“TRADEOS-SYSTEM” mas’uliyati cheklangan jamiyati (keyingi o‘rinlarda Jamiyat deb yuritiladi)
O‘zbekiston
Respublikasi Fuqarolik kodeksining 369-moddasi 2-bandiga asosan o‘ziga berilgan dasturiy ta’minotdan
foydalanish huquqlari asosida faoliyat yuritib, O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan
va
SMART | Prod (ex.Silen) servisining funksional imkoniyatlaridan foydalanishni istagan har qanday
yuridik
shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkorga (keyingi o‘rinlarda Foydalanuvchi deb yuritiladi) ushbu
Oferta-shartnomani (keyingi o‘rinlarda Shartnoma deb yuritiladi) tuzishni taklif qiladi.
Yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor (keyingi o‘rinlarda Foydalanuvchi deb yuritiladi)
tomonidan ofertada nazarda tutilgan harakatlarning bajarilishi ushbu oferta shartlarining qabul
qilinishi (aksept) hisoblanadi va Shartnoma ushbu oferta shartlari asosida tuzilganini anglatadi.
Aksept
amalga oshirilgan paytdan e’tiboran Foydalanuvchi ushbu Shartnoma shartlariga muvofiq huquq va
majburiyatlarga ega bo‘ladi.
Ushbu Shartnomaga binoan Jamiyat Foydalanuvchiga SMART | Prod (ex.Silen) servisidan uchinchi
shaxslarga sublisenziyalar berish huquqisiz, oddiy (nomustasno) sublisenziya shartlari asosida
foydalanish huquqini taqdim etadi. Bundan tashqari, tanlangan tarif rejasiga qarab, Jamiyat
Foydalanuvchiga servisdan foydalanish bilan bog‘liq xizmatlarni ushbu Shartnomada va tegishli tarif
rejasida nazarda tutilgan hajmda va shartlar asosida ko‘rsatadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Jamiyat Sizdan ushbu Shartnoma shartlari bilan diqqat bilan
tanishib
chiqishingizni so‘raydi. Shartnomaning biror-bir bandiga rozi bo‘lmasangiz, Jamiyat Sizga aksept
uchun
zarur bo‘lgan har qanday harakatlarni amalga oshirishdan voz kechishni taklif qiladi.
Foydalanuvchining xizmatlarni boshqarish tizimida ro‘yxatdan o‘tishi, shuningdek, Servisdan
foydalanish huquqi va ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun mukofot pulini to‘lashi ushbu ofertaning
to‘liq va
so‘zsiz aksepti hisoblanadi. Mazkur harakatlarning sodir etilishi ushbu Shartnoma shartlari hech
qanday
izoh va istisnolarsiz to‘liq hajmda qabul qilinganini bildiradi. Shartnoma tuzilgan joy deb Toshkent
shahri hisoblanadi.
Ushbu Ofertaning maqsadlari uchun quyida keltirilgan atamalar va ta’riflar quyidagi ma’nolarda
qo‘llaniladi:
SMART | Supply tizimi — Foydalanuvchiga omborni, sotuvlarni, xodimlarni boshqarishga va
boshqa
harakatlarni amalga oshirishga imkon beruvchi funksiyalar to‘plamini o‘z ichiga olgan, servis
hisoblanadigan, Internet tarmog‘ida joylashtirilgan o‘zaro bog‘liq veb-sahifalar majmuyi.
SMART | Supply tizimining Huquq egasi\Litsenziari — O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga
muvofiq
ro‘yxatdan o‘tgan “CENTER FOR DIGITAL TECHNOLOGY AND INNOVATION” AJ.
Litsenziat — Huquq egasi\Litsenziar bilan tuzilgan Litsenziya shartnomasi asosida Mahsulot
nusxalarini
tarqatish huquqiga ega “TRADEOS-SYSTEM” MChJ.
Foydalanuvchi — Ofertani akseptlagan hamda SMART | Supply avtomatlashtirilgan tovarlarni
hisobga
olish
tizimidan foydalanish uchun nomustasno huquq berish, shuningdek uning funksional imkoniyatlaridan
foydalanishni ta’minlash va texnik kuzatuv bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risida ushbu
Shartnomani
tuzgan Yuridik shaxs va\yoki Yakka tartibdagi tadbirkor.
Login — Foydalanuvchining Shaxsiy kabinetga kirishi uchun qo‘llaniladigan harflar, raqamlar,
belgilar
birikmasi.
Aksept — Foydalanuvchi tomonidan ushbu Oferta shartlarining to‘liq va so‘zsiz qabul
qilinishi.
Shartnoma
shartlarida belgilangan harakatlarni amalga oshirish ushbu Ofertaning aksepti hisoblanadi.
Shaxsiy kabinet — Tizimda ro‘yxatdan o‘tish vaqtida yaratiladigan, Foydalanuvchining
himoyalangan
shaxsiy sahifalari majmuyi bo‘lib, uning yordamida Tizimdan foydalanish va Buyurtmalar
rasmiylashtirish
mumkin. Shaxsiy kabinetga kirish ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng Foydalanuvchining autentifikatsiya
ma’lumotlarini kiritish orqali amalga oshiriladi.
Tarif rejasi — Foydalanuvchiga “SMART | Supply” tizimi funksiyalaridan foydalanish huquqi va
xizmatlarining taqdim etiladigan hajmi, ularni taqdim etish shartlari hamda haq miqdorining tavsifi.
BHM — O‘zbekiston Respublikasida turli hisob-kitoblar uchun belgilangan va qo‘llaniladigan
bazaviy
hisoblash miqdori.
Hisobot davri — Jamiyatning hisobvarag‘iga xizmatlar uchun to‘lov kelib tushgan sanadan yoki
to‘lov
boshqa usulda amalga oshirilgan sanadan boshlab hisoblanadigan bir taqvim oyiga teng muddat. Keyingi
taqvim oyining tegishli sanasi hisobot davrining tugash sanasi hisoblanadi. Hisobot davri Toshkent
vaqti
bilan yuritiladi.
Agar ushbu Ofertada 1-bo‘limda o‘z aksini topmagan atamalar qo‘llanilgan bo‘lsa, ular
O‘zbekistonning
amaldagi qonunchiligiga va biznes aylanmasi odatlariga muvofiq qo‘llanilishi va talqin etilishi
lozim.
2.1. Mazkur Shartnomaning predmeti Jamiyat tomonidan Foydalanuvchiga oddiy (nomutlaq) sublitsenziya
shartlari asosida SMART|Supply Tizimidan uning funksional imkoniyatlari doirasida foydalanish
huquqini
berish, shuningdek, tanlangan hajmda va (yoki) tarif rejasiga muvofiq xizmatlar ko‘rsatish
hisoblanadi.
2.2. Istalgan yuridik shaxs va (yoki) yakka tartibdagi tadbirkor mazkur Ofertani akseptlashga va
shu
orqali mazkur Ofertada belgilangan shartlar asosida ushbu Shartnomani tuzishga haqli, buning uchun
konkludent harakatni bajaradi — Jamiyat foydasiga dastlabki to‘lovni amalga oshiradi.
2.3. Foydalanuvchi Tizimdan foydalanishni boshlashdan oldin mazkur Shartnoma shartlari bilan
tanishib chiqishi shart. Tizimda ro‘yxatdan o‘tish va (yoki) Tizimdan foydalanishni boshlash
Foydalanuvchining hech qanday istisno va cheklovlarsiz mazkur Shartnoma shartlariga qo‘shilganini
anglatadi. Mazkur Shartnoma shartlariga rozi bo‘lmagan taqdirda, Foydalanuvchi darhol Tizimdan
foydalanishni to‘xtatishi va ro‘yxatdan o‘tmasligi lozim.
2.4. Mazkur Shartnomani akseptlash orqali Foydalanuvchi o‘zining huquq va muomala layoqatini,
Ro‘yxatdan o‘tish vaqtida kiritgan ma’lumotlarining aniqligi, ishonchliligi, dolzarbligi va
to‘liqligini
tasdiqlaydi hamda noto‘g‘ri yoki to‘liq bo‘lmagan ma’lumotlar taqdim etilishi oqibatida yuzaga
keladigan
barcha noxush holatlar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi.
2.5. Jamiyat Foydalanuvchilar o‘rtasidagi bitimlar yuzasidan bitim ishtirokchisi,
tashkilotchisi,
xaridor, yetkazib beruvchi, ish beruvchi, vositachi, agent, biron-bir sotuvchining, xaridorning
vakili,
manfaat oluvchi yoxud boshqa manfaatdor shaxs hisoblanmaydi. Foydalanuvchilar Tizimga
joylashtirilgan
ma’lumotlardan Jamiyatning bevosita yoki bilvosita ishtirokisiz yoxud nazoratisiz bitimlar tuzish
uchun
foydalanadilar.
2.6. Jamiyat texnik imkoniyat mavjud bo‘lganda xizmat ko‘rsatadi. Ofertani akseptlash orqali
Foydalanuvchi ko‘rsatilayotgan xizmatlar Jamiyat nazoratidan tashqari ko‘plab turli omillarga (aloqa
kanallarining ishlash qobiliyati, foydalaniladigan serverlarning qoidalari va APIdagi o‘zgarishlar,
bildirishnomalarni yetkazib berish xizmatlari va h.k.) bog‘liq majmuaviy elektron servis ekanidan
xabardor qilinganini va buni anglaganini tasdiqlaydi. Shu munosabat bilan, xizmatlarning uzluksiz
ko‘rsatilishi kafolatlanmaydi, uzilishlar bo‘lishi mumkin.
2.7. Shartnoma Jamiyat tomonidan bir tomonlama tartibda, Foydalanuvchi bilan oldindan
kelishilmagan
holda, o‘zgartirishlarni www.smartpos.uz saytida joylashtirish yo‘li bilan o‘zgartirilishi mumkin.
O‘zgartirishlar saytda e’lon qilingan paytdan boshlab Foydalanuvchi Jamiyat tomonidan kiritilgan
o‘zgartirishlar haqida xabardor qilingan hisoblanadi. Foydalanuvchi kiritilgan o‘zgartirishlarga
rozi
bo‘lmagan taqdirda, o‘zgartirishlar e’lon qilingan kundan e’tiboran 5 (besh) taqvim kuni ichida
Jamiyatga tegishli ariza yuborish orqali Shartnomani rad etishga haqli. Bunday arizaning kelib
tushmasligi Foydalanuvchi Shartnomaning o‘zgartirilgan shartlarini so‘zsiz qabul qilganini
anglatadi.
Jamiyat Foydalanuvchilarga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritilganini bilish uchun mazkur
Shartnoma shartlarini www.smartpos.uz saytida muntazam ravishda tekshirib turishni tavsiya qiladi.
Foydalanuvchi mazkur Ofertaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi Aksept orqali tuzilgan hamda
Tomonlar o‘rtasida amalda bo‘lgan Shartnomaga ham o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishiga olib
kelishiga va ular mazkur Shartnomadagi o‘zgartirishlar bilan bir vaqtda kuchga kirishiga rozilik
bildiradi. Mazkur Oferta Tizimning barcha mavjud va amaldagi funksiyalariga tatbiq etiladi.
2.8. Sayt va Tizimda joylashtirilgan barcha obyektlarga nisbatan mutlaq huquqlar Huquq egasiga
tegishli, bu esa Huquq egasi dizayn elementlari, matn, grafik tasvirlar, illyustratsiyalar,
videolar,
skriptlar, dasturlar va boshqa obyektlarga (kontentga) nisbatan mutlaq huquqlarga ega ekanini
anglatadi.
Jamiyat ulardan qonuniy asoslarda foydalanadi.
2.9. Foydalanuvchining Tizimdan foydalanishiga mazkur Shartnomada nazarda tutilgan shartlar
asosida
yo‘l qo‘yiladi. Tizimdan foydalanish huquqi pullik asosda taqdim etiladi. Tizimdan to‘liq
foydalanish
imkoniyatini qo‘lga kiritish uchun Foydalanuvchi ixtiyoriy hisoblangan yo‘riqnomaga muvofiq
Ro‘yxatdan
o‘tishi lozim. Ro‘yxatdan o‘tish faqat barcha bosqichlardan muvaffaqiyatli o‘tilgan taqdirdagina
yakunlangan hisoblanadi. Foydalanuvchi Tizimda Ro‘yxatdan o‘tgach/identifikatsiya qilingach, unga
Shaxsiy kabinetga kirish imkoniyati beriladi.
2.10. Tizimda haqoratli so‘zlardan foydalanish, qo‘pol muomala qilish, Jamiyat nufuziga salbiy
ta’sir ko‘rsatadigan, axloqsiz xususiyaga ega, boshqa shaxslarning sha’ni va qadr-qimmatini,
huquqlari
va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini u yoki bu darajada buzadigan, diniy, irqiy va
millatlararo
adovatni qo‘zg‘atishga da’vat etadigan yoki shunday mazmunga ega ma’lumotlar va tovarlarni,
shuningdek,
O‘zbekiston qonunchiligi va mualliflik huquqini buzadigan har qanday materiallarni joylashtirish
taqiqlanadi. Qoidabuzarliklar uchun butun javobgarlik Foydalanuvchining zimmasida bo‘ladi.
2.11. Hisobot davri uchun mukofot pulining turi, hajmi va miqdori Shartnomaning ajralmas qismi
bo‘lgan, ko‘rsatiladigan xizmatlar va Tarif rejalarining qiymati aks ettirilgan Shartnoma ilovasi
bilan
belgilanadi.
2.12. Ushbu Shartnomaga muvofiq Foydalanuvchiga taqdim etiladigan Tizimdan foydalanish huquqi,
agar
Tomonlarning alohida yozma kelishuvida boshqacha tartib to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazarda tutilmagan
bo‘lsa,
istisno bo‘lmagan, cheklangan va boshqa shaxsga o‘tkazilmaydigan huquq bo‘lib, begonalashtirish,
uchinchi shaxslarga berish, shuningdek sublitsenziyalar berish (keyingi sublitsenziyalash) huquqisiz
taqdim etiladi.
3.1. Jamiyatning majburiyatlari:
3.1.1. Foydalanuvchi tomonidan qabul qilingan xizmatlar hajmi va/yoki tarif rejasi shartlariga
muvofiq,
Foydalanuvchiga Dasturiy ta’minot imkoniyatlari va unda ishlash masalalari bo‘yicha maslahatlar
berish.
3.1.2. Tanlangan va haqi to‘langan xizmatlar va/yoki tarif rejasiga muvofiq Tizimdan foydalanish
imkoniyatini ta’minlash.
3.1.3. Foydalanuvchi qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilganda, u bilan bog‘liq barcha nizoli
vaziyatlarni hal qilish. Agar biror masala ushbu Oferta bilan tartibga solinmagan bo‘lsa, Jamiyat u
yoki
bu vaziyatda qanday yo‘l tutish kerakligi to‘g‘risida mustaqil qaror qabul qiladi.
3.1.4. Ushbu Ofertada nazarda tutilgan holatlardan tashqari, dam olish va bayram kunlarini qo‘shgan
holda, Servisning haftasiga 7 kun, kecha-yu kunduz ishlashini ta’minlash.
3.1.5. Foydalanuvchini texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash.
3.1.6. Tanlangan xizmatlar va/yoki tarif rejasi hajmida Tizimdan foydalanish imkoniyatini taqdim
etish
bo‘yicha to‘lov uchun hisobvaraqlar va hisobvaraq-fakturalarni taqdim etish.
3.2. Jamiyat quyidagi huquqlarga ega:
3.2.1. Xizmatlar ko‘rsatish usul va uslublarini Foydalanuvchi bilan oldindan kelishmasdan mustaqil
ravishda belgilash.
3.2.2. Ushbu Shartnoma bo‘yicha to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirishni talab qilish.
3.2.3. Foydalanuvchi ushbu Oferta shartlarini buzgan taqdirda, shu jumladan to‘lovni o‘z vaqtida
amalga
oshirmagan holda, Foydalanuvchini oldindan xabardor qilmasdan, istalgan vaqtda bir tomonlama
tartibda
uning Tizimning bir qismi yoki barcha funksiyalari, opsiyalari va bo‘limlaridan foydalanishini
to‘xtatib
turish, cheklash yoki tugatish. Bunda Jamiyat bunday harakatlar (shu jumladan, Foydalanuvchining
ma’lumotlarini o‘chirish) tufayli Foydalanuvchiga yetkazilishi mumkin bo‘lgan har qanday zarar uchun
javobgar bo‘lmaydi. Ko‘rsatilgan hollarda Shartnoma bo‘yicha to‘lov qayta hisob-kitob qilinmaydi va
qaytarib berilmaydi.
3.2.4. Foydalanuvchi bilan kelishmasdan reklama va/yoki boshqa ma’lumotlarni joylashtirish,
Foydalanuvchi bilan telefon suhbatlarini yozib olish.
3.2.5. Istalgan vaqtda bir tomonlama tartibda ushbu Ofertani, Ilovani, Tariflarni o‘zgartirish,
kontentni, funksional imkoniyatlarni yangilash va ularni Foydalanuvchini xabardor qilmasdan hamda
uning
roziligini olmasdan www.smartpos.uz saytida e’lon qilish.
3.2.6. Zarur rejali profilaktika va ta’mirlash ishlarini o‘tkazish, shuningdek, asbob-uskunalar,
dasturiy ta’minotni almashtirish yoki tarmoqning ish qobiliyatini saqlash va rivojlantirish zarurati
tufayli yuzaga kelgan boshqa rejali ishlarni bajarish, shuningdek, avariya holatlarida rejadan
tashqari
ishlarni amalga oshirish uchun Tizim faoliyatini to‘xtatib turish.
3.2.7. Agar Tizim faoliyatiga bevosita ta’sir ko‘rsatsa, xususan, bu uchinchi shaxslarning harakati
va/yoki harakatsizligi bilan bog‘liq bo‘lsa, jumladan, avariya holatida Tizim faoliyatini
to‘xtatish.
3.2.8. Jamiyat oldindan ogohlantirmasdan va Foydalanuvchi oldida hech qanday majburiyatlarsiz
Tizimning
ishlashini va taqdim etilayotgan foydalanish imkoniyatini to‘xtatish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
3.2.9. Jamiyat Foydalanuvchi oldida biron-bir javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi va uning hech
qanday
zararlarini, shu jumladan Foydalanuvchi tomonidan shaxsiy ma’lumotlarning oshkor qilinishi,
yo‘qolishi
yoki o‘g‘irlanishi tufayli ko‘rilgan, shuningdek Servis resurslaridan foydalanishda kechikishlar,
uzilishlar va to‘laqonli foydalana olmaslik munosabati bilan Foydalanuvchida yuzaga kelgan yoki
yuzaga
kelishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplamaydi.
3.2.10. Foydalanuvchining elektron pochta manziliga, mobil telefoniga, shaxsiy kabinetiga axborot va
reklama xususiyatiga ega elektron xatlar va SMS-xabarlarni yuborish, Tizimdagi har qanday ma’lumotni
tahrirlash va e’lon qilish.
3.2.11. Oferta bekor qilinganidan yoki uning amal qilish muddati tugaganidan so‘ng, Jamiyat
Foydalanuvchining barcha ma’lumotlarini Tizimdan ularni tiklash imkoniyatisiz o‘chirib tashlash
huquqiga
ega. Bunda Jamiyat Foydalanuvchining autentifikatsiya ma’lumotlari bilan bog‘liq har qanday
majburiyatlardan ozod etiladi.
3.2.12. Ro‘yxatdan o‘tish vaqtida uchinchi shaxslarning ma’lumotlaridan ularning roziligisiz
foydalanish
fakti aniqlangan taqdirda Foydalanuvchining hisob qaydnomasini o‘chirib tashlash.
3.2.13. Ushbu Shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarish uchun uchinchi shaxslarni jalb
qilish.
3.2.14. O‘z xohishiga ko‘ra alohida Foydalanuvchilar bilan ushbu Ofertaga 1-ilovada belgilanganidan
farq
qiluvchi shartlar va/yoki narxlarni nazarda tutuvchi qo‘shimcha kelishuvlar tuzish.
3.3. Jamiyat Tizimdan “qanday bo‘lsa, shundayligicha” tamoyili asosida foydalanishni taqdim etadi va
Tizim ishida xatoliklar yo‘qligiga kafolat bermaydi, Tizimning uzluksiz ishlashi hamda uning
Foydalanuvchining dasturiy ta’minoti va texnik vositalari bilan mos kelishi uchun javobgar emas,
ma’lumotlar yo‘qolishi yoki Tizimdan foydalanish munosabati bilan yuzaga kelgan yoxud yuzaga kelishi
mumkin bo‘lgan har qanday zararlar uchun javobgar emas, telekommunikatsiya va energetika
tarmoqlaridagi
uzilishlar, zararli dasturlar ta’siri, shuningdek, uchinchi shaxslarning Tizimning dasturiy va/yoki
apparat majmuasiga ruxsatsiz kirish va/yoki uni ishdan chiqarishga qaratilgan g‘arazli harakatlari
oqibatida o‘z majburiyatlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun javobgar
emas.
3.4. Foydalanuvchining majburiyatlari:
3.4.1. Oferta aksept qilinguniga qadar ushbu Oferta mazmuni bilan tanishib chiqish va mazkur
Shartnoma
shartlarini lozim darajada bajarish.
3.4.2. Tizimda ro‘yxatdan o‘tish chog‘ida ishonchli ma’lumotlarni taqdim etish, shuningdek, Tizimdan
foydalanish jarayonida ularni o‘z vaqtida yangilab borish.
3.4.3. Tizimdan Shartnomada belgilangan shartlar asosida foydalanish.
3.4.4. O‘z uskunasini sozlash bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish.
3.4.5. Tizimdagi har qanday texnik xatoliklar yoki buzilishlar to‘g‘risida Jamiyatni xabardor
qilish.
3.4.6. www.smart-ecosystem.uz (yoki www.smartpos.uz) saytida e’lon qilinadigan Oferta shartlariga
kiritilayotgan o‘zgartirish va tuzatishlarni mustaqil ravishda kuzatib borish.
3.4.7. Foydalanuvchi tomonidan Jamiyat oldidagi majburiyatlar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi
qonunchiligi talablari bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda, Jamiyatda yuzaga
kelgan
zararlar bo‘yicha to‘liq javobgar bo‘lish.
3.4.8. Tizimga kirish parollarining saqlanishi uchun to‘liq javobgarlikni zimmasiga olish va ularni
begona shaxslarga, jumladan Jamiyat xodimlariga bermaslik.
3.4.9. Tizimdan uning ishini qasddan buzish maqsadida foydalanmaslik, shuningdek, undan
foydalanishda
O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va/yoki xalqaro huquq normalari talablariga rioya
qilish.
Bunda, Foydalanuvchining aybi bilan Jamiyat nazorat qiluvchi organlar tomonidan javobgarlikka
tortilgan
taqdirda, Foydalanuvchi Jamiyatga yetkazilgan zararlarni, shu jumladan jarimalarning butun
summasini,
Foydalanuvchiga talabnoma yuborilgan kundan e’tiboran 10 kun ichida qoplash majburiyatini oladi.
3.4.10. Tizim elementlari va/yoki uning ishlashi uchun zarur bo‘lgan elementlar kodini
dekompilyatsiya
qilmaslik, dizassembler qilmaslik, biron-bir tarzda o‘zgartirmaslik va Tizimning normal faoliyatini
buzish maqsadida uning ishiga boshqacha tarzda aralashmaslik.
3.4.11. Hisobot davri boshlanishidan avval, mazkur Shartnoma shartlariga hamda tanlangan xizmatlar
ro‘yxati va/yoki tarif rejasiga muvofiq tartib va muddatlarda to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirish.
Foydalanuvchi mazkur Shartnoma bo‘yicha to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmagan taqdirda,
SMART|Supply
Tizimidan foydalanish imkoniyati cheklanishiga, texnik xizmat ko‘rsatish to‘xtatib turilishiga va
Tizim
ishi bloklanishiga rozilik berishi to‘g‘risida xabardor qilingan. Foydalanuvchi Jamiyatga bog‘liq
bo‘lmagan sabablarga ko‘ra Tizim va Shartnoma bo‘yicha xizmatlardan foydalanmagan taqdirda,
xizmatlar
qiymati Foydalanuvchi tomonidan to‘liq hajmda to‘lanadi.
3.4.12. Manzil, to‘lov rekvizitlari va boshqa ma’lumotlar o‘zgargan taqdirda, tegishli hisob
shakllariga
o‘zgartirishlar kiritish uchun bu haqda darhol, bunday o‘zgarish yuz bergan paytdan boshlab 2 (ikki)
ish
kuni ichida Jamiyatni xabardor qilish. O‘zgarishlar to‘g‘risidagi bildirishnoma o‘z vaqtida
yuborilmagan
taqdirda, Foydalanuvchi o‘zgargan ma’lumotlardan foydalanish bilan bog‘liq xatarlar va salbiy
oqibatlarni o‘z zimmasiga oladi.
3.5. Foydalanuvchi quyidagi huquqlarga ega:
3.5.1. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga rioya qilgan holda tegishli sifatdagi xizmatlarni
olish
va Tizimning funksional imkoniyatlaridan foydalanish.
3.5.2. Shartnoma bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq masalalar yoki texnik masalalar
yuzasidan
maslahat olish uchun Jamiyat mutaxassisiga murojaat qilish.
3.5.3. Tizim ishida texnik xarakterdagi muammolar yuzaga kelganda, shuningdek, Foydalanuvchi ruxsat
etilmagan reklama, tahdidlar va/yoki virus borligiga shubha qilingan fayllarni o‘z ichiga olgan
xabarlarni olgan taqdirda, hamda uning Tizimga kirish huquqidan kimdir ruxsatsiz foydalangan deb
hisoblashga asos bo‘ladigan holatlar aniqlangan taqdirda, vaziyatga oydinlik kiritish va zarur
choralarni ko‘rish uchun Jamiyatga murojaat qilish.
3.5.4. Jamiyat oldida qarzdorligi mavjud bo‘lmagan va Tizimdan foydalangan holda tuzilgan bitimlar
bo‘yicha majburiyatlar lozim darajada bajarilgan taqdirda, mazkur Shartnomani bir tomonlama tartibda
bekor qilish.
3.6. SMART|Supply Tizimidan foydalanish orqali Foydalanuvchi Kontent saqlanadigan Tizimning butun
mazmuni, shuningdek, mazmun tuzilmasi (audiovizual asarlar, matnli va grafik materiallar, EHM uchun
dasturlar, tovar belgilari) mualliflik huquqi hamda intellektual faoliyat natijalariga bo‘lgan
boshqa
huquqlar bilan himoyalanganligini va Tizimdan foydalanish hamda mazkur Shartnomani tuzish natijasida
Foydalanuvchiga o‘tmasligini tan oladi va bunga rozilik beradi. Jamiyatning yozma ruxsatisiz har
qanday
tarzda o‘zgartirish, nusxa ko‘chirish, tarqatish, hosila asarlar yaratish, jo‘natish, sotish va
hokazolar taqiqlanadi.
3.7. Foydalanuvchi ushbu Shartnoma bo‘yicha xizmatlar uchun 100% oldindan to‘lov amalga oshirilmagan
taqdirda, bunday majburiyatlar Shartnoma shartlariga muvofiq Foydalanuvchi tomonidan bajarilishi
lozim
bo‘lgan paytdan boshlab, Jamiyat Foydalanuvchining Tizimga kirishini va uning funksional
imkoniyatlaridan foydalanishini bloklash huquqiga ega ekanligi to‘g‘risida xabardor qilinganligini
va
bunga roziligini bildiradi.
4.1. Shartnoma bo‘yicha mukofot pulining miqdori Foydalanuvchi tomonidan tanlangan xizmatlar va/yoki
ushbu Shartnomaning ajralmas qismi hisoblangan 1-ilovada aks ettirilgan, Oferta Akseptida va Shaxsiy
kabinetda ko‘rsatilgan Tarif rejasi bilan belgilanadi. Jamiyatning hisobot davri uchun mukofot
summasi qat’iy belgilangan va/yoki to‘lov kunida (hisobot davri boshlangan kunda) O‘zbekiston
Respublikasida o‘rnatilgan BHMga nisbatan foiz hisobida ifodalanadi. Mukofot summasi QQSni o‘z
ichiga oladi.
4.2. Jamiyat istalgan vaqtda xizmatlar va tarif rejasi narxini o‘zgartirish huquqini o‘zida saqlab
qoladi. Mazkur o‘zgartirishlar www.smartpos.uz saytida e’lon qilinadi.
4.3. Tanlangan xizmatlar va/yoki tarif rejasi uchun haq to‘lash Foydalanuvchi tomonidan ushbu
Shartnoma Aksept qilingan kundan boshlab 1 (bir) ish kuni ichida Jamiyatning hisobvarag‘iga 100%
oldindan to‘lovni o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Hisobot davri xizmatlar uchun to‘lov
kelib tushgan sanadan e’tiboran hisoblanadi va ushbu sanadan boshlab bir kalendar oy davomida amal
qiladi. Keyingi hisobot davrlari uchun to‘lov Foydalanuvchi tomonidan joriy hisobot davrining amal
qilish muddati tugaguniga qadar 100% oldindan to‘lash tartibida amalga oshiriladi. Foydalanuvchi
keyingi bir necha hisobot davri uchun oldindan to‘lovni amalga oshirishga haqlidir.
4.4. Shartnoma bo‘yicha to‘lov naqd pulsiz shaklda amalga oshiriladi, hisob-kitoblar O‘zbekiston
Respublikasining milliy valyutasi — so‘mda yuritiladi. Jamiyatning hisobvarag‘iga pul mablag‘lari
kelib tushgan sana to‘lov sanasi hisoblanadi.
4.5. Dastlab sotib olingan xizmatlar va/yoki tarif rejasi ushbu Shartnomada ko‘rsatilgan Jamiyatning
hisobvarag‘iga to‘lov kelib tushgan kundan boshlab amal qila boshlaydi.
4.6. Xizmatlar turi va/yoki tarif rejasi o‘zgargan taqdirda, agar yangi xizmatlar va/yoki tarif
rejasi amal qila boshlagan kunda avvalgi shu turdagi xizmatlar va/yoki tarif rejasining amal qilish
muddati hali tugamagan bo‘lsa, yangi xizmatlar va/yoki tarif rejasi avvalgisining amal qilish
muddati tugaganidan keyingi kundan boshlab va ushbu Shartnomaning 4.3-bandida nazarda tutilgan
talablarga rioya qilingan taqdirdagina amal qila boshlaydi.
4.7. Foydalanuvchi tomonidan ushbu Shartnoma shartlariga muvofiq bunday majburiyatlar bajarilishi
lozim bo‘lgan paytdan boshlab 100% oldindan to‘lov amalga oshirilmaganligi Jamiyat tomonidan Tizimga
kirishni va uning funksional imkoniyatlaridan foydalanishni bloklash uchun asos bo‘ladi. Tizimga
kirishni va uning funksional imkoniyatlaridan foydalanishni qisman yoki to‘liq bloklash Jamiyatning
ushbu Shartnoma bo‘yicha majburiyatlarini buzishi deb hisoblanmaydi. Tizimga kirish va uning
funksional imkoniyatlaridan foydalanishni tiklash faqat qarzdorlik to‘liq so‘ndirilgan va
Foydalanuvchi ushbu Shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajargan taqdirdagina mumkin bo‘ladi.
4.8. Ushbu Shartnomaning amal qilish davrida Tomonlar hisobvaraq-fakturalarni taqdim etish orqali
moliyaviy shartlarni kelishib oladilar. Ushbu Shartnoma doirasida hisobvaraq-fakturalarni taqdim
etish va to‘lash cheklanmagan miqdorda amalga oshirilishi mumkin.
4.9. Hisobot davri tugagan paytdan boshlab 3 (uch) kalendar kun ichida Jamiyat tomonidan
ko‘rsatilgan xizmatlar sifati bo‘yicha e’tirozlar olinmagan taqdirda, Jamiyatning majburiyatlari
tegishli tartibda bajarilgan, Foydalanuvchi tomonidan to‘liq hajmda va e’tirozlarsiz qabul qilingan
hisoblanadi.
5.1. Ushbu Shartnomani bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun Tomonlar O‘zbekiston
Respublikasining qonunchilik normalari va mazkur Shartnoma shartlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
5.2. Mualliflik va mutlaq huquqlarni buzganlik uchun jinoiy va fuqarolik javobgarligi nazarda
tutilgan.
Har qanday huquqbuzarlik sud tartibida ta’qib qilinadi. Foydalanuvchilar tomonidan mutlaq huquqlar
buzilgan taqdirda, Jamiyat Foydalanuvchiga Xizmatlar ko‘rsatishni rad etishga, shuningdek, har bir
huquqbuzarlik holati uchun 200 (ikki yuz) BHM (bazaviy hisoblash miqdori) miqdorida tovon to‘lashni,
shuningdek, yetkazilgan barcha zararlarni, shu jumladan boy berilgan foydani qoplashni talab
qilishga
haqlidir.
5.3. Foydalanuvchi Saytga kirish uchun parolni saqlash va uning uchinchi shaxslar qo‘liga
tushmasligini
ta’minlash uchun javobgardir. Foydalanuvchi Tizimda ro‘yxatdan o‘tish chog‘ida o‘zi haqida noto‘g‘ri
ma’lumotlar taqdim etishi, Tizimdan foydalanish jarayonida ko‘rsatilgan ma’lumotlarni o‘z vaqtida
yangilamasligi, shuningdek, ularni uchinchi shaxslarga berishi va/yoki uchinchi shaxslarning ushbu
ma’lumotlarga yoki Tizimga ruxsatsiz kirishiga olib kelgan harakatlari yoki harakatsizligi
natijasida
yuzaga keladigan xavf-xatarlar va ehtimoliy zarar uchun javobgar bo‘ladi.
5.4. Foydalanuvchi Shartnoma shartlarini buzgan taqdirda, Jamiyat istalgan vaqtda Foydalanuvchini
oldindan ogohlantirmasdan uning Tizimga kirishini cheklash yoki bloklash huquqiga ega. Foydalanuvchi
Shartnoma shartlarini buzsa, u bunday harakatlar tufayli Jamiyatga yetkazilgan zararni, jumladan
bevosita va bilvosita zararlarni qoplash majburiyatini oladi.
5.5. Jamiyat Foydalanuvchiga taqdim etilgan xizmatlardan foydalana olmaslik natijasida yetkazilgan
har
qanday zarar, jumladan boy berilgan foyda uchun quyidagi, ammo ular bilan cheklanmagan holatlarda
javobgar bo‘lmaydi: Tizim va uning tarkibiy qismlari ishidagi vaqtinchalik texnik uzilishlar va
tanaffuslar, Tizim va uning tarkibiy qismlariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha rejali va rejadan
tashqari
tadbirlar, dasturiy yoki apparatdagi xatolar, nosozliklar, uzilishlar, fayllarning o‘chirilishi,
funksiyalarning o‘zgarishi, Foydalanuvchining kompyuteri yoki boshqa texnik uskunasidagi nuqsonlar,
ma’lumotlarni uzatishdagi kechikishlar yoki aloqa va elektr ta’minoti xizmatlari sifatidagi
kamchiliklar
bilan bog‘liq boshqa holatlar, jumladan, uzilishlar, beqaror aloqa, ma’lumot uzatish tezligining
pastligi, Internet tarmog‘ining noto‘g‘ri ishlashi. Bunday hollarda xizmatlar lozim darajada
ko‘rsatilgan deb hisoblanadi va to‘liq hajmda to‘lanishi kerak.
5.6. Jamiyat Tizim va uning tarkibiy qismlaridan foydalanish natijasida yuzaga kelgan har qanday
zarar,
jumladan har qanday bevosita, bilvosita zarar, boy berilgan foyda uchun, shuningdek, uchinchi
shaxslarning Servisdan, Foydalanuvchining Shaxsiy kabinetidan, Foydalanuvchining identifikatsiya
ma’lumotlaridan ruxsatsiz foydalanishi, Foydalanuvchining Tizimdan foydalanish va xizmatlarni
boshqarish
bo‘yicha noto‘g‘ri harakatlari natijasida hamda uchinchi shaxslarning Jamiyat xizmatlariga ruxsatsiz
kirishi tufayli kelib chiqqan zararlar uchun javobgar bo‘lmaydi.
5.7. Foydalanuvchi ushbu Shartnoma shartlariga rioya qilmagan, shuningdek, o‘z majburiyatlarini
lozim
darajada bajarmagan taqdirda, Jamiyat ushbu Ommaviy oferta shartnomasini bir tomonlama tartibda
bekor
qilishga va Foydalanuvchining o‘z majburiyatlarini bajarmasligi natijasida ko‘rilgan zararlarni, shu
jumladan sud xarajatlarini undirish maqsadida sudga murojaat qilishga haqlidir.
5.8. Foydalanuvchi Tizimga yuklaydigan, yuboradigan, uzatadigan yoki boshqa har qanday usulda
hammaga
ochiq qiladigan barcha ma’lumotlar uchun to‘liq javobgardir.
5.9. Foydalanuvchi Shartnoma shartlariga muvofiq ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovni o‘z vaqtida
amalga oshirmagan taqdirda, u Jamiyatga to‘lov kechiktirilgan har bir kun uchun o‘z vaqtida
to‘lanmagan
summa qiymatining 0,4 foizi miqdorida, biroq qarz umumiy summasining 40 foizidan ko‘p bo‘lmagan
miqdorda
penya to‘lash majburiyatini oladi. Penya va/yoki jarima to‘lash Foydalanuvchini zimmasiga olgan
majburiyatlarini lozim darajada bajarishdan ozod qilmaydi.
5.10. Agar Shartnomaning bajarilishiga bevosita yoki bilvosita to‘sqinlik qiluvchi yengib bo‘lmas
kuch
holatlari (fors-major) yuzaga kelsa, Tomonlar ushbu Shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarini
bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun javobgarlikdan ozod etiladilar. Bunday
holatlarga
Tomonlarning irodasiga bog‘liq bo‘lmagan, Shartnoma tuzish vaqtida ular tomonidan oldindan ko‘rib
bo‘lmaydigan va yuzaga kelganda oqilona choralar bilan oldini olish mumkin bo‘lmagan holatlar
kiradi.
Yengib bo‘lmas kuch holatlariga, jumladan, quyidagilar kiradi: urush, harbiy harakatlar, qo‘zg‘olon,
epidemiyalar, zilzilalar, suv toshqinlari, tabiiy yong‘inlar, bo‘ronlar, sanitariya-epidemiologik
vaziyatning o‘zgarishi, falokatlar, Shartnoma predmetiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi hokimiyat
organlarining hujjatlari. Yengib bo‘lmas kuch ta’siriga duchor bo‘lgan Tomon imkoniyat tug‘ilishi
bilan,
5 (besh) kalendar kundan kechiktirmay, sodir bo‘lgan voqea haqida ikkinchi Tomonni yozma ravishda
xabardor qiladi. Agar yengib bo‘lmas kuch holatlari 60 (oltmish) kundan ortiq davom etsa, Tomonlar
ushbu
Shartnomaning keyingi huquqiy taqdirini birgalikda belgilaydilar.
6.1. Shartnoma Foydalanuvchi tomonidan Akseptlangan paytdan boshlab kuchga kiradi. Mazkur Shartnoma
nomuayyan muddatga tuzilgan. Tizim va uning funksional imkoniyatlaridan foydalanish huquqi to‘lov
amal
qiladigan muddatga taqdim etiladi.
6.2. Jamiyat bir tomonlama tartibda, Foydalanuvchi bilan oldindan kelishmagan holda, Oferta
shartlariga
va Ilovalarga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, o‘z xohishiga ko‘ra istalgan vaqtda Ofertani
chaqirib olish huquqini o‘zida saqlab qoladi. Barcha o‘zgartirishlar Jamiyat tomonidan
www.smartpos.uz
rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi. Veb-saytda o‘zgartirishlar e’lon qilingan paytdan boshlab
Foydalanuvchi Jamiyat tomonidan kiritilgan o‘zgartirishlar haqida xabardor qilingan hisoblanadi.
Foydalanuvchi kiritilgan o‘zgartirishlarga rozi bo‘lmagan taqdirda, bunday o‘zgartirishlar e’lon
qilingan kundan e’tiboran 5 (besh) kalendar kun ichida tegishli arizani yuborish orqali Shartnomadan
voz
kechishga haqli. Jamiyatga bunday arizaning kelib tushmasligi Foydalanuvchi tomonidan Shartnomaning
o‘zgartirilgan shartlari so‘zsiz qabul qilinganini anglatadi.
6.3. Foydalanuvchi istalgan vaqtda bir tomonlama tartibda Jamiyat xizmatlaridan voz kechishga va
Shartnomani bekor qilishga haqli bo‘lib, buning uchun Shartnomani bekor qilish mo‘ljallanayotgan
sanadan
kamida 30 (o‘ttiz) kalendar kun oldin Jamiyatga buyurtma xat orqali yoki uning elektron pochta
manziliga
yozma bildirishnoma yuboradi. Mazkur Shartnoma Foydalanuvchi tomonidan Jamiyatga ushbu Shartnoma
ijrosidan bir tomonlama voz kechish to‘g‘risidagi yozma bildirishnoma yuborilgan kundan boshlab 30
(o‘ttiz) kalendar kun o‘tgach bekor qilinadi. Shartnomaning bekor qilinishi Foydalanuvchini
moliyaviy
majburiyatlarni bajarishdan ozod etmaydi.
6.4. Shartnoma har qanday sababga ko‘ra muddatidan oldin bekor qilingan taqdirda, Foydalanuvchi
tomonidan ushbu Shartnomaga muvofiq amalga oshirilgan to‘lov qaytarib berilmaydi.
6.5. Foydalanuvchi mazkur Shartnoma shartlarini buzgan (shu jumladan, bir marta buzgan) taqdirda,
Jamiyat istalgan vaqtda Shartnoma ijrosidan voz kechishga, Tizimga kirishni va undan foydalanishni
to‘liq bloklashga haqli. Bunda Foydalanuvchini yozma ravishda xabardor qilish talab etilmaydi. Ushbu
holatlarda Foydalanuvchi tomonidan mazkur Shartnomaga muvofiq amalga oshirilgan to‘lov qaytarib
berilmaydi.
6.6. Jamiyat mazkur Shartnomani sabablarini tushuntirmasdan, istalgan vaqtda bir tomonlama bekor
qilishga haqli. Buning uchun Shartnomani bekor qilish mo‘ljallanayotgan sanadan kamida 10 (o‘n)
kalendar
kun oldin Foydalanuvchiga mavjud bo‘lgan har qanday usulda, jumladan, uning elektron pochta
manziliga
yoki shaxsiy kabinetiga tegishli bildirishnoma yuboriladi. Bunda Tomonlar quyidagilarni kelishib
oldilar: Foydalanuvchining manziliga buyurtma xat yuborilgan paytdan boshlab, undan xat olinganligi
haqida tasdiqnoma yoki bildirishnoma olinmagan taqdirda ham, va/yoki Jamiyatning elektron pochta
manzilidan bildirishnoma matni bo‘lgan elektron xat yuborilgan paytdan boshlab, Foydalanuvchidan xat
olinganligi haqida tasdiqnoma olinmagan taqdirda ham, bildirishnoma yuborilgan va Foydalanuvchi bu
haqda
tegishli tartibda xabardor qilingan deb hisoblanadi.
7.1. Mazkur Shartnomaning bajarilishi bilan bog‘liq har qanday nizolar yoki kelishmovchiliklar
yuzaga
kelgan taqdirda, Tomonlar ularni Tomonlarning vakolatli vakillari o‘rtasida muzokaralar o‘tkazish
yo‘li
bilan hal qilish uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshiradilar.
7.2. Tomonlar o‘rtasidagi barcha nizolar muzokaralar yo‘li bilan hal etiladi. Muzokaralar davomida
Tomonlar kelishuvga erisha olmasalar, nizolar majburiy da’vo tartibiga rioya etilgan holda Toshkent
tumanlararo iqtisodiy sudida sud tartibida hal qilinadi. E’tiroznomani olgan Tomon uni ko‘rib
chiqishi
va e’tiroznomani olgan kundan e’tiboran 10 (o‘n) kalendar kun ichida ikkinchi Tomonga yozma
asoslantirilgan javob yuborishi shart.
8.1. Foydalanuvchi Jamiyatga Tizimda ro‘yxatdan o‘tishda, shuningdek, Tizim va uning funksional
imkoniyatlaridan foydalanish jarayonida kiritilgan shaxsga doir ma’lumotlarini to‘plash va ularga
ishlov
berish uchun o‘z roziligini beradi. Foydalanuvchining shaxsga doir ma’lumotlarini to‘plash va ularga
ishlov berish quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi: Foydalanuvchiga Tizimdan foydalanish
huquqlarini
taqdim etish; Foydalanuvchi bilan aloqa o‘rnatish, jumladan, Tizimdan foydalanish va Xizmatlar
ko‘rsatishga oid bildirishnomalar, so‘rovlar va ma’lumotlarni yuborish; marketing, tahliliy va
boshqa
tadqiqotlarni o‘tkazish.
8.2. Foydalanuvchining shaxsga doir ma’lumotlariga ishlov berishga roziligi Jamiyatga quyidagi
huquqlarni beradi: ma’lumotlarga ishlov berishning avtomatlashtirilgan vositalarini qo‘llagan yoki
qo‘llamagan holda shaxsga doir ma’lumotlarni to‘plash, tizimlashtirish, jamlash, saqlash,
aniqlashtirish
(yangilash, o‘zgartirish), foydalanish va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan
hollarda va hajmda tarqatish, shaxssizlantirish, bloklash, yo‘q qilish.
8.3. Jamiyat Foydalanuvchining shaxsga doir ma’lumotlariga ishlov berishni amalga oshirish,
shuningdek,
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va mazkur Shartnomaga muvofiq ishlov berilayotgan shaxsga doir
ma’lumotlarning maxfiyligi va himoyasini ta’minlash majburiyatini oladi. Jamiyat shaxsga doir
ma’lumotlarga ishlov berishda Foydalanuvchidan olinadigan shaxsga doir ma’lumotlarga g‘ayriqonuniy
yoki
tasodifan kirilishidan, ularning yo‘q qilinishi, o‘zgartirilishi, bloklanishi, nusxalanishi, taqdim
etilishi, tarqatilishidan, shuningdek, Foydalanuvchidan olingan shaxsga doir ma’lumotlarga nisbatan
boshqa g‘ayriqonuniy harakatlardan himoya qilish uchun zarur huquqiy, tashkiliy va texnik choralarni
ko‘radi.
8.4. Jamiyat Foydalanuvchining shaxsga doir ma’lumotlaridan marketing, reklama va axborot
maqsadlarida,
jumladan: reklama aksiyalari to‘g‘risida xabardor qilish, yangiliklar va biznes takliflarini
yuborish va
hokazolar uchun foydalanishga haqlidir.
8.5. Foydalanuvchining shaxsga doir ma’lumotlariga ishlov berishga roziligi Tizimdan foydalanishning
butun muddati davomida, shuningdek, Foydalanuvchi Tizimdan foydalanishni to‘xtatgan sanadan
e’tiboran 3
(uch) yil mobaynida amal qiladi.
9.1. Tomonlar elektron pochta orqali yuborilgan hujjatlar matnlarining yuridik kuchini qog‘ozda
oddiy
yozma shaklda tuzilgan hujjatlar bilan teng ekanligini tan oladilar. Tomonlar shaxsiy kabinetga va
elektron pochta manzillariga kelib tushgan barcha yozishmalar, xabarnomalar va bildirishnomalar
tegishli
tartibda yetkazilgan deb hisoblanishiga rozilik beradilar. Tomonlar elektron pochta manzili, aloqa
ma’lumotlari o‘zgargan taqdirda, ularga o‘z vaqtida o‘zgartirish kiritish hamda o‘z elektron pochta
manzillariga kelib tushadigan xat-xabarlarni o‘z vaqtida tekshirib turish majburiyatini oladilar.
9.2. Rekvizitlar o‘zgargan taqdirda, Tomonlar 2 (ikki) kunlik muddat ichida bunday o‘zgarishlar
to‘g‘risida bir-birlarini yozma ravishda xabardor qilish majburiyatini oladilar. Aks holda, oxirgi
ma’lum bo‘lgan manzilga yuborilgan xabarlar tegishli tartibda yetkazilgan deb hisoblanadi.
9.3. Xizmatlar ko‘rsatish tarkibi va shartlarini o‘zgartirish va kengaytirish, Jamiyat tomonidan
taqdim
etiladigan yangi xizmatlarning paydo bo‘lishi, Ofertaga o‘zgartirishlar kiritish, xizmatlar
narxlarini
o‘zgartirish Jamiyat tomonidan bir tomonlama tartibda amalga oshiriladi va ular e’lon qilingan
paytdan
boshlab kuchga kiradi, agar o‘zgartirishlarni e’lon qilishda kuchga kirishning boshqa muddati
qo‘shimcha
ravishda belgilanmagan bo‘lsa. Foydalanuvchi barcha bildirishnomalar va e’lonlar bilan mustaqil
ravishda
tanishib chiqishi shart.
9.4. Tomonlar tan oladilarki, agar qonunchilikdagi o‘zgarishlar yoki boshqa sabablarga ko‘ra
Shartnomaning biror-bir qoidasi uning amal qilish muddati davomida haqiqiy bo‘lmay qolsa,
Shartnomaning
qolgan qoidalari uning amal qilish muddati davomida Tomonlar uchun majburiy bo‘lib qoladi.
Shartnomaning
biron-bir qoidasining haqiqiy emasligi Ofertaning umuman haqiqiy emasligiga olib kelmaydi.
9.5. Ushbu Shartnoma Tomonlarning rekvizitlari, ta’sis hujjatlari, tashkiliy-huquqiy shakli yoki
mulkdori o‘zgargan taqdirda ham o‘z kuchida qoladi. Shartnoma Tomonlaridan birining rekvizitlari
o‘zgargan taqdirda, o‘sha Tomon bu haqda boshqa Tomonni 3 (uch) ish kuni ichida xabardor qilish
majburiyatini oladi.
9.6. Ushbu Shartnomada nazarda tutilmagan boshqa barcha masalalarda Tomonlar O‘zbekiston
Respublikasining amaldagi qonunchiligiga amal qiladilar.
9.7. Shartnomani akseptlagan holda, Foydalanuvchi Shartnomaning barcha shartlariga o‘zining so‘zsiz
roziligini, shuningdek, Shartnoma va narxlar, foydalanish huquqini berish hamda xizmatlar ko‘rsatish
shartlarini o‘rganib chiqqanligini tasdiqlaydi. Ular uning uchun tushunarli ekanligini, ularga rozi
ekanligini va o‘zi uchun majburiy deb bilishini tan oladi.
| № | Taqqoslash parametri | “Ombor” tarifi | “Distribyutor” tarifi | “Enterprise” tarifi |
|---|---|---|---|---|
| 1 | QQS bilan narxi | 1,12 BHMdan boshlanadi | 3.36 BHMdan boshlanadi | 11,2 BHMdan boshlanadi |
| 2 | Ombor hisobi | Qo‘shimcha filial uchun 1 ta filialga kiritilgan 1.12 BHM | Qo‘shimcha filial uchun 1 ta filialga kiritilgan 1.12 BHM | Qo‘shimcha filial uchun 1 ta filialga kiritilgan 1.12 BHM |
| 3 | Mijozlar bazasi | Tarifga kiritilgan | Tarifga kiritilgan | Tarifga kiritilgan |
| 4 | Finnect — B2B Marketpleys | Bepul | Bepul | Bepul |
| 5 | Moliyaviy operatsiyalar | - | Tarifga kiritilgan | Tarifga kiritilgan |
| 6 | Tashqi billing bilan integratsiya | - | - | Tarifga kiritilgan |
| 7 | Agentlar tarmog‘i | - | 5 ta foydalanuvchi kiritiladi Qo‘shimcha foydalanuvchi uchun 0,28 BHM |
5 ta foydalanuvchi kiritiladi Qo‘shimcha foydalanuvchi uchun 0,28 BHM |
| 8 | Ekspeditorlar tarmog‘i | - | 3 nafar foydalanuvchi kiritilgan Qo‘shimcha foydalanuvchi uchun 0,28 BHM |
5 nafar foydalanuvchi kiritilgan Qo‘shimcha foydalanuvchi uchun 0,28 BHM |
| 9 | Kassir | - | Bitta foydalanuvchi uchun 1.12 BHM | 1 ta foydalanuvchi kiritiladi Bitta foydalanuvchi uchun 1.12 BHM |
| 10 | Supervayzer | - | 1 ta foydalanuvchi bepul Qo‘shimcha foydalanuvchi uchun 0,28 BHM |
5 kishi uchun bepul Qo‘shimcha foydalanuvchi uchun 0,28 BHM |
| 11 | Telegram-bot | - | Bitta filial uchun 1,68 BHM | Bitta filial uchun 1,68 BHM |
| № | Nomi | Narxi, so‘m\BHM | Izoh |
|---|---|---|---|
| 1 | Ombor hisobi | 1.12 BHM | Hisobot davrida har bir filial uchun |
| 2 | Markirovka bilan ishlash | 1,68 BHM | Hisobot davrida har bir filial uchun (jumladan, kodlarni saqlash) |
| 3 | *Shaxsiy menejer | 0.56 BHM | 1 (bir) soat uchun |
| 4 | Tashqi billing bilan integratsiya | 0.56 BHM | Hisobot davri uchun |
| 5 | Agent\Savdo tarmog‘i agenti | 0,34 BHM | Hisobot davrida har bir foydalanuvchi uchun |
| 6 | Ekspeditor: | 0,34 BHM | Hisobot davrida har bir foydalanuvchi uchun |
| 7 | Supervayzer | 0,34 BHM | Hisobot davrida har bir foydalanuvchi uchun |
| 8 | Kassir | 1,12 BHM | Hisobot davrida har bir foydalanuvchi uchun |
| 9 | Moliyaviy operatsiyalar | 0,56 BHM | Mijoz bilan o‘zaro hisob-kitoblar |