Savollarga javoblar

Onlayn-NKM sotib olish uchun xizmat koʻrsatish ofisida koʻp hujjatlar soʻralmaydi:

◻ Firma guvohnomasi va muhri

◻ Direktor yoki vakolatli shaxs pasporti nusxasi

◻ Kadastr yoki ijara shartnomasi nusxasi

Siz 85 000 so’mdan 245 000 so’mgacha bo’lgan 4 ta tarifdan birini tanlashingiz mumkin. Oʻzingizga toʻgʻri keladiganini bizning saytdan koʻrib chiqishingiz mumkin: https://smartpos.uz/tariffs

MXIK (mahsulot va xizmat identifikatsiya kodi) tovar yoki xizmat haqidagi barcha zarur soliq ma’lumotlarini o‘z ichiga oladi. Bu elektron hisob-fakturalar, shartnomalar va NKM cheklari uchun kerak. 2022-yil 1-yanvardan boshlab u onlayn, shu jumladan, virtual kassa cheklarida ko‘rsatilishi lozim. MXIKni Smartpos shaxsiy kabineti orqali yoki Smart Help xizmatidan yordamida qo‘lda kiritishingiz mumkin.

Humo kartalaridan yechib olingan summa 24 soat ichida joriy hisob raqamiga tushadi. 

Buning uchun siz quyidagilarni bajarish lozim:

Natijalar tekshiruvini amalga oshirish. Buning uchun Z-hisobotni olishingiz lozim va natijalar avtomatik ravishda solishtiriladi;

To‘g‘ri rekvizitlarni ko‘rsatish. Agar joriy hisob raqamingizni o‘zgartirtirgan bo‘lsangiz, xizmat ko‘rsatish idorasiga xabar berishingiz lozim, aks holda pul hisobga tushmaydi.

Terminal orqali Humo kartasi qoldig‘ini tekshirish uchun quyidagi amallarni bajaring:

  1. Hisobingizga kiring.
  2. “Xizmatlar” bo‘limiga o‘ting va “Gtpos”ni tanlang.
  3. Operator paroli — 11111111 ni kiriting va “Kirish” tugmasini bosing.
  4. “Barcha operatsiyalar” > “Hisob summasi”ni bosing, operatsiya valyutasini tanlang.
  5. Kartani qo‘ying yoki uni NFC-hisoblagichga yaqinlashtiring va mijozdan PIN-kodni kiritishni so‘rang.

Yangilanishlar soliq organlarining yangi talablariga muvofiq bo‘lish, funksionallikni yaxshilash va xatolarni tuzatish uchun talab qilinadi. Muntazam yangilanishlar kassaning huquqiy va texnik ishonchliligini ta’minlaydi.

Onlayn-kassa sotuvlar hisobini elektron ko‘rinishda yuritishga hamda to‘lovlarni fiskallashtirishga va savdo operatsiyalarining shaffofligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Ish algoritmi:

  1. Kassir xarid haqidagi ma’lumotni onlayn savdo reyestriga kiritadi va fiskal chekni xaridorga topshiradi;
  2. Kassa dasturi xarid haqidagi ma’lumotni fiskal modulga uzatadi, chekning elektron versiyasi FMOga yuboriladi;
  3. FMO chek olinganini tasdiqlaydi, ma’lumotni saqlab qo‘yadi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga uzatadi;
  4. Axborot DSQ ma’lumotlarni qayta ishlash markazida saqlanadi.

Oferta bu — saytda joylangan xizmatlarni ko‘rsatish va tovarlarni sotish uchun shartlar.

Aksept bu — sizning ushbu shartlarga roziligingiz, u to‘lovning o‘zi bilan yoki to‘lovga rozilik sifatida tasdiqlash belgisini qo‘yish orqali tasdiqlanadi.

Ha, agar Hamkor tarifiga ulansangiz.

  • Ulanganingizdan soʻng A-Pay P10 bepul onlayn-kassasini va xizmat koʻrsatish imkoniyatini olasiz. Shuningdek:
  • Gold tarifida — A-Pay Businessʼda roʻyxatdan oʻtish.
  • Payme, Oson, Paynet, Anor va boshqalar orqali toʻlov qabul qilish.
  • Anorbank kredit kartalarini qabul qilish.
  • Yagona QR-kod boʻyicha HUMO/UZCARD kartasi bilan toʻlash
  • Rossiya kartalari va СПБlarni qabul qilish.
  • HUMO va Visa savdo ekvayringi
  • Tashqi billing bilan integratsiya.
  • Elektron hujjat almashish.
  • SMS orqali 50 ta elektron chek joʻnatish uchun paket.
  • 20 ta EHF joʻnatish uchun paket.
  • Telegram-bot (hisobotlarni olish).
  • Trade kabineti imkoniyatlari:
  • Bildirishnomalar.
  • Katalog.
  • Kassir, shu jumladan Webkassa.
  • Ombor hisobi.
  • Hisobotlar.
  • Fiskal hisobotlar.
  • Marketing (aksiyalar, chegirmalar yaratish).

Xizmatlar uchun quyidagi usullarda to‘lov qilish mumkin:

  1. •​ O‘z hisob raqamidan CDTI kompaniyasining hisobiga pul mablag‘i o‘tkazish orqali. Ushbu usul eng to‘g‘risi hisoblanadi, zero, Smart Trade bo‘yicha taqdim etilgan xizmatlar uchun CDTI kompaniyasi mijozlarga tarif bo‘yicha har bir muvaffaqiyatli to‘lov uchun EHF jo‘natadi.
  2. •​ A-Pay ilovasi orqali to‘lov. “To‘lash” > “Abonent to‘lovi” > “Biznes” bo‘limiga o‘tamiz, Smart Trade’ni tanlaymiz, tashkilotning STIR va summani kiritamiz hamda to‘lov uchun karta yoki hamyonni tanlaymiz.
    Agar elektron hamyon orqali to‘lansa, mijoz 2% keshbek oladi.
  3. •​Uchinchi usul. Kassa egasi kabinetidagi ma’lumotlarni “Xizmatlar” > “Hisobni to‘ldirish” bo‘limiga kiritish orqali bank kartasi yordamida to‘lov qilish.

Muhim! To‘lov qaysi usulda amalga oshirilganidan qat’iy nazar, CDTI kompaniyasi ko‘rsatilgan xizmatlar uchun mijozlarga elektron hisob-faktura jo‘natadi.

Diqqat! Agar mijoz odatga ko‘ra to‘lovni NKM orqali amalga oshirsa, pul “SPECIAL TEXNO SOFT” MCHJ hisob raqamiga tushadi, Smart Trade kabineti balansi esa to‘lmasdan qolaveradi. OGOH BO‘LING!

Ha, fiskal modul uchun to‘lov majburiy va har yili bir bazaviy hisoblash qiymati miqdorida amalga oshiriladi

A-Pay P10 va Uzkassa N5 onlayn-kassalari naqdsiz to‘lovning quyidagi usullarini qabul qiladi va fiskallashtiradi:

  1. HUMO va HUMO kobeydj kartalari (HUMO-Visa, Humo-Mastercard);
  2. Rossiya kartalari va SBP (tezkor to‘lov tizimi);
  3. To‘lov ilovalari: Payme, Anorbank, Oson, A-Pay, Paynet va boshqalar.

Shartnomani aloqa markaziga murojaat qilish orqali masofadan turib olishingiz mumkin, so‘ngra ulanish uchun ofisga kelishingiz lozim. Barcha ofislarning manzillari va joylashuvi quyidagi havolada keltirilgan: https://telegra.ph/UZKASSA-TXKMlari-joylashuvi-01-11

Onlayn kassa uchun to‘langan pul mablag‘i oferta shartlariga muvofiq qaytarib berilmaydi.

Agar foydalanuvchi endilikda o‘z onlayn NKMdan foydalanmasa, u quyidagi harakatlarni bajarishi lozim:
1. Qarzlarni to‘lash;
2. Barcha EHF (elektron hisob-fakturalar) ni qabul qilish;
3. 23.11.2023 sanasidagi 943-sonli PKMga muvofiq, onlayn-NKMni ro‘yxatdan chiqarish va fiskal modulni TXKMga taqdim etish. Ushbu harakatlar bajarilib, yozma so‘rov yuborilgandan so‘ng, kassa soliq inspeksiyasi tomonidan ro‘yxatdan chiqariladi.

Barcha A-Pay P10 onlayn kassalarida ulanish va ekvayring sozlamalari bepul. Siz xaridni rasmiylashtirganingizdan soʻng tayyor kassani olasiz.

Agar sizda onlayn-NKM A-Pay P10 boʻlmasa, ulanish uchun ariza qoldirishingiz va xizmatlar koʻrsatuvchiga xizmat haqini toʻlashingiz kerak boʻladi. Shartnomaga koʻra, ulanishning standart muddati 2 haftani tashkil qiladi.