Oʻzbekistonda savdo-sotiq shiddat bilan oʻzgarib bormoqda: nazorat kuchayib, hisob-kitoblar va tovarlar hisobini yuritishga nisbatan yangi talablar joriy etilmoqda.
Tadbirkor uchun bu bir narsani anglatadi — agar biznesingiz talablarga javob bermasa, jarimalar xavfi biznes uchun jiddiy tahdidga aylanadi, bu ayniqsa markirovkalangan mahsulotlar bilan ishlovchi tadbirkorlarga taalluqli.
Tadbirkorlar bugun nimaga tayyor turishi kerak va qanday qilib jarimalarning oldini olish mumkin? Maqolada buni koʻrib chiqamiz.
Markirovka — nazorat va shaffoflik negizi
Asl Belgisi raqamli markirovka tizimi — savdo-sotiqni boshqarish uchun eng muhim vositalardan biri.
Bugungi kunda ko‘plab toifadagi mahsulotlarni markirovkalash shart hamda ushbu ro‘yxat kengayib bormoqda. Savdo sohasida faoliyat yurituvchi har bir biznes, katta ehtimol bilan, markirovka tizimi bilan ishlash zaruratiga duch keladi.
Uzilish va xatarlarsiz ishlash uchun quyidagilarni tushunish lozim:
- Joriy yechim qonunchilik talablariga javob beradimi?
- Kassa markirovka kodlarini xatosiz oʻqiy oladimi?
- Markirovkalangan tovarlar sotuvi va harakati toʻgʻrisidagi axborot toʻgʻri uzatilyaptimi?
Agar javob yoʻq boʻlsa — sotuvlar bloklanishi va jarimalar ehtimoli yuqori.
Smart Business — qonunchilik talablariga muvofiq markirovka bilan toʻgʻri ishlash uchun mukammal yechim.
Smart Business kompaniyasi fiskal ma’lumotlar operatori (FMO) hisoblanadi va Asl belgisi raqamli markirovka tizimi bilan integratsiyalashgan.
Bu amalda nimani anglatadi: Sizdan murakkab texnik jarayonlarni tushunish talab etilmaydi. Asosiy vazifa — dasturiy ta’minot va qurilma ta’minotchisi barcha zarur idoralar bilan integratsiyalashganiga ishonch hosil qilish. Siz shunchaki mahsulotni sotasiz — qolgan jarayonlar avtomatik tarzda va qonunchilikka to‘liq muvofiq ravishda amalga oshiriladi.
P10 onlayn-kassasi — markirovka bilan xatosiz ishlash uchun mukammal yechim
Shuningdek, markirovka bilan ishlashda qurilmaning o‘zi kundalik vazifalarni to‘g‘ri hal qilishiga ishonch hosil qilish lozim: tovarni qabul qilish va hisobga olishdan tortib, xaridorga sotishga qadar.
Markirovka bilan ishlashda biznes duch keladigan muammolardan biri — kodlarning noto‘g‘ri o‘qilishi. Aynan shu jarayonda ko‘pincha uzilishlar sodir bo‘lib, o‘zaro bog‘liq muammolar zanjiri yuzaga keladi.
P10 onlayn-kassasi kuchli 2D-skaner bilan jihozlangan bo‘lib, quyidagilarni ta’minlaydi:
- markirovka va agregatsiya kodlarini tez o‘qiydi;
- sotuv jarayonidagi xatoliklarni kamaytiradi;
- har qanday o‘lchamdagi markirovka bilan uzluksiz ishlashni ta’minlaydi;
- sotuvni qonunchilik talablariga to‘la muvofiq rasmiylashtiradi.
P10 onlayn-kassasi barcha asosiy to‘lov usullarini: bank kartalari, QR-to‘lov va NFC orqali to‘lovlarni qabulini qo‘llab-quvvatlaydi.
Tekshiruvlarga qanday tayyorgarlik ko‘rish kerak?
Agar qurilmangiz to‘g‘ri ishlayotganiga ishonchingiz komil bo‘lmasa, buni oldindan tekshirib qo‘yganingiz ma’qul.
Smart Business atigi 1 kun ichida kassa apparatini ulab, biznesingiz qonunchilik talablariga mos kelishi uchun tizimni to‘liq sozlab beradi.
Biz bilan 1395 raqami orqali bog‘laning hamda jarimalar va savdo to‘xtab qolishidan choʻchimasdan xotirjam ishlashda davom eting.