1-apreldan naqdsiz toʻliv joriy etiladi: bu biznes uchun nimani anglatadi va qanday qilib jarimalar xavfisiz onlayn-kassa tanlash mumkin?

25 Mart, 2026
news

1-apreldan naqd pul qabul qilishga cheklovlar joriy etiladi. Bu tadbirkorlar onlayn-kassani oldindan ulashi va naqdsiz to‘lov qabulini ta’minlashi lozimligini anglatadi.

Smart Business mutaxassislari tadbirkorlardan aynan nima talab etilishi, farmonga nimalar kirishi, qanday qilib o‘zgarishlarga tayyorgarlik ko‘rish, xatarlarni kamaytirish va yo‘qotishlarga yo‘l qo‘ymaslik mumkinligini o‘rganib chiqdi.

Prezidentning 246-sonli Farmoni nima haqida?

O‘zbekistonda 2026-yil 1-apreldan Prezidentning 10.12.2025-yildagi PQ-246-sonli qarori doirasida hisob-kitoblarning yangi qoidalari joriy etiladi.

Aslida, bu orqali davlat biznesning shaffof naqdsiz hisob-kitoblarga majburiy o‘tishini ta’minlab, operatsiyalar ustidan raqamli nazoratni kuchaytirmoqda.

Bu biznes uchun nimani anglatadi?

Biznes toʻlovlarni bank kartalari hamda yagona QR-kod orqali qabul qilish imkoniyatini ta’minlashi shart.

Biznes uchun bu quyidagilarni anglatadi:

  • “faqat naqd pul” amaliyotidan voz kechish;
  • kartalarni qabul qilish uchun terminal yoki onlayn-kassaning mavjud bo‘lishi;
  • to‘lov tizimlari bilan to‘g‘ri integratsiya;
  • operatsiyalarni rasmiy bank tizimi orqali amalga oshirish;
  • kassa apparati (onlayn-kassa) orqali fiskal QR-cheklarni taqdim etish.

Har qanday savdo yoki xizmat ko‘rsatish shoxobchasi naqd pulsiz to‘lovlarni qabul qilishga texnik jihatdan tayyor bo‘lishi shart.

Smart Business ushbu muammoning yechimini taklif etadi. Bu — P10 terminali, u o‘zida quyidagilarni jamlaydi:

  • kartalarni qabul qiladi,
  • NFC to‘lovlarni qoʻllab-quvvatlaydi,
  • onlayn-kassa orqali amaliyotlarni fiskal ro‘yxatdan o‘tkazadi..

Smart Business barcha asosiy to‘lov va davlat tizimlari bilan integratsiyalangan. Bu tadbirkorga to‘lovlarni qabul qilish va fiskallashtirish, shu orqali o‘z biznesini qonunchilik doirasida yuritish imkonini beradi.

Elektron toʻlovlarni qabul qilish (QR-kod)

Asosiy yangiliklardan biri — yagona QR-koddan foydalanishning majburiyligi. Belgilangan muddatdan so‘ng QR-koddan foydalanmaslik savdo qoidalarini buzish hisoblanadi.

Biznes uchun bu quyidagilarni anglatadi:

  • QR-to‘lovlarni texnik jihatdan integratsiyalash;
  • bank bilan shartnoma tuzish;
  • xizmat ko‘rsatuvchi provayderlar bilan shartnomalar tuzish;
  • tranzaksiyalarning toʻgʻri skanerlanishi va qayta ishlanishini ta’minlash.

Smart Business’dan P10 qurilmasi QR-to‘lovlarni (jumladan, Payme, Click va boshqa tizimlar) qabul qilish imkonini beradi, o‘rnatilgan 2D-skaner esa kodlarning tez o‘qilishini ta’minlaydi. Barcha operatsiyalar qonunchilik talablariga muvofiq qayd etiladi.

Bu nimalarga olib keladi?

Bugungi kunda Prezidentning PF-246-sonli Farmoni doirasida naqd pulli hisob-kitoblarga oid cheklovlar alkogol va tamaki mahsulotlari, avtotransport vositalari, ko‘chmas mulk obyektlari, qiymati 25 mln so‘mdan oshadigan tovarlar sotuviga, shuningdek, AYQShlarda yoqilg‘i sotishga va elektr quvvatlash stansiyalari xizmatlariga nisbatan qo‘llaniladi.

Mazkur choralar iqtisodiyotni raqamlashtirish va sotuvlar shaffofligini oshirish borasidagi umumiy davlat siyosatini aks ettiradi. Kelajakda bunday toifalar ro‘yxati yanada kengayishi kutilmoqda.

Mazkur siyosat boʻyicha yaqqol misollardan biri — tovarlarning majburiy raqamli markirovkalanishi. Markirovkalanishi lozim bo‘lgan mahsulotlar ro‘yxati muntazam ravishda kengayib bormoqda, bu esa ularning sotuvi ustidan nazoratni kuchaytiradi.

Smart Business kompaniyasi Asl Belgisi raqamli markirovka tizimi bilan integratsiyalangan bo‘lib, tadbirkorlarga markirovkalangan mahsulotlar bilan ishlash, ya’ni ularni muomalaga kiritish, harakatini qayd etish va belgilangan tartibda sotish imkoniyatini taqdim etadi.

Farmoyish 1-apreldan biznesga nimalarni beradi?

Bu shaffof ishlashga o‘tish, jarimalar xavfini kamaytirish hamda barcha zamonaviy to‘lov turlarini qabul qilish imkoniyatidir.

Talablarga mos kelish uchun tadbirkor hozirdanoq quyidagilarni bajarishi zarur:

  • onlayn-kassa (kassa apparati) o‘rnatish
  • kartalarni qabul qilish uchun terminal ulash
  • QR-to‘lovlar qabulini sozlash
  • operatsiyalar fiskalizatsiyasini ta’minlash.

Biznesningizni oldindan himoya qiling 

Biznesingizni oldindan himoya qiling. Onlayn-kassani ulang va naqdsiz to‘lovlar qabulini hozirdanoq sozlang.

Smart Business sizga quyidagilarda yordam beradi:

  • kassa apparatini o‘rnatamiz
  • kartalar va QR-kod orqali to‘lovlarni qabulini ulaymiz
  • uskunani ro‘yxatdan o‘tkazamiz
  • biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun hujjatlarni tayyorlaymiz
  • faoliyatingizni amaldagi qonunchilikka muvofiq sozlab beramiz.

1395 raqami orqali biz bilan bogʻlaning — va ortiqcha murakkabliklarsiz biznesingizni naqdsiz toʻlovlar qabuliga tayyorlang.