2026-yilning 24-mart kuni Smart Business va UZCARD hamkorligidagi “Qulay terminal” dasturi yakunlandi.
26 Mart, 2026
2026-yilning 24-mart kuni Smart Business va UZCARD hamkorligidagi “Qulay terminal” dasturi yakunlandi.
U biznes olamida ulkan qiziqish uyg‘otdi — talab kutilganidan ham ortiq bo‘ldi va biz 3000 dan ziyod tadbirkorga naqd pulsiz to‘lovlar qabul qilishni oson boshlashga yordam berdik.
Dastur CDTI va UZCARD o‘rtasidagi strategik hamkorlikning natijasi bo‘ldi. 1 kun ichida to‘liq ulanish imkoni tufayli tadbirkorlar biznesni ishga tushirish jarayonini 50%dan ziyod tezlashtirish, hisob yuritish tizimi va kassa apparati esa xarajatlarni 15%dan ko‘proq qisqartirish imkonini berdi.
P10 kassa apparatlarini joriy etish orqali biz bozorda naqd pulsiz to‘lovlar va savdo ekvayringini rivojlantirishda davom etmoqdamiz.