Biz haqimizda

Biznesingiz uchun raqamli ekotizim
Smart Ecosystem bu — O‘zbekistonda savdo, ishlab chiqarish va logistika markazlarida tovar hisobini avtomatlashtirish uchun yaratilgan zamonaviy infratuzilma.
Biz zamonaviy biznes samarali ishlashi va o‘sishi uchun zarur bo‘lgan barchasi — kassalar, terminallar, omborxona yechimlari, markirovkalash tizimlari, elektron hujjat almashinuvi va onlayn savdoni bir joyda birlashtiramiz.

Maqsadimiz

Tadbirkorlarga biznesni yanada oson, tez va samarali yuritishda yordam berish!
Biz biznesning kundalik vazifalari — savdo va to‘lovlarni qabul qilishdan tortib inventarizatsiya va hisobotlargacha — barchasini soddalashtirishga intilamiz. Smart Ecosystem bir interfeys orqali savdo nuqtalari, ombor va ishlab chiqarish jarayoni ustidan to‘liq nazoratni ta’minlaydi.

Smart Ecosystem yechimlar ekotizimi

Smart Business Smart Business
Barcha turdagi to‘lovlarni qabul qiladigan kassa qurilmalari va virtual kassa: Uzcard, HUMO, VISA, UnionPay, shuningdek, boshqa turdagi naqd pulsiz to‘lovlar. Markirovkalangan tovarlar va agregatsiya kodlari bilan ishlash, to‘lovlarni fiskallashtirish, sotuvlar tahlili, ombor hisobi va boshqa ko‘plab imkoniyatlarni o‘z ichiga olgan buxgalteriya tizimi.
Smart Help Smart Help
Tizimingizni tez sozlash: mahsulotlar va kassirlarni qo‘shishdan tortib katalogni tuzatish va MXIK kodlarini avtomatik belgilashgacha. Tizimimiz Tasnif Soliq katalogi bilan integratsiya qilinganligi sababli, barcha MXIK kodlari tadbirkor katalogiga avtomatik tarzda yuklanadi. Bu katalogni to‘ldirishdagi xatoliklarni bartaraf etadi va uni shakllantirish jarayonini sezilarli darajada osonlashtiradi.
Smart Supply Smart Supply
Distribyutorlar va ulgurji savdo bazalari uchun omborxonani to‘liq boshqarish: qoldiqlar, buyurtmalar, inventarizatsiya, elektron hisob-fakturalar, mijozlar boʻyicha ma’lumotlar bazasi va ulgurji savdo — barchasi yagona yechimda mujassam.
Smart Silen Smart Silen
Alkogol, tamaki, farmatsevtika mahsulotlari, suv va ichimliklar, shuningdek maishiy texnika ishlab chiqaruvchilari va importchilari uchun markirovkalangan tovarlar bilan ishlashni boshqarishning to‘liq avtomatlashtirilgan tizimi. Ushbu tizim davlat nazorat organlari talablariga muvofiq ishlab chiqarish va tovarni yuklashning barcha bosqichlarini kuzatish hamda hisobotlar tayyorlash imkonini beradi.
X-Files X-Files
Elektron hujjat almashinuvi: hisoblar, yukxatlar va dalolatnomalarni raqamli formatda ayirboshlash.

Nega bizni tanlashadi

  • Butun mamlakat boʻylab 55 000+ mijoz.
  • Oʻzbekiston boʻylab 90 dan ortiq ofislarimiz ish yuritadi.
  • 24/7 qoʻllab-quvvatlaymiz, servis xizmati ham yoningizda.
  • Oʻzbekiston qonunlariga javob beradi.
  • Oson ulanadi va tez sozlanadi.

Smart Ecosystem’ning bir boʻlagiga aylaning

Bizning ekotizim siz bilan birga rivojlanadi. Savdo nuqtasi, logistika ombori yoki zavodni boshqarishingizdan qat’i nazar — biz munosib yechimni taklif etamiz.
Ariza qoldiring hamda bugunoq biznesni oson va qulay boshqarishni boshlang.
callback_mob
Ariza qoldiring
Siz bilan kun davomida bogʻlanamiz va biznesingiz uchun eng maqbul yechimni taklif etamiz