Bu tadbirkorlar uchun nimani anglatadi va qanday qilib jarimadan qochish mumkin?
2023-yilning 1-mart kunidan Oʻzbekistonda Soliq kodeksining 223-modda 20-bandiga kiritilgan oʻzgartirishlarga binoan statik QR-kod boʻyicha toʻlov qabul qilish taqiqlangan.
Statik QR-kod nima degani?
Bu xaridorlar kassa oldida xaridni toʻlash uchun skanerlaydigan aynan oʻsha yorliqni anglatadi.
QR-kod boʻyicha toʻlovni nega taqiqlashgan?
Statik QR-kod orqali toʻlov qabul qilishda chekdagi har bir mahsulot uchun MXIK qoʻlda kiritiladi. Koʻplab kassirlar ushbu doimiy, ammo muhim bosqichni oʻtkazib yuborishardi. Regulyator cheklarni fiskallashtirish paytida notoʻgʻri ma’lumotlar olishda davom etar va kontrabanda va noqonuniy mahsulot va xizmatlar aylanmasini nazorat qila olmas edi.
Endilikda butun Oʻzbekiston boʻylab minglab savdo nuqtalari oʻz daromadini yoʻqotmoqda, zero, koʻpchilik uchun QR-kod eng qulay toʻlov usuli edi.
Statik QR-kod boʻyicha toʻlov qabul qilishda davom etilsa, nima boʻladi?
Statik QR-kod bilan toʻlov qilish — taqiqlangan. Ushbu taqiqqa nisbatan e’tiborsizlik qilgan savdo nuqtalarini mazkur usulda qabul qilingan har bir tolovdan 1% jarima kutmoqda!
Odatiy usulda toʻlov qabulini davom ettirishning qonuniy yoʻli bormi?
Ha! Web-kassani ulang. Mazkur bepul virtual kassa shaxsiy kompyuter, noutbuk yoki planshet orqali fizik kassa va abonent toʻlovisiz chakana savdo qilish uchun moʻljallangan.
Web-kassa barcha toʻlov ilovalari bilan yagona A-Pay integratori orqali bogʻlangan — bu unga toʻlov vaqtida takrorlanmaydigan dinamik QR-kodni generatsiyalash imkonini beradi.
Toʻlov qabulini odatiy usulda qonunan va xavfsiz davom ettirish maqsadida Web-kassani ulash uchun soʻrovni shu yoqda qoldiring.