Onlayn-NKM sotib olish uchun xizmat koʻrsatish ofisida koʻp hujjatlar soʻralmaydi:
◻ Firma guvohnomasi va muhri
◻ Direktor yoki vakolatli shaxs pasporti nusxasi
◻ Kadastr yoki ijara shartnomasi nusxasi
Siz 85 000 so’mdan 245 000 so’mgacha bo’lgan 4 ta tarifdan birini tanlashingiz mumkin. Oʻzingizga toʻgʻri keladiganini bizning saytdan koʻrib chiqishingiz mumkin: https://smartpos.uz/tariffs
MXIK (mahsulot va xizmat identifikatsiya kodi) tovar yoki xizmat haqidagi barcha zarur soliq ma’lumotlarini o‘z ichiga oladi. Bu elektron hisob-fakturalar, shartnomalar va NKM cheklari uchun kerak. 2022-yil 1-yanvardan boshlab u onlayn, shu jumladan, virtual kassa cheklarida ko‘rsatilishi lozim. MXIKni Smartpos shaxsiy kabineti orqali yoki Smart Help xizmatidan yordamida qo‘lda kiritishingiz mumkin.
Humo kartalaridan yechib olingan summa 24 soat ichida joriy hisob raqamiga tushadi.
Buning uchun siz quyidagilarni bajarish lozim:
Natijalar tekshiruvini amalga oshirish. Buning uchun Z-hisobotni olishingiz lozim va natijalar avtomatik ravishda solishtiriladi;
To‘g‘ri rekvizitlarni ko‘rsatish. Agar joriy hisob raqamingizni o‘zgartirtirgan bo‘lsangiz, xizmat ko‘rsatish idorasiga xabar berishingiz lozim, aks holda pul hisobga tushmaydi.
Terminal orqali Humo kartasi qoldig‘ini tekshirish uchun quyidagi amallarni bajaring:
Yangilanishlar soliq organlarining yangi talablariga muvofiq bo‘lish, funksionallikni yaxshilash va xatolarni tuzatish uchun talab qilinadi. Muntazam yangilanishlar kassaning huquqiy va texnik ishonchliligini ta’minlaydi.
Oferta bu — saytda joylangan xizmatlarni ko‘rsatish va tovarlarni sotish uchun shartlar.
Aksept bu — sizning ushbu shartlarga roziligingiz, u to‘lovning o‘zi bilan yoki to‘lovga rozilik sifatida tasdiqlash belgisini qo‘yish orqali tasdiqlanadi.
Ha, agar Hamkor tarifiga ulansangiz.
Ha, fiskal modul uchun to‘lov majburiy va har yili bir bazaviy hisoblash qiymati miqdorida amalga oshiriladi
A-Pay P10 va Uzkassa N5 onlayn-kassalari naqdsiz to‘lovning quyidagi usullarini qabul qiladi va fiskallashtiradi:
Shartnomani aloqa markaziga murojaat qilish orqali masofadan turib olishingiz mumkin, so‘ngra ulanish uchun ofisga kelishingiz lozim. Barcha ofislarning manzillari va joylashuvi quyidagi havolada keltirilgan: https://telegra.ph/UZKASSA-TXKMlari-joylashuvi-01-11
Agar foydalanuvchi endilikda o‘z onlayn NKMdan foydalanmasa, u quyidagi harakatlarni bajarishi lozim:
1. Qarzlarni to‘lash;
2. Barcha EHF (elektron hisob-fakturalar) ni qabul qilish;
3. 23.11.2023 sanasidagi 943-sonli PKMga muvofiq, onlayn-NKMni ro‘yxatdan chiqarish va fiskal modulni TXKMga taqdim etish. Ushbu harakatlar bajarilib, yozma so‘rov yuborilgandan so‘ng, kassa soliq inspeksiyasi tomonidan ro‘yxatdan chiqariladi.
Barcha A-Pay P10 onlayn kassalarida ulanish va ekvayring sozlamalari bepul. Siz xaridni rasmiylashtirganingizdan soʻng tayyor kassani olasiz.
Agar sizda onlayn-NKM A-Pay P10 boʻlmasa, ulanish uchun ariza qoldirishingiz va xizmatlar koʻrsatuvchiga xizmat haqini toʻlashingiz kerak boʻladi. Shartnomaga koʻra, ulanishning standart muddati 2 haftani tashkil qiladi.