. agar qurilma Buyurtmachining aybi bilan ishlamay qolsa va qayta tiklanmasa, Buyurtmachi 1
(bir) ish kuni
ichida qurilmaning qabul qilish va topshirish dalolatnomasida koʻrsatilgan toʻliq narxini qoplaydi.
Shundan soʻng,
buzilgan va tiklanmaydigan qurilmaning toʻliq qiymati qoplangan kundan boshlab 5 (besh) ish kuni ichida
xizmatga
yaroqli qurilma bilan almashtiriladi.
14.11.12. mazkur Shartnomaga muvofiq, qurilmani topshirish boʻyicha har qanday harakatlar qabul qilish
va topshirish
(qaytarish) dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
5.1. Shartnoma boʻyicha mukofot qiymati Oferta Aksepti va Shaxsiy Kabinetda koʻrsatilgan Buyurtmachi
tomonidan
tanlangan xizmatlar va\yoki tarif rejasi bilan belgilanadi. Hisobot davri uchun CDTI toʻlovi miqdori
qatʼiy belgilanadi
va/yoki toʻlov sanasida Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan BHMga nisbatan foizlarda
ifodalanadi(ҳисобот даври
бошланган кун).
5.2. Hisobot davri uchun tanlangan xizmatlar va\yoki tarif rejasi uchun mukofot puli mazkur Shartnoma
qabul qilingan
kundan boshlab 1 (bir) ish kuni ichida CDTI joriy hisob raqamiga 100% oldindan toʻlov usuli bilan
toʻlanadi. Keyingi
hisobot davrlari uchun toʻlov Buyurtmachi tomonidan hisobot davri uchun 100% oldindan toʻlov tartibida,
oldingi
hisobot davri uchun toʻlov muddati tugaguniga qadar amalga oshiriladi. Buyurtmachi bir necha hisobot
davri uchun
oldindan toʻlovni amalga oshirish huquqiga ega
5.3. Mazkur Shartnoma boʻyicha toʻlov CDTI hisob raqamiga naqdsiz pul tartibida amalga oshiriladi.
Hisob-kitob
Oʻzbekiston Respublikasi soʻmida amalga oshiriladi. Toʻlov sanasi CDTI joriy hisob raqamiga mablagʻ
kelib tushgan
sana hisoblanadi. Agar zarurat tugʻilsa, Buyurtmachi toʻlov nusxasini qabul qilinganligi toʻgʻrisida
bank qaydnomasi
bilan birga taqdim etadi.
5.4. Birlamchi sotib olingan xizmatlar va\yoki tarif rejasi mazkur Shartnomada koʻrsatilgan CDTI joriy
hisob raqamiga
toʻlov kelib tushgan kundan boshlab amal qilishni boshlaydi.
5.5. Xizmatlar turi va\yoki tarif rejasi oʻzgartirilganda, agar yangi xizmatlar va\yoki tarif rejasi
boshlanish kunida oldingi
xizmatlar va\yoki tarif rejasi hali tugamagan boʻlsa, mazkur Shartnomaning 5.2.-bandida nazarda tutilgan
barcha talablar
bajarilgan holda ularning amal qilish muddati tugaganidan keyingi kundan yangi xizmatlar va\yoki tarif
rejasi amal qila
boshlaydi.
5.6. Oldingi toʻlangan hisobot davri tugashiga qadar tanlangan xizmatlar va\yoki tarif rejasi uchun
toʻlov amalga
oshirilmagani “SMART Business” dasturiy taʼminotidan foydalanish imkoniyatini cheklash va Qurilmaga
texnik xizmat
koʻrsatish xizmatlarini, shu jumladan, foydalanish uchun taqdim etilgan xizmatlarni toʻxtatib turish
uchun asos boʻla
oladi. Ushbu harakatlar mazkur Shartnomaga muvofiq CDTI majburiyatlarining buzilganligini anglatmaydi.
Faqat
qarzni toʻliq qoplash orqaligina “SMART Business” dasturidan foydalanish va Qurilma texnik xizmat
koʻrsatish
imkoniyatini tiklash mumkin.
5.7. Mazkur Shartnomaning amal qilish davrida tomonlar hisoblarni taqdim etish va toʻlash orqali
moliyaviy shartlarni
kelishib oladilar. Mazkur Shartnoma doirasida hisoblarni taqdim etish va toʻlash cheksiz marotaba amalga
oshirilishi
mumkin.
5.8. Texnik xizmat koʻrsatish, foydalanish uchun qurilmani taqdim etishni oʻz ichiga olgan tarif
rejasini tanlashda
mazkur Shartnomaga muvofiq mukofot narxi foydalanish uchun taqdim etilgan qurilma narxi, Qurilmani
taʼmirlash
xarajatlari, transport, sarf materiallari xarajatlari, tiklash boʻyicha taʼmirlash ishlari xarajatlarini
oʻz ichiga olmaydi.
Buyurtmachi tomonidan Qurilma taʼmirlash ishlari, shu jumladan, foydalanish uchun taqdim etilgan qurilma
narxini
toʻlash Servis markazining joriy hisob raqamiga Servis markazi Ofertasining shartlariga muvofiq amalga
oshiriladi.
Qurilma ishida buzilish, nosozlik aniqlansa, Buyurtmachi diagnostika va keyingi taʼmirlash ishlari uchun
Qurilmani
CDTI xizmat koʻrsatish punktiga taqdim etadi. Murojaat qilingan kuni Servis markazi Buyurtmachiga
transport
xarajatlarini qoplash uchun hisob taqdim etadi, bu Buyurtmachiga foydalanish uchun taqdim etilgan
qurilmani Toshkent
shahridagi Servis markaziga yetkazib berishni qoplaydi. Transport xarajatlari Buyurtmachi tomonidan 1
(bir) ish kuni
ichida toʻlanishi lozim. Buyurtmachiga foydalanish uchun taqdim etilgan Qurilma, qurilma joʻnatilib,
diagnostika
qilinganidan soʻng, Servis markazi Buyurtmachiga qurilmani taʼmirlash narxini maʼlum qiladi va u 1 (bir)
ish kuni
ichida Buyurtmachi tomonidan toʻlanishi lozim. Hisob taqdim etilgan kundan 1 (bir) ish kuni ichida
Buyurtmachi
tomonidan transport xarajatlari uchun 100% oldindan toʻlov amalga oshirilmagan boʻlsa, qurilma Servis
markaziga
yoʻnaltirilmaydi va CDTI qurilmaning diagnostika qilish va taʼmirlashni rad etadi.
Diagnostika natijalariga koʻra, Servis markazi Buyurtmachiga 2 (ikki) ish kuni ichida toʻlanishi lozim
boʻlgan taʼmirlash
xarajatlari, zarur hollarda esa sarf materiallari uchun hisob taqdim etadi. Buyurtmachidan Servis
markazining joriy hisob
raqamiga mablagʻ kelib tushgandan soʻng, ikkinchisi qurilmani taʼmirlashni boshlaydi. Agar 2 (ikki) ish
kuni ichida
Buyurtmachi taʼmirlash va sarflanadigan materiallar uchun 100% oldindan toʻlovni amalga oshirmagan
boʻlsa, Servis
markazi qurilmani taʼmirlamasdan qaytarib beradi, Buyurtmachi esa ilgari toʻlagan qurilmani diagnostika
qilish uchun
yetkazib berish transport xarajatlarini qaytarib berilmaydi.
Qurilmani diagnostikaga yetkazish uchun Buyurtmachi tomonidan toʻlangan transport xarajatlari qaytarib
berilmaydi.
Buyurtmachi transport xarajatlarini va\yoki foydalanish uchun taqdim etilgan qurilmani taʼmirlash
xarajatlarini
toʻlamagan taqdirda, qurilma zarur taʼmirlash ishlarining roʻyxatini belgilash uchun diagnostika
qilinishi lozim, shundan
soʻng Buyurtmachi shartnoma shartlariga muvofiq transport xarajatlari, taʼmirlash ishlari narxini
qoplash va\yoki
qurilmaning toʻliq narxini toʻlashni oʻz zimmasiga oladi.
5.9. Buyurtmachi shartnoma boʻyicha toʻlovni toʻliq amalga oshirishi shart. Buyurtmachi tomonidan 100%
oldindan
toʻlov amalga oshirilmagan taqdirda, shartnoma shartlariga muvofiq ushbu majburiyatlar Buyurtmachi
tomonidan
bajarilishi kerak boʻlgan paytdan boshlab, Buyurtmachi shartnomaga muvofiq oʻz majburiyatlarini toʻliq
bajarguniga
qadar CDTI Buyurtmachiga xizmat koʻrsatishni toʻxtatib turish huquqiga ega.
5.10. Shartnoma shartlari bajarilgan taqdirda, moliyaviy hujjatlar Buyurtmachiga Oʻzbekiston
qonunchiligiga muvofiq
har qanday usulda yuborilishi mumkin.
6.1. Tomonlar bir-biri uchun moʻljallangan hujjatlarda maxfiy deya taʼriflangan Shartnoma shartlari,
Shaxsiy Kabinetda
aks etgan xizmatlar va\yoki tarif rejalarini, shuningdek, hujjatlarda Tomonlar maxfiy deya taʼriflagan
Tomonlar va
ularning faoliyati toʻgʻrisidagi axborotni uchinchi tomonga bermasliklari lozim.
6.2. Xizmat koʻrsatish sifatini yaxshilash maqsadida CDTI Buyurtmachi bilan oʻtkazilgan telefon
suhbatlarini yozib
olish huquqiga ega.
6.3. Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi talablariga muvofiq axborotni oshkor qilish
majburiyatlarni
buzish hisoblanmaydi. CDTI Buyurtmachi oldidagi majburiyatlarni bajarish uchun CDTI bilan tuzilgan
shartnoma
asosida ishlaydigan uchinchi shaxslarga axborotni taqdim etishi Shartnoma shartlarining buzilishi
sanalmaydi. CDTI
Buyurtmachining “SMART Business” dasturidan foydalanishida aks ettirilgan hajm, tur, faoliyat va boshqa
shu kabi
maʼlumotlarning maxfiyligini va oshkor etilmasligini kafolatlaydi, Oʻzbekiston qonunchiligida nazarda
tutilgan hollar
bundan mustasno. Buyurtmachi tomonidan saytda ommaviy shaklda taqdim etilgan maʼlumotlar uchun CDTI
javobgar
emas.
7.1. Buyurtmachi roʻyxatdan oʻtish paytida Shaxsiy Kabinetda koʻrsatilgan shaxsiy maʼlumotlar
(familiyasi, ismi,
otasining ismi, tugʻilgan sanasi, pasport maʼlumotlari, jinsi, kasbi, uyali telefonlari, elektron pochta
manzili, yuridik
shaxs, yakka tartibdagi tadbirkor toʻgʻrisidagi roʻyxatga olish maʼlumotlari, Buyurtmachining manzili va
boshqalar)
ning qayta ishlanishiga ixtiyoriy ravishda rozilik beradi. Bunda Buyurtmachining xohish-irodasini
qoʻshimcha ravishda
tasdiqlash uchun yozma shakl yoki boshqa dalillar talab qilinmaydi. Buyurtmachi uning roziligi aniq,
formatlanmagan
va ongli ekanligini tasdiqlaydi. Buyurtmachi xizmatlarni rad etguniga qadar shaxsiy maʼlumotlarni qayta
ishlashga
roziligi CDTI manziliga xat yuborish orqali maʼlumotlardan foydalanishni toʻxtatish sanasidan kamida 30
(oʻttiz)
kalendar kungacha amal qiladi.
7.2. Shartnoma ijrosini taʼminlash va xizmatlar toʻgʻrisida maʼlumot berish maqsadida Shaxsiy
maʼlumotlarni qayta
ishlash ularni saqlash, qayta ishlash, depersonalizatsiyalash, bloklash va yoʻq qilishni oʻz ichiga
oladi.
7.3. Davomat statistikasini yuritish maqsadida IP-manzil, domen nomi, brauzer turi va operatsion tizim,
tashrif sanasi
va vaqti yigʻiladi hamda depersonalizatsiyalangan holda saqlanadi.
7.4. CDTI shaxsiy maʼlumotlardan marketing, reklama va axborot maqsadlarida foydalanish huquqiga ega:
tanlovlar va
aksiyalar toʻgʻrisida maʼlumot berish; yangiliklar va biznes takliflarni yuborish; statistik
maʼlumotlarni tahlil qilish
asosida saytni personallashtirish.
7.5. Buyurtmachi elektron pochta xabarlari, SMS-xabarlar, tizim xabarlari, messenjerlardagi xabarlar
yoki boshqa
shunga oʻxshash aloqa vositalari, telefon qoʻngʻiroqlari, shu jumladan: yangiliklar, reklama aksiyalari,
voqealar
toʻgʻrisida bildirishnoma kabilarni qabul qilishga rozilik beradi.
7.6. Buyurtmachi, ushbu Ofertada koʻrsatilgan maqsadlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlsa, uning
shaxsiy
maʼlumotlari uchinchi shaxslarga berilishiga rozilik bildiradi. Buyurtmachi CDTI va uning kontragentlari
shaxsiy
maʼlumotlarini qayta ishlashiga rozilik bildiradi va ruxsat beradi.
7.7. Agar Buyurtmachi uchinchi shaxslarning shaxsiy maʼlumotlarini taqdim etsa, uchinchi tomonni bunday
maʼlumotlardan foydalanish toʻgʻrisida xabardor qilishi va tegishli rozilikni olishi lozim.
7.8. Buyurtmachi pochta joʻnatmalarini olishdan yozma ravishda voz kechishga va (yoki) CDTIni yozma
ravishda
xabardor qilib, oʻzi toʻplagan barcha shaxsiy maʼlumotlarni yoʻq qilishni talab qilishga haqlidir.
Buyurtmachi shaxsiy
maʼlumotlarni yoʻq qilish toʻgʻrisidagi talabni yuborgan taqdirda, mazkur Shartnoma CDTI tomonidan
suddan tashqari
bir tomonlama tartibda bekor qilingan hisoblanadi, bu esa CDTIning “SMART Business” dasturidan
foydalanish
huquqini toʻxtatish, tizimda ishlash va xizmatlarni qabul qilishni bekor qilishga olib keladi.
8.1. Shartnoma muddati davomida har qanday nosozlik va xatolar yuzaga kelsa, CDTI ularni imkon qadar
tezroq bartaraf
etish uchun barcha saʼy-harakatlarni amalga oshiradi. Shu bilan birga, u xatoliklar va nosozliklar, shu
jumladan, dasturiy
taʼminot ishida yuzaga keladigan buzilishlar uchun javobgar sanalmaydi.
8.2. Buyurtmachi Shartnomani ixtiyoriy ravishda tuzadi, shu bilan birga Shartnoma shartlari bilan toʻliq
tanishib chiqadi,
Shartnoma mavzusini, Shartnoma tuzish va ijro etish bilan bogʻliq harakatlarining ahamiyati va
oqibatlarini tushunadi.
8.3. Buyurtmachi toʻlov hujjatlarini roʻyxatdan oʻtkazish va rasmiylashtirishda ishonchli maʼlumotlarni,
shu jumladan,
shaxsiy maʼlumotlarini koʻrsatganligini tasdiqlaydi va kafolatlaydi, shartnomani tuzish va bajarish
uchun zarur boʻlgan
barcha huquq va vakolatlarga ega ekanligini kafolatlaydi
9.1. Shartnoma boʻyicha majburiyatlarning qisman yoki toʻliq bajarilmasligi favqulodda vaziyatlar, yaʼni
boʻronli
shamol, momaqaldiroq, tabiiy yongʻinlar, suv toshqinlari, zilzilalar, urushlar, hukumat va qonun
chiqaruvchi
organlarning harakatlari va boshqa holatlar tufayli yuzaga kelgan va Tomonlar ularni qandaydir
chora-tadbirlar orqali
oldindan koʻra bilishi yoki oldini olishi imkonsiz boʻlgan va bu holatlar Shartnoma boʻyicha
majburiyatlarning
bajarilishiga bevosita taʼsir qilgan boʻlsa, Tomonlar majburiyatlarini qisman yoki toʻliq bajarmaganligi
uchun
javobgarlikdan ozod qilinadi. Shu bilan birga, Shartnoma boʻyicha majburiyatlarning bajarilishi
favqulodda vaziyatlar
sodir boʻlgan vaqtga mutanosib ravishda kechiktiriladi.
9.2. Favqulodda vaziyat tufayli Shartnoma boʻyicha majburiyatlarini bajara olmagan Tomon ikkinchi
Tomonga bunday
holatning boshlanishi va (yoki) tugashi haqida darhol xabar berishi, bunday holatlar mavjudligini,
ularning
davomiyligini va bunday holatlar Shartnomaning bajarilishiga bevosita taʼsir qilayotganini isbotlashi
lozim.
Shuningdek, majburiyatlarni bajarish imkonsizligi yuzaga kelgan Tomon favqulodda vaziyat sodir boʻla
boshlaganidan
15 (oʻn besh) kalendar kundan kechiktirmay boshqa Tomonga favqulodda vaziyatni tasdiqlovchi vakolatli
manbalardan
hujjat taqdim etishi shart. Favqulodda vaziyatlar toʻgʻrisida oʻz vaqtida xabar bermaslik tegishli
Tomonni ushbu holatlar
oqibatida oʻz majburiyatlarini bajarmaganligi uchun javobgarlikdan ozod boʻlish huquqidan mahrum
qiladi.
9.3. Favqulodda vaziyat 2 (ikki) oydan ortiq davom etgan yoki bunday vaziyat yuzaga kelganida, shu
muddatdan
ortiqroq davom etishini taxmin qilish uchun yetarli asos boʻlgan holatda, Tomonlar Shartnomani ijro
etish va kelishuvga
erishish uchun maqbul usullarni aniqlash maqsadida imkon qadar qisqa vaqt ichida muzokaralar olib
borishadi.
10.1. Shartnoma boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun
tomonlar
Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi va mazkur Shartnoma shartlariga muvofiq javobgar
sanaladi.
10.2. Saytga kirish uchun parolni saqlash va uni uchinchi shaxslarga bermaslik Buyurtmachining
zimmasida.
10.3. Mazkur Shartnoma shartlari buzilgan taqdirda, Buyurtmachi ushbu Shartnoma va qonun hujjatlarida
nazarda
tutilgan tartibda va miqdorlarda, CDTI tomonidan yetkazilgan haqiqiy ziyon, yo‘qotilgan foyda, jarima
sanksiyalari va
boshqa zararlar (shu jumladan sud jarayoni, davlat bojini to‘lash, uchinchi shaxslarni jalb qilish
xarajatlari va boshqa
xarajatlar) summasi doirasida javobgar hisoblanadi.
10.4. CDTI Shartnomaga muvofiq quyidagi holatlar boʻyicha hech qanday javobgarlikni oʻz zimmasiga
olmaydi:
10.5. Buyurtmachi “SMART Business” tomonidan taqdim etilgan servislar yordamida toʻgʻridan-toʻgʻri
yuklab
oladigan, yuboradigan, uzatadigan yoki boshqa yoʻl bilan taqdim etadigan barcha maʼlumotlar uchun toʻliq
javobgardir.
10.6. CDTI Buyurtmachi tomonidan Qurilma, shu jumladan, qurilmadan foydalanish qoidalarida belgilab
qoʻyilgan
saqlash yoki foydalanish qoidalarining buzilgani, Buyurtmachining aybi bilan plombalar shikastlangani,
shuningdek,
tarif rejasiga muvofiq Qurilmaga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha Shartnoma shartlari bilan bogʻliq
qoidabuzarliklarni
aniqlasa, Shartnomani bir tomonlama bekor qilishi mumkin. Shu bilan birga, Buyurtmachi tomonidan
Shartnomaga
muvofiq toʻlangan pul qaytarilmaydi.
10.7. Shartnoma shartlariga muvofiq Buyurtmachi tomonidan toʻlov oʻz vaqtida amalga oshirilmagan
taqdirda,
Buyurtmachi toʻlov kechiktirilgan har bir kun uchun umumiy toʻlov qiymatining 0,4% miqdorida jarima
toʻlashga
majburdir, ammo jarima miqdori 40% dan oshmasligi lozim.
10.8. Buyurtmachi mazkur Shartnomani ijro etishdan bosh tortgani yoki qurilmani qaytarish toʻgʻrisidagi
talabnomani
olganidan soʻng yoki mazkur Shartnomada nazarda tutilgan boshqa asoslarga koʻra qurilmani qaytarish
boʻyicha oʻz
majburiyatlarini oʻz vaqtida bajarmagan taqdirda, Buyurtmachi qurilmaning qabul qilish-topshirish
dalolatnomasida aks
ettirilgan toʻliq narxini, shuningdek, qurilmaning qabul qilish-topshirish dalolatnomasida aks
ettirilgan qiymatining 50%
(ellik foiz) miqdorida jarima toʻlashga majburdir.
10.9. Buyurtmachining aybi bilan foydalanishga topshirilgan qurilma toʻliq yoki qisman yoʻqolgan,
buzilgan yoki
shikastlangan taqdirda, Buyurtmachi ushbu holatlar yuzaga kelgan kundan boshlab 5 (besh) kun ichida
qurilmaning
Qabul qilish-topshirish dalolatnomasida aks ettirilgan toʻliq narxni qoplash va qurilma narxining 50%
miqdorida jarima
toʻlash majburiyatini zimmasiga oladi.
10.10. Buyurtmachining aybi bilan foydalanishga topshirilgan qurilmalar buzilgan yoki shikastlangan
taqdirda, ushbu
holatlar yuzaga kelgan kundan boshlab 5 (besh) kun ichida Mijoz Servis markaziga taʼmirlash uchun
yuborgan
qurilmaning transport xarajatlari, sarf materiallari va jihozlarni taʼmirlash xarajatlarini toʻlash yoki
Qabul qilishtopshirish dalolatnomasida aks ettirilgan CDTI xarajatlarining toʻliq qiymatini qoplash
majburiyatini oladi.
10.11. Buyurtmachining aybi bilan fiskal modul ishdan chiqqan, shikastlangan, yoʻqolgan (yoʻq qilingan)
taqdirda,
Mijoz BHMning 50% miqdorida CDTI zararini toʻlash majburiyatini oladi.
10.12. Agar Buyurtmachi Shartnoma boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarmasa, shu jumladan, qurilma narxini
qoplash,
jarima toʻlash, muddati oʻtgan qarzni toʻlash, CDTI Buyurtmachidan ushbu Shartnoma shartlarini lozim
darajada
bajarmaslik bilan bogʻliq yoʻqotishlarni qoplashni talab qilishga haqlidir. Zararlar, shuningdek,
mustaqil ravishda
qilingan xarajatlar va (yoki) uchinchi shaxslarni jarimalar va muddati oʻtgan qarzlarni undirishga
qaratilgan faoliyatni
amalga oshirishga jalb qilish bilan bogʻliq xarajatlarni oʻz ichiga oladi.
10.13. Mazkur Shartnomaga muvofiq yetkazilgan zararni qoplash boʻyicha barcha jarimalar, xarajatlar va
boshqa pul
talablari Buyurtmachi tomonidan majburiyat yuklangan kundan boshlab 3 (uch) ish kunidan kechiktirmay,
shartnomada
talablarni bajarish uchun boshqa muddat nazarda tutilmagan boʻlsa, CDTI joriy hisob raqamiga pul
oʻtkazish yoʻli bilan
amalga oshirilishi lozim.
11.1. Shartnomani bajarish bilan bogʻliq har qanday nizolar yoki kelishmovchiliklar yuzaga kelgan
taqdirda, Tomonlar
oʻz vakolatli shaxslari oʻrtasida muzokaralar olib borish orqali ularni hal qilish uchun barcha
saʼy-harakatlarni amalga
oshirishadi.
11.2. Muzokaralar davomida Tomonlar oʻzaro kelishuvga erishmagan taqdirda, nizolar majburiy daʼvo
tartibiga rioya
qilgan holda Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudida hal etiladi. Daʼvo manfaatdor tomonning talablarini
hamda
Qonunchilik normalari va (yoki) Shartnoma shartlarining ikkinchi Tomon buzganligining dalillarini oʻz
ichiga olishi
lozim. Daʼvo yuborilgan Tomon uni koʻrib chiqishi va daʼvo yuborilgan kundan boshlab 15 (oʻn besh)
kalendar kuni
ichida ikkinchi Tomonga yozma asosli javob yuborishi shart.
12.1. Mazkur Shartnoma nomaʼlum muddatga tuzilgan. “SMART Business” dasturidan foydalanish va
xizmatlarni qabul
qilish huquqi tanlangan xizmatlar va\yoki tarif rejasiga muvofiq mukofot puli toʻlangan muddatga taqdim
etiladi.
12.2. Mazkur Shartnoma Buyurtmachining tashabbusi bilan CDTIga shartnomani ijro etishdan bir tomonlama
voz
kechish toʻgʻrisida yozma bildirishnoma yuborilgan kundan 30 (oʻttiz) kalendar kuni ichida tugatilishi
mumkin.
Buyurtmachining tashabbusi bilan Shartnoma bekor qilingan taqdirda, joriy toʻlangan davr uchun pul
mablagʻi
qaytarilmaydi.
12.3. Agar Buyurtmachi taqdim etilayotgan xizmatlar uchun toʻlanadigan davr boshidan 1 (bir) ish kunidan
ortiq toʻlov
qilmasa, CDTI bir tomonlama suddan tashqari tartibda Buyurtmachini 5 (besh) kalendar kun oldin xabardor
qilgan holda
Shartnomani bekor qilishga haqlidir.
12.4. CDTI mazkur Shartnomani bir tomonlama suddan tashqari tartibda sabablarini tushuntirmasdan va
istalgan vaqtda,
tegishli bildirishnomani bekor qilingan sanadan 30 (oʻttiz) kalendar kun oldin har qanday usulda, shu
jumladan, elektron
pochta manziliga xabar yuborish orqali bekor qilishga haqlidir. Bunda tomonlar xabarnoma yuborilgan va
xabar
matnidan iborat xat yuborilgan paytdan boshlab Buyurtmachidan xat olingani haqida xabar kelganini
tasdiqlamagan
holda Buyurtmachi tegishli ravishda xabardor qilingani toʻgʻrisida kelishgan hisoblanadi.
12.5. Buyurtmachi mazkur Shartnomada koʻrsatilgan shartlar va cheklovlarga rioya qilmagan taqdirda, CDTI
Shartnomani bir tomonlama suddan tashqari tartibda muddatidan oldin bekor qilishga hamda saytga kirishni
va
“SMART Business” dasturiy taʼminotidan foydalanishni, shuningdek, qurilmaga texnik xizmat koʻrsatishni
darhol
toʻxtatib qoʻyishga va foydalanishga berilgan qurilmani qaytarishni talab qilishga haqlidir.
12.6. Buyurtmachi tomonidan berilgan qurilmadan foydalanish boʻyicha texnik shartlar buzilgani yoki
uzatilgan
qurilmadan boshqa maqsadlarda foydalanilgani aniqlangan taqdirda, CDTI mazkur Shartnomani bir tomonlama
suddan
tashqari tartibda zudlik bilan bekor qilishga va Buyurtmachidan zararni qoplashni hamda qabul
qilish-topshirish
dalolatnomasiga muvofiq Shartnoma boʻyicha berilgan qurilmaning toʻliq qiymatini toʻlashni talab
qilishga haqlidir.
12.7. Foydalanish uchun berilgan qurilmani saqlash yoki undan foydalanish shartlari buzilgani,
Buyurtmachining aybi
bilan plombalarning zararlangani, shuningdek, Shartnoma shartlarining buzilgani aniqlangan taqdirda,
mazkur
Shartnoma CDTI tomonidan bir tomonlama suddan tashqari tartibda darhol bekor qilinishi mumkin. Bunda,
mazkur
Shartnoma boʻyicha CDTI joriy hisob raqamida qolgan mablagʻlar qaytarilmaydi.
12.8. Mazkur Shartnomani bekor qilish Buyurtmachini qurilmani qaytarish dalolatnomasi\qurilmaning texnik
holati
dalolatnomasiga koʻra qurilmaga zarar yetkazilgani aniqlangan taqdirda yetkazilgan zararni qoplash
majburiyatidan
ozod qilmaydi. Yuqoridagi toʻlovlar Buyurtmachi tomonidan 5 (besh) kalendar kun ichida CDTI hisob
raqamiga pul
oʻtkazish orqali amalga oshirilishi lozim.
12.9. Mazkur Shartnoma bekor qilingan paytdan boshlab Tomonlarning huquqlari va majburiyatlari bekor
qilinadi,
ammo shartnomani muddatidan oldin bekor qilish Buyurtmachini toʻlovni amalga oshirish, qurilmani
qaytarish
majburiyatidan, shuningdek, uni buzganlik uchun javobgarlikdan ozod qilmaydi.
12.10. Mazkur Shartnoma har qanday sababga koʻra muddatidan oldin bekor qilingan taqdirda, Buyurtmachi
tomonidan
mazkur Shartnomaga muvofiq toʻlangan toʻlov qaytarilmaydi.
13.1. Buyurtmachi Shartnomaga muvofiq oʻz huquq va majburiyatlarini uchinchi tomonga topshirishga haqli
emas.
13.2. Qonun yoki Shartnoma boshqa Tomonni fuqarolik-huquqiy oqibatlar bilan bogʻlaydigan arizalar,
xabarnomalar,
bildirishnomalar, talabnomalar yoki boshqa qonuniy ahamiyatga ega xabarlar quyidagi usullardan biri
orqali yuborilishi
lozim: kuryer orqali yetkazish; buyurtma xat; elektron pochta; faksimil aloqa; telegramma; sayt, shaxsiy
kabinetdan
foydalanish va boshqa usullar orqali.
13.3. Tomonlar yuridik va haqiqiy manzili, mazkur Shartnoma va uning ilovalarida koʻrsatilgan bank va
boshqa
rekvizitlar oʻzgarishi, shuningdek, yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor sifatida faoliyatni
tugatish, qayta tashkil
etish bilan bogʻliq har qanday qarorlar toʻgʻrisida bir-biriga 2 (ikki) ish kuni ichida maʼlumot berish
majburiyatini
olishadi. Tomonlardan biri belgilangan majburiyatni bajarmagan taqdirda, boshqa Tomon bunday
harakatsizlik
natijasida yuzaga kelgan oqibatlar uchun javobgar emas.
13.4. Xizmatlarni taqdim etish tarkibi va shartlarini oʻzgartirish, CDTI tomonidan koʻrsatiladigan yangi
xizmatlarni
kiritish, Oferta-Shartnomani oʻzgartirish, xizmatlar narxini oʻzgartirish CDTI tomonidan bir tomonlama
tartibda amalga
oshiriladi va Ofertaning yangi tahriri, oʻzgarishlarning kuchga kirishi uchun boshqa muddat
belgilanmagan taqdirda,
rasmiy www.smart-ecosystem.uz (yoki www.smartpos.uz) veb-saytida eʼlon qilingan paytdan boshlab kuchga
kiradi.
Buyurtmachi mustaqil ravishda rasmiy www.smart-ecosystem.uz (yoki www.smartpos.uz) veb-saytida
joylashtirilgan
barcha bildirishnomalar va oʻzgartirishlar toʻgʻrisidagi eʼlonlar bilan tanishishi shart.
13.5. Agar Buyurtmachi CDTIga 5 (besh) kalendar kun ichida oʻzgartirilgan shartlarni qabul qilishdan
bosh tortganligi
toʻgʻrisida yozma ravishda xabar bermasa, u holda Shartnoma yangi shartlar asosida uzaytiriladi.
13.6. Buyurtmachi yangi shartlarni qabul qilishdan bosh tortgan taqdirda, Shartnoma CDTI oʻzgargan
shartlarini qabul
qilishdan bosh tortganlik toʻgʻrisida yozma bildirishnoma olgan paytdan boshlab bekor qilinadi. Shu
bilan birga,
tomonlar 1 (bir) ish kuni ichida oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirishadi.
13.7. Tomonlar toʻlov uchun hisoblar, qabul qilish-topshirish hujjatlari va boshqa hujjatlar elektron
hujjat ayirboshlash
tizimidan foydalangan holda yuborilishi va imzolanishi mumkinligiga rozilik bildirishadi, bunda
hujjatlarni qogʻozda
nusxalash talab etilmaydi.
13.8. Mazkur Oferta-Shartnomada nazarda tutilmagan hollarda tomonlar Oʻzbekiston Respublikasining
amaldagi
qonunchiligiga rioya qilishadi.
13.9. Ushbu Oferta-Shartnomadagi biron bir holat yoki bandning haqiqiy emas deb topilishi
Oferta-Shartnomaning
qolgan holatlari va bandlarining haqiqiy emasligiga olib kelmaydi.
13.10. Shartnomani qabul qilishda Buyurtmachi Shartnomaning barcha shartlari bilan soʻzsiz roziligini,
shuningdek, u
Shartnoma va narxlarni, DTdan foydalanish va xizmat koʻrsatish huquqini berish shartlarini
oʻrganganligini tasdiqlaydi.
Ularning barchasi Buyurtmachiga tushunarli boʻlib, u shartlarga rozi va ularni oʻzi uchun majburiy deb
biladi.
Bosh direktor
Ko Andrey Nikitovich
| № | Tarif nomi / tavsifi | Hisobot davri uchun narxi |
|---|---|---|
| 1 |
Terminal
HUMO/UZCARD/VISA toʻlovlarini qabul qilish Shartlar:
|
Abonent toʻlovisiz hisobotlar |
| 2 |
Oddiy
Kichik biznes uchun. Shartlar:
|
BHMning 30% |
| 3 |
Start
Kichik va oʻrta biznes uchun. Mijozlar, ombor-savdolar va xodimlarni boshqaring. Shartlar:
|
BHMning 40% |
| 4 |
Старт Фискальный
Учетная система и интегрированный онлайн-ККМ для малого и среднего бизнеса. Учетная система с интегрированным онлайн-ККМ, для ведения точного учета и фискализации продаж Shartlar:
|
BHMning 40% |
| 5 |
Komfort
Barqaror biznes uchun hisob tizimi. Markirovkalangan mahsulot bilan ishlaydigan, mijozlar bazasini rivojlantiradigan, sodiqlik dasturlaridan foydalanadigan va aksiyalarni ishga tushiradigan biznes uchun juda mos keladi Shartlar:
|
BHMning 70% |
| 6 |
Komfort Fiskal
Barqaror biznes uchun hisob tizimi. Markirovkalangan mahsulot bilan ishlaydigan, mijozlar bazasini rivojlantiradigan, sodiqlik dasturlaridan foydalanadigan va aksiyalarni ishga tushiradigan biznes uchun juda mos keladi Shartlar:
|
BHMning 70% |
| № | Xizmat nomi | Narxi |
|---|---|---|
| 1 | Biznes egasining kabineti | bepul (doimiy) |
| 2 | FMO bilan integratsiyani davom ettirish uchun DTni joriy etish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha xizmatlar | BHMning 50% |
| 3 | DTning FMO bilan ishlashi to‘xtatilganda ma’lumotlarni arxivlash | BHMning 30% |
| 4 | DT ishini tiklash boʻyicha maʼlumotlarni qayta ishlash | BHMning 50% |
| 5 | DTga hamrohlik qilishni toʻxtatish va keyinchalik ma’lumotlarni FMOga taqdim etish bilan bogʻliq xizmatlar | BHMning 80% |
| 6 | HUMO DTini joriy qilish | BHMning 50% |
| 7 | UZCARD DTini joriy qilish | BHMning 50% |
| 8 | Ombor hisobi | 1 ta filial uchun hisobot davrida BHMning 25% |
| 9 | Tovarni Agregatsiya boʻyicha chekka qoʻshish | 1 ta filial uchun hisobot davrida BHMning 20% |
| 10 | Kassa tranziti (EHFdan chek shakllantirish) | 1 ta filial uchun hisobot davrida BHMning 40% |
| 11 | Hisobotlar va tahlil | 1 ta filial uchun hisobot davrida BHMning 25 % |
| 12 | Fiskal hisobotlar (cheklar arxivi) | 1 ta filial uchun hisobot davrida BHMning 10% |
| 13 | Yuborilgan bitta SMS | narxi 120 soʻm |
| 14 | Yuborilgan bitta EHF | narxi 500 soʻm |
| 15 | Tashqi billing bilan integratsiya | 1 ta filial uchun hisobot davrida BHMning 20% |
| 16 | SmartHelp katalog shakllantirish | 1 ta filial uchun hisobot davrida BHMning 15% |